Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


MA’RUZA №2 Mavzu: Jismoniy tarbiya tizimi, Jismoniy tarbiya tizimi rivojlanishining tarixan qonuniyligi



Yüklə 313,75 Kb.
səhifə23/123
tarix28.11.2023
ölçüsü313,75 Kb.
#136665
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123
ЖМН мажмуа. МБТЖТ 2 курс

MA’RUZA №2


Mavzu: Jismoniy tarbiya tizimi, Jismoniy tarbiya tizimi rivojlanishining tarixan qonuniyligi.
Reja:
1. Jismoniy tarbiya tizimi haqida tushuncha.
2. Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviyligi.
3. Jismoniy tarbiya tizimining xalqchilligi va ilmiyligi.
4. Jismoniy tarbiya tizimining tamoyillari.


1. Jismoniy tarbiya tizimi.
Jismoniy tarbiya aniq bir tizimga tayansagina, oldindan ko‘zlangan natijaga erishiladi.
Jismoniy tarbiya tizimi deganda, jismoniy tarbiyaning tamoyillari, vositalari, metodlari va uni tashkillash shakllarining shunday umumiyligi tushuniladiki, u jamiyat aozosini manan boy vahar tomonlama garmonik rivojlantirishning maqsad va vazifalariga mos bo‘lsin (A.D. Novikov 1967).
Vatanimiz mudofasi masalasi ham jamiyatimizda yo‘lga qo‘yilgan jismoniy tarbiya jarayoniga qator talablar qo‘yadiki, bu talabalarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining ob’ektiv xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Mamlakatimiz xalqlarining har tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganligi vatan mudofaasiga tayyorgarligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda jismoniy tarbiyaning maqsadi O‘zbekiston xalqini jismonan kamolotga erishgan, huquqiy davlatning aktiv quruvchilari, ijodiy mehnatga va mudofaga tayyor qilib tarbiyalashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy tarbiyani amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir.
Jismoniy-madaniy, ma’naviy va ommaviy-teatrlashtirilgan tomoshalarni bir-biri bilan muvofiqlashtirishdan namoyishlar va namoyishkorona chiqishlar vujudga keladi. Ularning tarbiyaviy ahamiyati bepoyondir.
Jismoniy madaniyatni klassifikatsiyalash katta ahamiyaga egadir. U jamiyatda jismoniy madaniyatdan maqsadga muvofiq foydalanishni, uning qaysi yo‘ldan ketayotganligi, yo‘nali-shini, jismoniy tarbiya amaliyoti, vazifalarini hal qilish uchun tavsiya etilgan uning xilma-xil turlari imkoniyatlarini anglashga yordam beradi. Agarda maktabda jismoniy bilim (ma’lumot), umumiy jismoniy tayyorgarlik berish vazifalari hal qilinsa, uning hayoti davomida foydalanadigan jismoniy madaniyatning bazasi yaratiladi. Madaniyatning boshqa barcha turlari qayd qilingan vazifalarni yechishi mumkin bo‘lsada, inson jismi madaniyati uchun o‘rnini almashtira olmaydi.
Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik dara-jasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:
- jamiyat a’zolarining kundalik turmushga jismoniy madaniyatning singdirilganligi darajasi bilan;
- jamiyat a’zolarining salomatligi va jismoniy tayyorgarligi bilan;
- jismi madaniyatining mashg‘ulotlarining moddiy-texnik ta’minlanganligi va ularni sifati bilan;
- jismoniy madaniyatga rahbarlik qilayotgan xodimlarning doimiy tarkibi (shtati) va faolligi va iqtidori bilan;
-jamiyat a’zolarining sportdagi natijalari bilan baholanadi.
Mamlakatimiz mustaqilligi, jamiyatimizdagi kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar yurtimiz farzandlarining jisman kamolotga erishgan bo‘lishi kerakligi talabini qo‘ymoqda.har bir millat, elat o‘zining paxlavonlari, jismo-nan barkamol o‘g‘lonlari bilan faxrlanishgan. O‘z farzand-larini xalq og‘zaki ijodidagi Alpomish, Rustam, Go‘ro‘g‘li, Barchinoy kabi jisman va manan shakllangan bo‘lishlarini orzu qilganlar.
Jisman barkamollik – tarixan o‘zgarib turadigan har qanday tarixiy davr uchun o‘zining ideal tasnifiga ega bo‘lgan tushuncha tarzida turlicha talqin qilingan, chunki bu idealda aholining iqtisodiy sharoiti, ijtimoiy hayoti dunyo qarashi ifodalangan. Lekin asrlar davomida jismoniy barkamol avlod tarbiyasi mavjud jamiyatda ob’ektiv imkoniyatlar va sharoitni yuzaga kelmaganligi sababli, abstrakt g‘oyaligicha qolib real haqiqatga aylanmay qolgan.
Jismonan barkamollik salomatlikning me’yori va har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni darajasi haqidagi tarixan shakllangan tasavvur, ular mehnat, jamoatchilik, harbiy va odamlarning ijodkorlik faoliyatlarini uzoq davom etishi talablariga nisbatan optimal javob beradi.
Jismoniy kamolot shaxsni garmonik rivojlantirishda aniq ma’no va ijtimoiy mohiyat kasb etadi. Faqat jisman kamolotga erishish uchun bajarilgan faoliyat pedagogik jarayon davomida bir tomonlamalikga olib kelishi amaliyotda isbot-langan. Faqat jismoniy mashq bilan shug‘ullanish, jismonan kamolot sari yo‘l olsada, bir tomonlamalikga yetaklaydi, uni garmonik tarbiya elementlari ma’naviy, ma’rifiy axloqiy, ruhiy, estetik mehnat tarbiyasini olishdan uzoqlashtiradi.

Yüklə 313,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə