Jizzax filiali



Yüklə 115,69 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü115,69 Kb.
#138436
1   2   3   4   5
O‘rtacha miqdorlar

Moda va mediana.
Yuridik statistikada keng qo‘llaniladigan o‘rtachalardan ayrimlari, shuningdek, moda va mediana ko‘rib chiqish mumkin. O‘rtacha garmonik, o‘rtacha kubik, o‘rtacha progressiv yuridik statistikada deyarli ishlatilmaydi. Masalan, oldingi sud statistikasi bo‘yicha darsliklarda mavxum misollarda batafsil yoritilgan o‘rtacha garmonik kattaliklar ko‘zga ko‘ringan iqtisodiy statistiklar tomonidan tanqid qilingan. Ular o‘rtacha garmonik kattalikni o‘rtacha arifmetikning teskari kattaligi deb hisoblashadi va shuning uchun u, ularning fikriga ko‘ra, mustaqil mazmunga ega emas, vaholanki boshqa statistiklar unda muayyan bir foydali tomonni ko‘rishadi.
O‘zgaruvchan qatorda variantning ahamiyati o‘rtachalarni xarakterlash uchun oddiy va o‘lchangan darajaviy o‘rtacha miqdorlardan tashqari hisobiy (miqdoriy) emas, izoxiy o‘rtachalar olinishi mumkin: moda (ancha ko‘p uchraydigan variant) va mediana (o‘zgaruvchan qatorda variantning o‘rtachasi). Statistikada mavxum o‘rtachalar bilan bir qatorda aniq o‘rtachalar ham qo‘llaniladi.
Moda deyilganda, to‘plamda eng katta songa yoki salmoqqa ega bo‘lgan ko‘rsatgich tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, statistikada moda deb eng ko‘p mazkur yig‘indida uchraydigan alomatning miqdoriga aytiladi. Diskret qatorlarda qaysi bir variantning vazni ko‘p uchragan bo‘lsa, shu variant moda bo‘lib hisoblanadi.
Moda qachonki, eng ko‘p uchraydigan alomatlar kattaligini tavsiflash kerak bo‘lganda qo‘llaniladi. Oraliq masofa qatori uchun modani aniqlash bir oz qiyinroq.
Statistikada mediana deb ranjirlangan (ko‘payib borish yoki kamayib borish bo‘yicha tekislangan) qatorning o‘rtasida joylashgan variantiga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, mediana deyilganda to‘plamni teng ikkiga bo‘luvchi ko‘rsatkich tushuniladi. Mediana tartibga solingan qatorni teng ikkiga bo‘ladi. Undan ikkala tomon bo‘yicha yig‘indilar birliklarining bir xil sonlari joylashgan. Mediana odatda “Me” belgisi bilan ifodalanadi. Medianani topishning tartibga solingan va shartli misoli bo‘lib sudlanganlarning yoshi bo‘yicha o‘zgaruvchan qatori xizmat qilishi mumkin.
Amaliyotda moda va mediana ba’zan o‘rta arifmetik bilan yoki u bilan birga ishlatiladi. Birgalikda ishlatilganda ular bir-birini to‘ldiradi.



Yüklə 115,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə