Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 313,75 Kb.
səhifə21/123
tarix28.11.2023
ölçüsü313,75 Kb.
#136665
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123
ЖМН мажмуа. МБТЖТ 2 курс

3. Tayanch so‘z va iboralar.
Nazariy bilim - bu asosan, u yoki bu sohadagi amaliy tajribalarni umumlashtiruvchi, tabiat qonunlarini ob’ektiv ravishda ko‘rsatish orqali asosiy bilimlarni inson ongida namoyon bo‘lishi demakdir.
Sport - qisqa ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, keng ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi.
Jismoniy rivojlanish - inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy sharoitda shakllanishi – tashqi ko‘rinishini va xarakat faoliyatining o‘zgarishi jarayonidir.
Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini morfologik va funksional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo‘lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan.
«Jismoniy bilim» termini yangi davrdagi jismoniy tarbiyaning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. Masalan, Fit o‘z vujudini tarbiya qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligi haqida gapirgan edi.
Jismoniy bilim jismoniy mashqlarni bajarishga oid maxsus nazariy tushunchalar va ularni lozim bo‘lganda turmushda qo‘llash mahorati va ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Bu tushuncha kuch, tezkorlik chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarini jismoniy mashqlar ta’sirida tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
Jismoniy tayyorgarlikerishilgan amaliy harakat ko‘nikma va malakalarini umumlashtirilgan ishchanlik faoliyatiga maqsadli yo‘naltirilib, faoliyatga uning samaradorli ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha tashkil topgan tayyorgarliklar natijasidir.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog‘liqni mustahkamlashga, keng doirada harakat malakalari va ko‘nikmalariga ega bo‘lishiga, o‘zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bo‘lishi uchun xizmat qiladigan asosiy harakat sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Amaliy - kasbiy jismoniy tayyorgarligi – bu jismoniy tarbiyaning maxsuslashtirilgan, aniq mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo‘naltirilgan jarayonidir.
Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo‘nalishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni ta’minlashdir.
Jismoniy madaniyat – jamiyat a’zolari jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, uslublar va sharoitlarni yaratish hamda ulardan ratsional foydalanish bo‘yicha erishilgan yutuqlarning majmuasidir.
Jismoniy madaniyat harakati – ijtimoiy yo‘nalish bo‘lib, buning oqimida kishilarni birgalikda, jismoniy madaniyat boyliklarini ishlatish va ko‘paytirishga qaratilgan faoliyatdir.
Jismoniy kamolot – bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlik va garmonik jismoniy rivojlangan, mehnat va boshqa sohalardagi talablarga javob bera oladgan individual talantining yuqori darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi, shaxsni har tomonlama rivojlanish va uzoq yillar sog‘ligini mustahkamlash qonuni bilan murosada bo‘ladi.
Jismoniy mashq texnikasi - Harakat vazifasini oson, kam energiya sarflab, samarali hal qilish uchun tanlangan harakat faoliyati.
Texnikaning asosi deganda, harakat orqali qo‘yilgan vazifani bajarish uchun kerak bo‘ladigan harakat faoliyati tizimining o‘zak qismi tushuniladi.Qo‘llangan usullar tananing qismlarini o‘zaro kelishgan holda, harakat faoliyatining ketma-ketligi tizimini buzmay, jismoniy sifatlarining keraklicha namoyon qilinishini taqazo etadi. Usul samarali bo‘lsa, amaliyotda unumli qo‘llanilishi mumkin va uzoq vaqt o‘zining hayotiy-amaliyligini saqlab qoladi.
Texnikaning zvenosi deyilganda, bajarilayotgan harakatning asosiy mexanizmi- sakrashlarda depsinish, uloqtirishlarda final kuch sarflashni bajarish uchun yordam beradigan harakat faoliyati tarkibidagi bo‘laklar tushuniladi. Pedagogik jarayonda mashqning asosiy zvenosi mexanizmini o‘zlashtirish o‘qitishning negizi deb qaraladi. Texnikaning o‘zlashtirilishi mashq texnikasining asosini o‘rganish demakdir.
Texnikaning detali- bu harakat tarkibiga kirgan, lekin uning asosiga, zvenolariga ziyon yetkazmaydigan qo‘shimcha harakatlar yoki shu harakat mexanizmi tarkibidagi eng mayda bo‘laklardir. Uni harakat tarkibida bajarsa ham bajarmasa ham bo‘ladi. Masalan, uzunlikka sakrashda kimdir tanaga tezlik berishni keskin tezlanish bilan, kimdir tezlanishni asta-sekinlik bilan boshlaydi.
Jismoniy madaniyat funksiyasi deganda, uning o‘ziga tegishli ob’ektiv xususiyatlari bilan insonga va inson munosabatlariga, muomalasiga ta’sir ko‘rsatishi, shaxs va jamiyatni ma’lum talabini qondirilishi va rivojlantirilishi tushuniladi.
Jismoniy madaniyatning maxsus funksiyalari deganda, madaniyatning boshqa turlariga taalluqli bo‘lmagan, alohida xususiyatga ega bo‘lgan funksiyalar tushuniladi.
Umumiy funksiyalari. Madaniyatga taalluqli bo‘lgan hamma umumiy funksiyalar, u yoki bu holda jismoniy madaniyat sohasida ham ko‘rinadi.

Yüklə 313,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə