Jizzax filiali


O‘rtacha miqdorlar turlari



Yüklə 115,69 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü115,69 Kb.
#138436
1   2   3   4   5
O‘rtacha miqdorlar

O‘rtacha miqdorlar turlari.
O‘rtacha statistik miqdorlar bir qancha ko‘rinishlarga ega, ammo ularning barchasi darajaviy O‘rtacha miqdorlar sinfiga kiradi, ya’ni variantlarning turli xil darajasidan tuzilgan: o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha garmonik, o‘rtacha kvadrat, o‘rtacha geometrik va boshqalardan.
Yuridik statistikada O‘rtacha miqdorlar keng qo‘llaniladi. U tezkor xodimlar, tergovchilar, prokurorlar, sudyalar, advokatlar, yuridik muassasalarning boshqa xodimlarining ishlarini baholashda; jinoyatchilik, jinoiy hamda fuqarolik ishlarining va boshqa o‘lchov birliklarining aniq o‘sishini (kamayishini) hisoblashda; tanlangan kuzatuvni asoslashda va boshqalarda ishlatiladi.
O‘rtacha arifmetik miqdorlar.
O‘rtacha miqdorlarning eng keng tarqalgan turi. Oddiy arifmetik o‘rtacha o‘rtachalashtirilayotgan belgi miqdorlari bir yoki teng marta takrorlangan paytda qo‘llaniladi. Tasodif emaski, uning ko‘rinishini ko‘rsatmasdan gap O‘rtacha miqdorlar to‘g‘risida ketar ekan, aynan o‘rtacha arifmetik nazarda tutiladi. U quyidagi holatlarda qo‘llaniladi, o‘zgaruvchan alomatning hajmi barcha yig‘indilar uchun alohida birliklar yig‘indisidagi alomatlar ahamiyati jamisi sifatida namoyon bo‘lganda. Uni hisoblash ancha oson hisoblanadi: barcha variantlar kattaliklari qo‘shiladi va bu summani variantlar birligining umumiy miqdoriga bo‘linadi.
Oddiy o‘rtacha arifmetikni hisoblashda ko‘pincha har bir mustaqil miqdor raqamlarning kattaligini bilish shart emas. Yuridik muassasalarning rasmiy hisobotida, qoida bo‘yicha, ko‘pgina jamlangan miqdorlar mavjud. Bu hisoblash bevosita tumanlarda, viloyatlar va markazda dastlabki hisobga olish hujjatlaridan olingan ma’lumotlarni yig‘ish va guruhlashtirish paytida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar hisobotida umumlashtirilganlar asosida o‘rtachalarni hisoblash har bir alohida variantlarning ahamiyati umuman qayd qilinmasagina mumkin. Masalan, bir gektarning o‘rtacha hosildorligi bug‘doyning jami yig‘imini ekin maydoniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqarish mumkin, vaholangki hech kim har bir gektardagi hosilni hisoblamaydi. Shu usul bilan bir kv. kilometrga yoki 10 ming, 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan sodir etilgan jinoyatlar miqdorini hisoblash mumkin. Oxirgi o‘rtacha arifmetik mikdor jinoyatchilik koeffitsientining nisbiy ko‘rsatkichi bilan mushtaraklashadi.
Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, o‘rtacha (ayniqsa o‘rtacha arifmetik) va nisbiy kattaliklar orasida ba’zan yaqqol va qat’iy chegara mavjud bo‘lmaydi. Ikkalasi ham yakunlovchi hisoblanadi. Undan tashqari, har qanday O‘rtacha miqdor – bu ikkita absolyut kattaliklarning o‘ziga xos munosabati, ya’ni u bir vaqtning o‘zida ham muayyan nisbiy kattalikni o‘zida aks ettiradi (bizning oxirgi misolimizda – da’volarning umumiy kiymatining ularning miqdoriga munosabati). Boshqa tomondan, har qanday nisbiy kattalik holatning o‘ziga xos o‘rtacha xarakteristikasini beradi. Masalan, dinamikaning munosabati analiz qilinayotgan yillardagi o‘rganilayotgan holatning o‘rtacha o‘sish yoki kamayish darajasining xarakteristikasini beradi; taqsimlash munosabati – qandaydir ko‘rsatkichning barcha ko‘rsatkichlar tuzilishidagi o‘rtacha (udelniy) og‘irligini beradi. Biroq bu holatda o‘rtachalarning tushunchasida gapirib o‘tilgan ularning statistik ahamiyatli farqlarini ko‘rmasdan bo‘lmaydi.
O‘rta arifmetik miqdorlarni hisoblashda ayrim xususiyatlar va qiyinchiliklar statistik ko‘rsatkichlarning masofaviy qatori uchun mavjud, ya’ni sanalgan yakka variantlar masofalarga (intervallarga) guruhlashtirilganda mavjud bo‘ladi. Yuridik statistikada masofaviy qatorlar odatda diskret qatorlardan ko‘ra ko‘p ishlatiladi. Shu yo‘l bilan jazo muddatlari, tergov muddatlari, jinoiy va fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish muddatlari, huquqbuzarlarning yoshi va boshqalar hisoblab chiqariladi.

Yüklə 115,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə