Jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari fanidan ma`ruzani tayyorladi


Davlat ta‟lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat



Yüklə 298,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix19.12.2023
ölçüsü298,38 Kb.
#153542
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Maruza

Davlat ta‟lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat 
ko„rsatuvchi sport to„garaklarini tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida 
Davlat ta‘lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‗rsatuvchi 
sport to‗garaklarini tashkil etish orqali sport inshootlaridan foydalanish 
samaradorligini yanada oshirish, aholini jismoniy tarbiya va sport bilan 
shug‗ullanishga keng jalb etish va ularning bu sohaga bo‗lgan ehtiyojini qondirish, 
jismoniy tarbiya va sport sohasida xizmat ko‗rsatish sifatini yanada yaxshilash, sport 
inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va trenerlarni moddiy 
rag‗batlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror 
qiladi:
1.
Belgilansinki, 2019 yil 1 fevraldan boshlab:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq jismoniy tarbiya soatlaridan bo‗sh 
vaqtlarida sport inshootlarida trenerlar tomonidan aholiga, shu jumladan, o‗quvchi-
yoshlar va talabalarga ko‗rsatiladigan jismoniy tarbiya-sog‗lomlashtirish va sport 
xizmatlari pullik asosda amalga oshiriladi;



davlat ta‘lim muassasalarining sport inshootlarida trenerlar tomonidan ko‗rsatilgan 
xizmatlar uchun tushgan to‗lovning 20 foizi kommunal xizmatlar xarajatlariga 
yo‗naltiriladi, qolgan qismi davlat ta‘lim muassasasi va trenerlar o‗rtasida teng 
miqdorda taqsimlanadi.
2.
Davlat ta‘lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat 
ko‗rsatuvchi sport to‗garaklarini tashkil etish tartibi to‗g‗risidagi nizom 
ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
3.
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq 
ta‘limi vazirligi, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi:
bir oy muddatda sport turlari, eng avvalo, ommaviy sport turlari bo‗yicha yangi 
qo‗shimcha seksiya va guruhlarni tashkil etish hisobiga sport inshootlaridan 
foydalanish darajasini oshirish choralarini ko‗rsin;
pullik xizmat ko‗rsatiladigan sport inshootlarining manzili, ish vaqti, 
ko‗rsatiladigan xizmat turlari va narxlari haqidagi ma‘lumotlar Internet jahon 
axborot tarmog‗ida doimiy ravishda keng yoritilishini yo‗lga qo‗ysin.
4.
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‗zlari qabul 
qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‗zbekiston Respublikasi 
Bosh vazirining o‗rinbosari A.A. Abduxakimov, O‗zbekiston Respublikasi 
jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiev, O‗zbekiston Respublikasi oliy va o‗rta 
maxsus ta‘lim vaziri I.U. Madjidov va O‗zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi vaziri 
SH.X. SHermatov zimmasiga yuklansin.
2019 yil 3 iyun, 454-son
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI 

Yüklə 298,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə