Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Jismoniy madaniyat nazariyasining tiklanishi



Yüklə 313,75 Kb.
səhifə22/123
tarix28.11.2023
ölçüsü313,75 Kb.
#136665
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   123
ЖМН мажмуа. МБТЖТ 2 курс

4. Jismoniy madaniyat nazariyasining tiklanishi.
Jismoniy madaniyat tarixi madaniyatning boshqa sahifalariga nisbatan ilmiy tadqiqot jihatidan kechroq fan sifatida qurildi. Uning rivojlanishini ma’lum vaqtga maxsus bilimlar tizimini shakllantirish bilan umuman bog‘liq bo‘lmagan deb hisoblash mumkin emas. Albatta jismoniy madaniyat shakllanib, borgan, lekin uzoq vaqt imperik xarakterga ega bo‘lgan.
Jismoniy harakat amaliyotida keng qo‘llanishi bilan jismoniy madaniyat jamiyat hayotida muximroq hodisa bo‘lib qolgan hamda uning ilmiy tushinib olinishida talab kuchaygan. Shu bilan bir vaqtda haqiqiy imkoniyatlar osha boshlagan.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya nazariyasining asoslari inqilobgacha qadar buyuk olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan.
Jismoniy tarbiya tizimining tuzilishi ko‘p yillar davomida uning ilmiy asoslari avlodlarning jismoniy va har tomonlama garmonik rivojlanishi hamda jismoniy ta’limning rivojlanishi uchun optimal sharoitlarni yaratishda ko‘pgina ilmiy va amaliy yutuqlarni ifodalab berdi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasini umumlashtiruvchi qonuniyatlar kengaytirilgan, monografik bayoniga ega bo‘ladi hamda oliy jismoniy madaniyat ta’limining o‘quv fani sifatida shakllantiriladi.
Jismoniy madaniyat bilan bevosita bog‘langan maxsus fan orasida jismoniy tarbiya nazariyasi umumlashtiruvchilardan biridir. Lekin, u jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasini butunligicha bayon eta olmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklida mavjud emas. Jismoniy madaniyat sohasidagi yana bir umumlashtiruvchi ilmiy bilimlarning rivojlangan bo‘limlaridan biri "sport nazariyasi" dir. Uning tezkorlik bilan rivojlanishida ayniqsa so‘nggi bir necha 10 - yilliklar davomida kattalizator sifatida
Olimpiada va umuman xalqaro sport sifatida erishiladigan yuqori yutuqlar doimiylik bo‘lib keladi. U o‘z holicha tabiiy laboratoriya bo‘lib inson qobiliyatini aniqlash va maksimal rivojlantirishning yangidan - yangi yo‘llarini aniqlashning yirik tadqiqot resurslarini jalb etadi. Bu albatta sport haqidagi ilmiy bilimlarni tezkorlik bilan to‘plashda o‘z ifodasini topdi.
Sport nazariyasi hozirgi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida sport bo‘yicha professional mutaxassislarni tayyorlashning asosiy fani sifatida shakllana boshladi. Shu bilan bir qatorda jismoniy madaniyatdan foydalanishning ijtimoiy mehnatda muhim, hamda an’anaviy jismoniy tarbiya va sportga moslashtirilmaydigan komponent va shaklarining bir qanchasi oxirgi vaqtgacha fandan foydalanish sohasida chiqarib tashlanganday bo‘ladi.
Avvalo gap insonni, jismoniy madaniyatga mustaqil yaqinlashtirish shakllari, ishlab chiqarishdagi jismoniy madaniyat, madaniyatning soglomlashtiruvchi - tiklovchi va ayrim boshqa shakllari haqida, boradi, bularning hammasi ahamiyatning bo‘sh vaqtini, dam olish va madaniy faoliyatini ko‘proq tug‘diradi. Ommaviy jismoniy amaliyotning bu kengaytirilgan bo‘limlari muhim ilmiy ta’minotni talab etadi.
Jismoniy madaniyat bog‘liq bo‘lgan hodisalar o‘rganuvchi ilmiy fanlar ko‘p vaqt ichida differensiya yo‘li bilan borilgan. Shuning natijasiga jismoniy madaniyatning ayrim tomonlariga qisman tegishli bo‘lsa ham ko‘pgina xususiy fanlar vujudga kela boshladi. Shularning bir qismi amaliyotning jismoniy - sport bo‘limida katta o‘rin egallab, maxsuslashtirilgan kasbiy bilimlarni o‘z ichiga olgan. Boshqa qismi maxsus tabiiy fanlarni o‘z ichiga olgan (anatomiya, fiziologiya, biologiya, biomexanika, tibbiyot, gigiena, psixilogiya va h.k.) bo‘lib, ular jismoniy madaniyat sohasida vujudga kelmasdan, balki tarmoq sifatida kengaytirilgan. Shu bilan bir vaqtda umumlashtiruvchi fanlar shakllana boshlagan. Masalan: XX asr sikllarida jismoniy madaniyat sobiq Sovet institutlarining birinchi o‘quv rejalariga jismoniy madaniyat nazariyasi va umumiy metodikasi, kompleks fani kiritilgan. Lekin kelib chiqadigan aniq materiallarning to‘liqmasligi va ayrim boshqa sabablar fanning butun ilmiy ko‘rinishida shakllanishiga halaqit bergan. So‘nggi 10 yilliklarda fanning turli sohalarida informatsiyaning tez o‘sishi bilan bogliq ravishda ilmiy bilimlarni integratsiyalash oqimi kuchayib boradi. Gap shundaki, inson faoliyatining u yoki bu faoliyatiga bo‘laklab ta’sir etadigan xususiy ilmiy ma’lumotlarning to‘planishi o‘z holicha ishning mazmunini to‘la tushunishga kafolat bermaydi, hamda amaliyotni ilmiy optimizatsiyalash uchun yetarli asos bo‘lmaydi. Undan tashqari umumiy nazariya mantiq jihatidan tartibda keltirilmagan xususiy ma’lumotlar to‘plamini butunlay tushunishdan cheklash ham mumkin. Shuning uchun ham zamonaviy dunyo miqyosidagi ilmda "informatsiya oqimi" xavfi ta’sirida tahlil qilish yo‘li bilan foydalanishga va umumiy nazariyalarni ishlab chiqarishga e’tibor kuchayib, ular ko‘pgina xususiy ma’lumotlarni integrallashga, haqiqiy dunyoning bir butunligini ifodalovchi umumiy konsepsiyaga birlashtirishga olib keladi. Shunday qilib jismoniy madaniyat nazariyasi deb shartli ravishda keng ma’noli jismoniy madaniyat amaliyotida nazariy ifodalovchi bo‘limlarning hamma to‘plamiga aytiladi, hamda u yoki bu qonun qoidalarini tushuntiradi, uni ratsional tarzda boshqarishga xizmat qiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi shakllanishining salmoqli ta’siri sotsiologiya, antopologiya, ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy jarayonlarni tashkil etish va boshqarish umumiy nazariyasi, tarbiyaning umumiy nazariyasi va ko‘pgina boshqa umumlashtiruvchi fanlar rivojlanishida seziladi.

Yüklə 313,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə