Jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari fanidan ma`ruzani tayyorladi


«JISMONIY TARBIYA VA SPORT» YAGONA AXBOROT TIZIMINI



Yüklə 298,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix19.12.2023
ölçüsü298,38 Kb.
#153542
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Maruza

«JISMONIY TARBIYA VA SPORT» YAGONA AXBOROT TIZIMINI 
YARATISH CHORA-TADBIRLARI TO„G„RISIDA 
Vazirlar Mahkamasining «2019 — 2023 yillar davrida O‗zbekiston 
Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash to‗g‗risida» 2019 yil 13 fevraldagi 118-son 
qaroriga 
muvofiq sportchilar, 
trenerlar, jismoniy tarbiya o‗qituvchilari (yo‗riqchilari) haqidagi ma‘lumotlar, 
ta‘lim tashkilotlari o‗quvchilari va talablarining sport fanlari bo‗yicha topshirgan 
sinov imtihonlari natijalarini tizimlashtirish, shuningdek, respublikadagi jismoniy 
tarbiya-sog‗lomlashtirish va sport inshootlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning tizimli 
monitoringini olib borish, bunday ma‘lumotlar bilan almashish va ularni tahlil qilish 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tasarrufida ta‘lim



tashkilotlari hamda jismoniy tarbiya-sog‗lomlashtirish va sport inshootlari bo‗lgan 
vazirliklar va idoralarning sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya o‗qituvchilari
(yo‗riqchilari) haqidagi ma‘lumotlar, ta‘lim tashkilotlari o‗quvchilari va 
talablarining sport fanlari bo‗yicha sinov imtihonlarining tizimlashtirilgan natijalari, 
shuningdek, respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‗lomlashtirish va sport inshootlari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga olgan «Jismoniy tarbiya va sport» yagona 
axborot tizimini (keyingi o‗rinlarda YAgona tizim deb ataladi) yaratish haqidagi 
taklifiga rozilik berilsin.
2.
Quyidagilar:
YAgona tizim idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar, 
davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim, umumiy o‗rta ta‘lim, kasb-hunar ta‘limi, 
oliy ta‘lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabdan tashqari sport ta‘limi 
tashkilotlarida (keyingi o‗rinlarda ta‘lim tashkilotlari deb ataladi) joriy qilinishi;
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 
«Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi» davlat korxonasi (keyingi 
o‗rinlarda Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi deb ataladi) 
tomonidan sportchilarni ro‗yxatga va ularning faoliyatini hisobga olish bo‗yicha 
«Skm sportsmen», trenerlar haqidagi ma‘lumotlar bazasi yuritilishini ta‘minlovchi 
«Skm trener» hamda respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‗lomlashtirish va sport 
inshootlarini pasportlashtirishni ta‘minlovchi «Skm sportinshoot» kichik axborot 
tizimlarini o‗z ichiga olgan «Skm tizim» axborot tizimi (keyingi o‗rinlarda AT deb 
ataladi) ishlab chiqilgani ma‘lumot uchun qabul qilinsin.
3.
Quyidagilar YAgona tizimning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sportchilar, trenerlar, ta‘lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‗qituvchilari 
(yo‗riqchilari), shuningdek, respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‗lomlashtirish va 
sport inshootlari haqidagi ma‘lumotlarning tizimli monitoringini olib borish, bunday 
ma‘lumotlar bilan almashish va ularning tahlil qilinishini ta‘minlash; ta‘lim 
tashkilotlari o‗quvchilari va talabalarining sport fanlari bo‗yicha sinov imtihonlarini 
topshirish natijalarini tahlil qilish; sportchilar, trenerlar va respublikadagi jismoniy 
tarbiya-sog‗lomlashtirish
hamda sport inshootlarini ro‗yxatga va faoliyatini hisobga olish; www.sport.uz 
yagona ma‘lumotlar portalida joylashtiriladigan sportchilar,
trenerlar, ta‘lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‗qituvchilari (yo‗riqchilari) 
hamda respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‗lomlashtirish va sport inshootlari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning dolzarbligini ta‘minlash, shuningdek, ma‘lumotlar 
O‗zbekiston Respublikasi ochiq ma‘lumotlar portaliga joylashtirilishini ta‘minlash.
4.
Quyidagilar YAgona tizimni yaratish va joriy qilish chora-tadbirlarini 
moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi 
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‗armasining 150,0 mln so‗m 
miqdoridagi mablag‗lari;
Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazining o‗z mablag‗lari;
o‗z tasarrufida ta‘lim tashkilotlari bo‗lgan vazirliklar va idoralarning
byudjetdan tashqari mablag‗lari;



tegishli ta‘lim tashkilotlarining mablag‗lari;
xayriya 
mablag‗lari; 
qonunchilikda 
taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5.
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda: 
tegishli vazirlik va idoralarning ta‘lim tashkilotlari kontingenti to‗g‗risidagi mavjud 
ma‘lumotlar bazalari bilan integratsiyalashtirish hamda ma‘lumotlar almashish 
hisobga olingan holda, YAgona tizimni yaratish bo‗yicha texnik topshiriqlar va 
texnologik xususiyatlarni, shuningdek, YAgona tizimning faoliyat ko‗rsatish 
tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
YAgona tizimni tasdiqlangan texnik topshiriqlarga muvofiq 2019 yil 1 
sentyabrga qadar joriy qilsin va ishga tushirsin;
Internet tarmog‗idan doimiy foydalanish va ma‘lumotlarning belgilangan 
kvotalar doirasida axborot himoyasini ta‘minlagan holda, www.sport.uz yagona 
axborot portalini bir oy muddatda «Uzinfocom» MCHJning Davlat axborot 
tizimlarini yaratish va qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha yagona integrator server 
maydonida joylashtirsin.
6.
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
«O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy 
agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish 
markazi» DUK bilan birgalikda yaratilayotgan YAgona tizimni ikki oy muddatda 
«Elektron hukumat» tizimining foydalaniluvchilarini identifikatsiya qilish yagona 
axborot tizimi, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma‘lumotlar bazalari 
bilan integratsiyalashtirishni ta‘minlasin.
7.
Quyidagilar:
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi — YAgona 
axborot tizimining yuritilishi, ushbu tizimga ma‘lumotlar muntazam kiritilishi va 
ularning dolzarbligi ta‘minlanishi monitoringini amalga oshiradigan davlat organi;
Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi — YAgona tizimni 
ishlab chiquvchi va operator etib belgilansin.
YAgona tizimni ishlab chiqishda: sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya-
sog‗lomlashtirish hamda sport inshootlari haqidagi
ma‘lumotlar 
bo‗yicha «Skm
tizim»
AT bilan
avtomatlashtirilgan holda ma‘lumotlar almashinuvi ta‘minlansin; respublika ta‘lim 
tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‗qituvchilari (yo‗riqchilari) haqidagi 
ma‘lumotlar bazasini, shuningdek, ta‘lim tashkilotlari o‗quvchilari va talabalarining 
sport fanlari bo‗yicha sinov imtihonlari natijalarining tahlilini o‗z ichiga olgan 
alohida kichik tizim yaratilsin; respublika ta‘lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya 
o‗qituvchilari (yo‗riqchilari) tomonidan ta‘lim tashkilotlari o‗quvchilari va 
talabalarining sport fanlari bo‗yicha sinov imtihonlari natijalarini, shuningdek, sport 
musobaqalari tashkilotchilari tomonidan sportchilarning musobaqalarda erishgan 
sport natijalarini www.sport.uz axborot portali orqali kiritish imkoniyati inobatga 
olinsin;



sport maktablari o‗quvchi-sportchilarining bevosita trener-o‗qituvchilariga 
qonunchilikda belgilangan tartibda ustamalar belgilash huquqini beradigan sportdagi 
natijalarini www.sport.uz yagona axborot portalida hisobga olish va ular bilan 
tanishish imkoniyati ta‘minlansin; sportchilar, trenerlar, ta‘lim tashkilotlarining 
jismoniy tarbiya o‗qituvchilari (yo‗riqchilari), respublikadagi jismoniy tarbiya-
sog‗lomlashtirish va sport inshootlari haqidagi ma‘lumotlar www.sport.uz yagona 
axborot portalida, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi ochiq ma‘lumotlar 
portalida joylashtirilishi ta‘minlansin.
8. O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Maktabgacha ta‘lim 
vazirligi, Halq ta‘limi vazirligi, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi, tasarrufida 
ta‘lim tashkilotlari bo‗lgan vazirliklar va idoralar:
vazirliklar va idoralar, shuningdek, ta‘lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya
o‗qituvchilari (yo‗riqchilari) haqidagi ma‘lumotlar hamda o‗quvchilarning 
(talabalar) sport fanlari bo‗yicha sinov imtihonlari natijalarini YAgona tizimga 
kiritish uchun mas‘ul bo‗lgan tegishli mutaxassislari uchun seminarlar tashkil 
etilishini;
YAgona tizimga ma‘lumotlarni kiritishga mas‘ul bo‗lgan jismoniy tarbiya 
o‗qituvchilari
(yo‗riqchilari)
va
sport tadbirlari tashkilotchilari 
tegishli shaxslarining shaxsiy javobgarligi belgilanishini;
YAgona tizimdagi ma‘lumotlarni muntazam ravishda yangilab borish uchun 
o‗qituvchilar (yo‗riqchilar) va mas‘ul shaxslarning Internet tarmog‗i, tegishli 
uskunalar va kompyuter texnikasidan foydalanish sharoitlarini;
YAgona tizimning uzluksiz ishlashini va axborot xavfsizligini ta‘minlash 
tadbirlari o‗tkazilishini ta‘minlasin.
9.
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‗zlari qabul qilgan normativ-
huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‗zbekiston Respublikasi 
Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‗yicha o‗rinbosari A.A. 
Abduxakimov va O‗zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. 
Nabiev zimmasiga yuklansin.


10 

Yüklə 298,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə