Jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari fanidan ma`ruzani tayyorladi


O„ZBEKISTONDA SOG„LOM TURMUSH TARZINI KENG



Yüklə 298,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix19.12.2023
ölçüsü298,38 Kb.
#153542
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Maruza

O„ZBEKISTONDA SOG„LOM TURMUSH TARZINI KENG 
TARG„IB 
QILISH VA AHOLINI JISMONIY TARBIYA VA OMMAVIY SPORTGA 
JALB ETISH TO„G„RISIDA 
Aholi o‗rtasida sog‗lom turmush tarzini keng targ‗ib qilishni tizimli yo‗lga 
qo‗yish, jamiyatda sog‗lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, o‗sib 
kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, ta‘lim 
muassasalari, mehnat jamoalari va boshqalarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatini 
samarali tashkil etish tizimini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror 
qiladi:
1.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «YUqumli bo‗lmagan 
kasalliklar profilaktikasi, sog‗lom turmush tarzini qo‗llab-quvvatlash va 
aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi 
2018 yil 18 dekabrdagi PQ-4063-son 
qaroriga 
asosan O‗zbekiston 
Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Bandlik va mehnat 
munosabatlari vazirligining aholining yoshiga qarab, umumiy jismoniy 
tayyorgarligini belgilovchi sport me‘yorlarini o‗z ichiga olgan «Alpomish» 
va «Barchinoy» testlarining aholining keng qatlamlari o‗rtasida musobaqa 
tarzida doimiy ravishda o‗tkazilishini tashkil qilish hamda g‗olib va 
sovrindorlarning III, II, va I darajali ko‗krak nishonlari bilan 
rag‗batlantirilishiga doir takliflari ma‘qullanganligi ma‘lumot uchun qabul 
qilinsin.
2.
Quyidagilar:
Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi
«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini qabul qilish va musobaqalarini 
o‗tkazish tartibi to‗g‗risida nizom 
1-ilovaga 
muvofiq;
«Alpomish» va «Barchinoy» ko‗krak nishonlari to‗g‗risida nizom 
2-ilovaga 
muvofiq;
«Alpomish» va «Barchinoy» ko‗krak nishonlari va guvohnomalarining tavsifi 
3-ilovaga 
muvofiq;
O‗zbekistonda sportning ommaviyligini yanada oshirish maqsadida milliy 
sport turlari va xalq o‗yinlarini rivojlantirish bo‗yicha chora-tadbirlar dasturi 
4ilovaga 
muvofiq;
Sportning o‗yin turlarini rivojlantirish bo‗yicha chora-tadbirlar dasturi 
5ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
3.
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi aholining 
umumiy jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi «Alpomish» va 
«Barchinoy» maxsus testlarini musobaqa shaklida qabul qilish, «Alpomish» va 
«Barchinoy» ko‗krak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash hamda g‗olib va 
sovrindorlarni taqdirlab borish choralarini ko‗rsin.



4.
Belgilab qo‗yilsinki, «Alpomish» va «Barchinoy» ko‗krak nishonlari 
va guvohnomalarini tayyorlash uchun zarur mablag‗lar O‗zbekiston Respublikasi 
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirish jamg‗armasi hisobidan qoplanadi.
5.
O‗zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‗zbekiston Respublikasi 
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‗liqni saqlash vazirligi, Elektron ommaviy 
axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2019 yilning 10 fevraldan 
boshlab barcha telekanallar efirida har kuni uch marta (ertalab, kunduzgi va kechki) 
3 — 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashg‗ulotlari videoroliklari 
namoyishini joriy etsin.
6.
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga 
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar ish vaqti davomida ishlab chiqarish 
gimnastikasi bilan shug‗ullanishlari haqidagi ma‘lumotlarni har chorakda 
umumlashtirish vazifasi yuklatilsin.
7.
O‗zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‗zbekiston matbuot va 
axborot agentligi hamda O‗zbekiston Milliy axborot agentligiga bosma va elektron 
ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‗ini keng 
jalb etgan holda, aholi o‗rtasida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini muntazam 
ravishda, har tomonlama yoritish tavsiya etilsin.
8.
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‗zlari qabul qilgan normativ-
huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‗zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining o‗rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‗zbekiston Respublikasi 
jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiev zimmasiga yuklansin.
2019 yil 1 fevral, 78-son
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarori

Yüklə 298,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə