Йилларда франция



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə22/23
tarix20.09.2017
ölçüsü1,37 Mb.
#1110
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

2. Eron nefti uchun kurash

Ingliz — eron neft kompaniyasi (IENK) Buyuk Britaniya uchun katta ahamiyatga ega edi. Bu kompaniya 1933-yilda tashkil etilgan. Kompaniya daromadining asosiy qismini Buyuk Britaniya olardi.

Ikkinchi jahon urushidan so'ng ham u bu kompaniyani saqlab qolishga zo'r berib urindi. Shu maqsadda Buyuk Britaniya 1949-yilda «Qo'shimcha shartnoma» deb ataluvchi shartnoma ishlab chiqdi. Unda kompaniya daromadidan Eronga beriladigan ajratma miqdorini qisman oshirish ko'zda tutilgan edi. Eron xalqi qarshi chiqdi. Eron nefti uchun kurash

Buyuk Britaniya shu yoi bilan IENKda o'z xo'jayinligini saqlab qolmoqchi bo'ldi. Biroq Eron hukumati uni rad etdi. 1951-yilning 15- martida esa mamlakat parlamenti IENKni milliylashtirish to'g'risida qaror qabul qildi. 29-aprelda bosh vazir lavozimiga tayinlangan, Milliy front (Eronning chet davlatlarga iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaramligiga qarshi kurashuvchi kuchlar) rahbari M. Mossodiq bu qarorni bevosita amalga oshirishga kirishdi.

Buyuk Britaniya va AQSH har xil yo'llar bilan bunga to'sqinlik qildilar. Ular bu masalani xalqaro Gaaga sudida liai etmoqchi bo'ldilar. Biroq Eron hukumati bu sud vakolatini tan olmadi. Buyuk Britaniya endi BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qildi. Xavfsizlik Kengashi Eron neftini xalqaro kompaniya ixtiyoriga berish to'g'risida qaror qabul qildi. Biroq Mossodiq bu qarorni rad etdi. U Eron nefti Eronning milliy boyligi ekanligini, uni milliylashtirish Eronning ichki ishi ekanligini ta'kidladi.

Bunga javoban Buyuk Britaniya Eronga nisbatan iqtisodiy qamal tashkil etdi. Eron hukumati esa Buyuk Britaniya bilan diplomatik munosabatlarini uzdi. Shoh boshchiligidagi ichki g'arbparast kuchlar Buyuk Britaniya va AQSH ning qo'llab-quvvatlashiga tayanib, 1953-yilning 19-avgustida davlat to'ntarishi o'tkazdilar. Unga gкnerai Zohidiy rahbarlik qildi. Shoh uni bosh vazir etib tayinladi. Barcha siyosiy partiyalar, tashkilotlar, Mossodiq siyosatini qo'llab-quwatlagan vaqtli matbuot nashrlari tor-mor etildi. Shu tariqa Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy o'z mavqeyini mustahkamlab oldi.

Yangi hukumat 1954-yilda Xalqaro neft konsorsiumi bilan shartnoma imzoladi. (Unda AQSH va Buyuk Britaniya neft kompaniyalari yetakchi mavqega ega edi.) Shartnomaga ko'ra, Eron nefti 25 yil muddat bilan (1979-yilgacha) shu konsorsium ixtiyoriga berildi. Konsorsiumning neft qazib chiqarishi yildan yilga o'sib bordi. Xususan, 1950-yilda u 32 ming tonnani tashkil etgan boisa, 1961 -yilga kelganda bu ko'rsatkich 57 ming tonnani tashkil etdi.

Ayni paytda, Eron ham neft eksportidan katta daromad topa boshladi. 70-yillar o'rtalariga kelganda bu daromad 20 mlrd dollardan oshdi. Eron 1955-yilda Bag'dod paktiga (1959-yildan SENTO) a'zo boidi. «Eyzenxauer doktrinasi»ni qo`llab-quvvatladi. 1959-yilda AQSH bilan shartnoma tuzib, unga deyarli qaram boiib qoldi. Budjetning 40 foizi harbiy maqsadlarga ketdi.

1955-yildagi qonun bilan Eronda 1000 dan ortiq turli firmalar ish ko'rar edi. Import eksportdan 5 baravar ortdi. Eron mahalliy sanoati sindi. Ko'plab korxonalar yopildi. Eron AQSHdan g'alla sotib oldi. Eron shohi mamlakat taraqqiyotini jadal sur'atlarda tezlatishga, og'ir iqtisodiy ahvoldan qutulishga va mamlakat hayotida g'arbga munosabatlarni qaror toptirishga, to'xtovsiz davom etayotgan norozilik toiqinlarini bostirishga harakat qildi.

Shu maqsadda, 1963-yilning 23- yanvarida quyidagi 6 qonun loyihasi yuzasidan referendum o'tkazildi: 1. Yer islohoti. 2. O'rmonlarni milliylashtirish. 3. Yer islohotini moliyalashtirish uchun

davlat zavod va fabrikalarini sotish. 4. Ishchilarning korxona foydasidan ulush olishi. 5. Parlamentga saylov to'g'risidagi qonunga o'zgartirish kiritish. 6. Savodsizlikka qarshi kurashish uchun «maorif

korpusi» tuzish. Shoh bu islohotlar ahamiyatini inqilobga tenglashtirdi va uni «oq inqilob» deb atadi. Sanoat ishlab chiqarishining yillik o'rtacha o'sish sur'ati 10—15 foizni tashkil etdi. Islohot natijasida Eron agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. Ayollarga erkaklar bilan teng saylov huquqi berildi. Hayotga Yevropacha tus berila boshladi. Mamlakat G'arb dunyosining bir qismiga aylandi. Biroq islohot xalqning turmush darajasini yaxshilamadi. Chunki Eron jamiyati agrar islohotga tayyor emas edi. Buning

ustiga, islohot juda tez sur'atlar bilan o'tkazila boshladi. Aholining ongi esa buni o'ziga singdira olmadi. Chunki iqtisodiy islohot dastlab aholi turmush darajasini pasaytirib yuborishi tabiiydir. Bundan tashqari, islohot aholining ma'lum tabaqasini haddan tashqari boyitib yubordi. O'n millionlab odamlar esa tobora kambag'allashdi. Jamiyatdagi bu o'zgarishlar aholi ko'z o'ngida islom an'analaridan, asrlar osha davom etib kelayotgan turmush tarzidan voz kechishdek gavdalandi. Xalq noroziligi kuchaydi. Xalqqa qarshi maxfiy politsiya (SAVAK) tashkil etildi. Uning yerto'lalarida 380 mingdan ortiq eronliklar yo'q qilindi. Bu hodisa G'arbcha tamoyillar asosida o'tkazilayotgan islohotlarga boshdanoq qarshi bo'lgan ruhoniylarga qoi keldi.

Diniy mutaassiblik aholi ongini chulg'ab olgan jamiyatda ruhoniylarning mavjud hukmron doiralarga qarshi turishi ular uchun juda katta xavf tug'dirar edi. Shoh hukumati muxolifat kuchlarga qarshi repressiyani kuchaytirdi. Bu hol shohga qarshi kurash harakatini vujudga keltirdi. Harakatni islomning shia oqimi ruhoniylari boshqardi. Ularning rahnamosi Eronning oliy diniy arbobi Oyatullo Ruhullo Musovi Xumayniy edi (1898—1989). U ham shoh repressiyasiga duchor etilgan edi (1964-yil). Inqilob arafasida Parij shahrida yashardi.

Eron aholisining juda katta qismi shohga qarshi kurashga qo'shildi. Armiyaning katta qismi shohni qo'llab-quwatlamay qo'ydi. Natijada 1979-yilning 16-yanvarida shoh mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'ldi. 11-fevral kuni esa umumiy qurolli Eron inqilobi qo'zg'olon boshlandi, armiya ham qo'zg'olonchilar tomoniga o'tdi. Shu tariqa Eronda inqilob g'alaba qildi. Bu inqilob Islom inqilobi edi. 15-fevral kuni Oyatullo Xumayniy Tehronga qaytib keldi. U «Islom inqilobining rahnamosi» deb e'ion qilindi. Mamlakat ruhoniylari yangi hukumat tuzdilar. 1979-yilning 1-aprelida davlatning rasmiy nomi o'zgardi. Endi, u Eron Islom Respublikasi deb ataladigan bo'ldi.

Ayni paytda yangi konstitutsiya ham qabul qilindi. Konstitutsiya Oyatullo Xumayniyni umrbod mamlakatning oliy siyosiy va diniy rahbari deb e'lon qildi. Hatto mamlakat prezidenti ham unga bo'ysunar edi. 1979-yilda Tehronda AQSH diplomatlari garovga olindi va 1981-yil yanvarida Eron

— AQSH bitimidan keyin ozod qilindi. 1980-yilda mamlakat prezidenti va parlamenti (majlis) saylandi. Diniy bo'lmagan hamda milliy partiyalar faoliyati taqiqlandi.

Garchand Eron ham ko'p millatli davlat bo'lsa-da, Oliy rahbariyat barcha musulmonlarning tengligini ro'kach qilib, mamlakatda milliy masala tan olinmasligini ta'kidladi. Shu tariqa yangi rahbariyat ichki siyosatda jamiyat va davlat hayotini to'la islomlashtirish siyosatini yurita boshladi.

Ichki muxolifatni tugatish maqsadida Xumayniy «Islom madaniy inqilobi»ni e'ion qildi. Bu hol hukmron doiralar o'rtasida ham kelishmovchilik keltirib chiqardi. Mamlakatning birinchi Prezidenti Banisadr Xumayniy atrofidagilarning ekstremistik harakatlariga qarshi chiqdi. Oxir oqibatda u mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'ldi.
3. Eron inqilobdan so'ng

Oyatullo Xumayniy o'z hokimiyatini mustahkamlash uchun uning rejimiga qarshi chiqqanlarni qatag'on qilishni uyushtirdi. Natijada 1982—1984- yillar davomida 70 mingdan ortiq kishi o'idirildi. Iroq jahon jamoatchiligi talabi Eron rahbariyatini o'z ichki siyosatini yumshatishga majbur etdi. 1989-yilda (Xumayniy vafotidan so'ng) mamlakat prezidentligiga saylangan Ali Akbar Xoshimiy Rafsanjoniy (1934-yilda tug'ilgan) iqtisodiy islohot o'tkaza boshladi. Ayni paytda ijtimoiy hayotni liberallashtirish yo'lini tutdi.

Biroq bu yo'l katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bu, bir tomondan, 1980— 1988-yillarda davom etgan Eron — Iroq urushi oqibatida ko'rilgan katta iqtisodiy yo'qotish (350 mlrd dollar zarar ko'rildi, 700 ming eronlik o'idi) bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, AQSHning Eronni xalqaro terrorizm markazlaridan biri deb e'lon qilishi bilan bog'liq edi. AQSH Eron bilan savdo aloqalarini to'xtatib qo'ydi. Boshqa G'arb davlatlari esa Eronga ilg'or texnologiya kiritishni taqiqlab qo'yishdi. Aholining ishlab chiqarish sur'atiga nisbatan tez ko'payishi, jahon bozorida neft narxining pasayishi, ayni paytda, Eronda neft ishlab chiqarishning 2 baravar kamayishi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Shunday sharoitda, 1997-yil avgustida Muhammad Xotamiy mamlakat prezidentligiga saylandi. U shia ruhoniylarining yangi avlodiga mansub edi. U tashqi siyosatda AQSH va G'arbning boshqa davlatlari bilan munosabatlarni yumshatishga intildi.

Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantira boshladi. Rossiya Eronga kimyo sanoatini rivojlantirishda, atom elektr stansiyasi qurishda hamda armiyani zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirishda yordam bermoqda. Ayni paytda O'rta Osiyo Respublikalari bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanmoqda. 1996-yilda Mashhad (Eron) — Saraxs (Turkmaniston) ternir yo'li qurilishini tugallashga muvaffaq bo'lindi. Buning natijasida O'rta Osiyo respublikalari Fors ko'rfaziga chiqish imkoniga ega bo'ldilar.

Eron rahbariyati Afg'onistondagi voqealarga faol aralashib keldi. Uning bu aralashuvi Afg'onistondagi muxolifatchi kuchlardan biri — Shimoliy Alyans (Ittifoqi)ni qo'llab-quwatlashdan iborat bo'ldi. 2001-yilda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovida yana Muhammad Xotamiy g'alaba qozondi.

Eronda jamiyat hayotini liberallashtirish siyosati davom etdi. 2005-yilgi saylovlarda Mahmud Ahmadiy Najot mamlakat prezidenti lavozimiga keldi.


4. Eron — O'zbekiston munosabatlari

Eron Islom Respublikasi 1992-yil 10-mayda O'zbekiston bilan diplomatik munosabatlarni o'rnatdi. O'zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning 1992-yil noyabr oyidagi Eronga rasmiy safaridan so'ng mamlakatlarimiz o'rtasida hamkorlik miqyosi yanada kengaydi. 1993-yil yanvar—avgust oylarida, ya'ni faqat 8 oy davomida O'zbekiston va Eron o'rtasida 186,1 ming dollarlik tovar ayirboshlandi. Eronning «Pors grupp», «Sepand grupp» va boshqa firmalari respublikamizda faoliyat ko'rsatmoqda. Bir qancha qo'shma korxonalar tashkil etilgan. 1993-yil aprelida bo'lib o'tgan Eron tasviriy san'at va avgustda o'tkazilgan savdo-sanoat ko'rgazmasi ko'pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi.

Eron Islom Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Said Gulpoyagoniy 1993-yil oktabrda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutiga fors tilining ko'p jildli mukammal lug'atini, Alisher Navoiyning dastxati nusxalarini taqdim etdi. Respublika madaniy-ma'rifiy aloqalar milliy uyushmasi huzurida O'zbekiston — Eron aloqalari rivojlanishidan minnatdorligini bildirdi.

1993-yil 18-oktabrda Eron Prezidenti Ali Akbar Xoshimiy Rafsanjoniyning O'zbekistonga rasmiy tashrifi mamlakatlar o'rtasida hamkorlikning yanada samarali bo'lishiga ko'maklashdi. Safar davomida tranzit aloqalarni tartibga solish, xalqaro avtomobil qatnovi haqida va boshqa bitimlar imzolandi.

1992—1996-yillarda uzunligi 295 km bo'lgan Mashhad — Seraxs —Tajan ternir yo'li qurildi. Bu ternir yo'l O'zbekistonning Fors qo'ltig'iga chiqishiga imkon yaratdi.

Shunday qilib, Eron hozirgi kunda dunyo diqqat markazida turgan mamlakatdir. Uning yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish dasturi AQSH boshliq G'arb davlatlariga yoqmayapti. Ular Eronni turli tarafdan siquvga olishga harakat qilmoqdalar. Lekin Eron o'z yo'lidan qaytmayapti.


Mavzu: Arab mamlakatlari XX asr ikkinchi yarmida.

Ko`rib chiqiladigan masalalar.


  1. Umumiy tavsif

  2. Kemp-Devid bitimi va uning oqibatlari

  3. Arab-Isroil urushi.

  4. 70-80 yillardagi Arab mamlakatlarining ichki va tashqi siyosati.

5. Arab mamlakatlaridagi siyosiy, madaniy va ijtimoiy, iqtisodiy o`zgarishlar.

Darsning maqsadi.

Arab-Isroil urushi. 60-yillarning oxirida Arab mamlakatlari. 70-80 yillardagi Arab mamlakatlarining ichki va tashqi siyosati. Arab davlatlarining neft borasida olib borgan siyosati. Arab davlatlarpning 70-80 yillardagi sanoati taraqqiy etgan davlatlar bilan munosabatlari. Arab mamlakatlaridagi siyosiy, madaniy va ijtimoiy, iqtisodiy o`zgarishlar.

1. Umumiy tavsif

Ikkinchi jahon urushidan keyin Arab xalqlari milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi. Qator davlatlarda (Misr, Iroq, Liviya, Yaman) mustamlakachi davlatlar qo'g'irchog'iga aylanib qolgan hukmron doiralar hokimiyati ag'darildi. Dastlab Jazoir, Marokash, Tunis va Sudan kabi davlatlar mustaqillikni qo'lga kiritdilar. Chet el kapitali egallab olgan milliy boyliklar (Misrda Suvaysh kanali kompaniyasi, Iroqda neft kompaniyasi — Iroq petroleum) milliylashtirildi. Mustaqil davlatlar ijtimoiy-siyosiy ittifoqlarga qo'shilmaslik siyosatini yuritdilar. Biroq arab davlatlarining o'zaro munosabatlari o'tgan tarixiy davr mobaynida jiddiy sinovlarga duch keldi. Bu munosabat ba'zan do'stona, ba'zan raqobat, hatto dushmanlik tusini ham oldi. Ayni paytda arab davlatlarining iqtisodiy taraqqiyot darajasi ham bir xil emas.

Arab davlatlarining ba'zilarida (Iroq va Suriya) uzoq vaqt yakka shaxs diktaturasi hukm surdi yoki hukm surmoqda. Falastin arab xalqi esa hamon o'z mustaqil davlatiga ega emas. Biroq bu xalq o'z davlatiga ega bo'lish yo'lida qat'iy kurash olib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi deyarli barcha arab davlatlari bilan teng manfaatdorlik tamoyili asosida munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda.

«Yaqin Sharq muammosi» deyilganda isroil-arab munosabatlari, Isroilning bosib olgan arab davlatlari yerlarini qaytarib berishi hamda mustaqil Falastin arab davlatini tashkil etish bilan bog'liq muammolar, shuningdek, arab davlatlari va Isroilning yaxshi qo'shnichilik munosabatlari asosida yashashmasalalari tushuniladi.

1947-yil 29-noyabrda BMT Falastinda ikki davlat — Isroil yahudiy va Falastin — arab davlati tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Versal konferensiyasidayoq (1919-yil) Buyuk Britaniya Falastinni boshqarish va u yerda yahudiylar davlatini tashkil etish mandatini olgan edi. Bu davrda Falastinda 100 mingga yaqin yahudiy yashardi. Dunyo bo'ylab tarqalib ketgan yahudiylarni bir joyga — Falastinga to'plashda ularning xalqaro tashkiloti katta roi o'ynadi. Bu tashkilot Sion tashkiloti deb ataladi. (Bu nom Falastindagi Sion tog'i nomidan olingan, bu tashkilot yahudiylarni shu atrofda to'planishga da'vat etadi.) Ayni paytda sionizm g'oyasi ham vujudga keldi.

1942-yili Falastindagi yahudiylar soni 0,5 min ga yetdi. Ulardan yaxshi harbiy tayyorgarlikka ega, AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan zamonaviy qurollar bilan qurollantirilgan armiya tuzildi. Yahudiylar arablar uchun ajratilgan hududlarni ham ishg'ol qilib oldilar.

1948-yilning 14-mayida yahudiy sionistlar rahnamosi Ben Gurion Isroil davlati tuzilganligini e'ion qildi. Tel-Aviv shahri bu davlatning poytaxti bo'lib Yaqin Sharq muammosi qoldi. Falastin arab davlati esa tuzilmay qoldi. Buning oqibatida 1948-yil birinchi isroil - arab urushi yuz berdi. Bu urushda ishtirok etgan arab davlati armiyasi yengildi. Chunki ular qoloq, zamonaviy armiyaga ega bo'lmagan davlatlar edi.

Yahudiylar Falastin arablarini o'z yerlaridan quvib chiqaraboshladilar. Buning natijasida 0,5 ming falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib o'tishga majbur bo'ldi. Misr, Suriya, Livan va Iordaniya Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashga majbur bo'ldilar.

Dunyo sionistik tashkilotlari ko'rsatgan moliyaviy yordam, Germaniyaning Isroilga to'lagan 1 mlrd. dollar miqdordagi tovoni hamda AQSH ko'rsatgan katta yordam tufayli Isroil qisqa vaqt ichida qudratli armiyaga ega davlatga aylandi. Yaqin Sharq strategik xomashyo — neftga boy o'ika. U yerda jahon neft zaxirasining 50 foizi mavjud. AQSH bu o'ikani o'z hayotiy manfaati doirasiga kiritgan. Ayni paytda unga bu hududda ishonchli ittifoqchi ham zarur edi. Isroilni ana shu ittifoqchilikka eng mos davlat sifatida tanladi.

Arab davlatlari esa qoloqligicha qolaverdi. Buning ustiga arab davlatlari o'rtasida mustahkam ittifoq ham yo'q edi. Buning asosiy sababi mustamlakachi davlatlarning arablarga mustaqillik berish davrida bir arab davlati hududining bir qismini ikkinchi arab davlati hududiga qo'shib yuborganligi edi. Ikkinchidan, Saudiya Arabistoni, Iroq (1958-yilgacha), Iordaniya davlatlarida hukmron sulolalar o'zaro nizoda edilar. Livanda esa davlat boshqaruvi diniy jamoachilik tamoyiliga asoslanganligi uchun ularning har biri o'z manfaatini umumarab manfaatidan ustun qo'yardilar.

Yaqin Sharq muammosi Buyuk Britaniya va Fransiyani ham befarq qoldirmadi. Bu ikki davlat ham Yaqin Sharqdagi manfaatlaridan voz kechishni aslo istamas edi. Ular arab davlatlarida hokimiyat tepasida o'zlariga sodiq hukumatlarning turishi uchun barcha choralarni ko'rdi.

Manfaatlariga katta xavf tug'ilgan paytda ular agressiya uyushtirishdan ham tap tortmadilar. Chunonchi, 1956-yilda shunday bo'ldi. Shu yil oktabr oyida Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil Misrga qarshi agressiya uyushtirdilar. Faqatgina SSSRning Yaqin Sharqda tinchlikni tiklash uchun zarur bo'lsa kuch ishlatishga tayyor ekanligi haqidagi qattiq bayonoti agressiyani to'xtatishga majbur etdi. Falastin arab xalqi kurashini to'xtatgani yo'q. 1964-yilda Livan hududida Falastin ozodlik Tashkiloti (FOT) tuzildi.

Bu tashkilot o'z oldiga mustaqil Falastin davlatini tuzish vazifasini qo'ydi. Tez orada u 15 minglik yaxshi tayyorgarlik ko'rgan armiyaga ega bo`ldi.

1967-yilning 5-iyunida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr armiyasiga juda katta talafot yetkazildi. Urush 6 kun davom etdi. Shu davr Arab — Isroil munosabatlarining keyingi ahvoli ichida Isroil o'z hududidan 2 baravar katta bo'lgan arab davlatlari hududlarini bosib oldi. Bu hududlar keyinchalik anneksiya ham qilina boshlandi. Misr Sinay yarim orolini, Suriya Jo'lan tepaligini, Iordaniya esa Iordan daryosining g'arbiy qirg'og'ini boy berdi. SSSR 10 yil davomida Misr va Suriyaga yetkazib bergan harbiy texnikaning deyarli barchasi Isroil qo'liga o'tdi. G'azo sektori va Falastin davlati poytaxti bo'lishi kerak bo'lgan Quddus shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. Bu mag'lubiyat boshqa arab davlatlarini tashvishga solib qo'ydi.

1967-yil Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuvda Isroil bilan muzokara o'tkazmaslik; Isroilni tan olmaslik va u bilan sйparвt tinchlik shartnomasini imzolamaslik haqida qaror qabul qilindi. Ayni paytda, agar Isroil davlati Falastin arab xalqiga o'z davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni qaytarsa, bu qarorni bekor qilish mumkinligini qayd etdi.

Isroil ittifoqchilari ham qo'l qovushtirib o'tirmadi, albatta. Ular Isroilga katta miqdorda yordam ko'rsatishni davom ettirdilar. 1969— 1979-yillar oralig'idagi 10 yil ichida Isroil 20 mlrd dollarlik yordam oldi. Hukumat bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashtirish siyosatini yuritdi.

Arab davlatlari ham o'zlarining harbiy salohiyatlarini mustahkamlash choralarini ko'rdilar. SSSR ularga'zarur harbiy texnika yetkazib berdi.

1973-yil 6-oktabrda yana arab — isroil urushi boshlandi. Shu kuni Misr- Suriya armiyasi Isroilga hujum qildi. Arab qurolli kuchlari birinchi bor Isroilni og'ir ahvolga solib qo'ydi. Ayni paytda FOTning xalqaro obro'si oshib bordi. 1974-yilda arab davlatlari uni falastin arab xalqining yagona vakili, deb tan oldilar. FOTga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi.



2. Kemp-Devid bitimi va uning oqibatlari

Isroilning og'ir ahvolga solib qo'yilishi uning ittifoqchilarini befarq qoldirmadi. AQSH isroil — arab munosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning maqsadi Isroilning xalqaro obro'sini saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar orasiga nizo solish edi. AQSH o'z maqsadiga erishdi ham.

1979-yilning 26-martida AQSH Isroil va Misr o'rtasida sйparвt Kemp- Devid (AQSH) bitimi imzolanishiga erishdi. Unga ko'ra, Isroil o'z qo'shinlarini 1982-yil aprelgacha Sinaydan olib chiqib ketishga rozilik berdi. AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yordam ko'rsatish majburiyatini oldi. AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar qatnovini yo'lga qo'yishda Misrga yordam ko'rsatdi. Arab ekstremistlari Misr Prezidenti A. Sadatning bu siyosatini sotqinlik deb baholadilar va

1981-yilning 6-oktabrida uni o'idirishga muvaffaq bo'ldilar. 1980—1990-yillarda arab davlatlari o'rtasida Yaqin Sharq masalasida bo'linish yuz berdi. Boy arab davlatlari — Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Ummon davlatlari muammoni Isroil bilan kelishuv orqali hal etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Iordaniya va Kemp-Devid bitimi Livan ham keyinchalik shunday qildi. Suriya va Iroq esa tinch kelishuv yo'lini inkor etdilar.

1994-yildan boshlab Yaqin Sharq muammosini hal etish yangi bosqichga kirdi. Isroil Falastin milliy avtonomiyasini tuzishga ijozat berdi. Biroq bir qancha muzokaralar o'tkazilsa-da, Falastin davlatini tuzish muammosi hamon ochiqligicha qoltnoqda.

2005-yilda Yo. Arafat vafot etgach, uning o'rniga kelgan Mahmud Abbos bu ishni davom ettirmoqda. 2005-yil avgustidan Isroil G'azo sektoridan 8,5 mingdan ortiq yahudiylarni ko'chirib olib chiqib ketdi. Bu narsa Isroilda munosabatni ancha keskinlashtirdi, falastinliklar esa bayram qildi.



Iroq Iroqda Ikkinchi jahon urushidan keyin ham amalda Buyuk Britaniya nazorati davom etdi. 1948- yilning 15-yanvarida Buyuk Britaniyaning Portsmut shahrida imzolangan shartnoma bu holatni yanada mustahkamladi. Shartnomaga ko'ra, urush xavfi paydo bo'lgan chog'da Buyuk Britaniya Iroqni ishg'ol etish huquqini oldi.

Amalda Buyuk Britaniya irodasiga bo'ysungan qirol hukumati Iroqni harbiy-siyosiy ittifoqqa tortdi. Shu ittifoq 1955-yilning 12-oktabrida rasmiylashdi va bu Bag'dod pakti nomi bilan ataldi.

Qirol hokimiyatining amalda G'arb davlatlari irodasini bajaruvchiga aylanishi mamlakat harbiylari orasida norozilik tug'dirdi. 1956-yilda harbiy qismlar orasida «Erkin zobitlar» tashkiloti tuzildi. 1958-yilning 14-iyulida harbiy to'ntarish amalga oshirildi. Mamlakat qiroli Feysal II o'idirildi. Iroq Respublika deb e'lon qilindi. Polkovnik Abdul Karim Qosim boshchiligida hukumat tuzildi. Iroq Bag'dod paktidan chiqdi. Chet el harbiy bazalari tugatildi. Sentabr oyida agrar islohot to'g'risida qonun qabul qilindi..

Ayni paytda Abdul Karim Qosim mamlakatda shaxsiy diktatura o'rnatishga intildi. Muxolifatchi kuchlarni qatag'on qilish siyosatini yuritdi. Tashqi siyosatda esa Quvaytga nisbatan hududiy da'vo bilan chiqdi. Bu hol uning arab dunyosida yakkalanib qolishiga olib keldi. Mamlakatda hokimiyat uchun kurash kuchaydi.

Buning natijasida 1963-yilning 8-fevralida navbatdagi harbiy to'ntarish o'tkazildi. Abdul Qosim va uning yaqin tarafdorlari o'idirildi. Hokimiyat tepasiga Baas partiyasi (Arab sotsialistik uyg'onish partiyasi) va Abd as- Salom Arafa boshchiligidagi harbiy guruh keldi. Arafa prezident deb e'ion qilindi. Ammo u ham mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti xususida turli siyosiy guruhlar birligini ta'minlay olmadi.

Mamlakatda siyosiy beqarorlik davom etdi. Kurd muammosi ichki vaziyatni yanada murakkablashtirdi.

Shunday sharoitda Arafa 18-noyabr kuni yangi davlat to'ntarishi o'tkazdi va butun hokimiyatni o'z qo'liga oldi. U mamlakatda «arab sotsializmi» qurishini e'ion qildi. Yagona siyosiy partiya — Iroq arab sotsialistik ittifoqi tuzildi. Boshqa partiyalar faoliyati taqiqlandi. Ichki siyosatdagi chet el kapitaliga qaram kompaniyalar milliylashtirildi. Kurd separatchilari bilan harbiy harakatlarni to'xtatish haqida bitimga erishildi. Biroq muxolifat kuchlarga qarshi qatag'on kuchaytirildi.

Tashqi siyosatda qo'shni arab davlatlari bilan munosabatlar normallashtirildi. Lekin Arafa hukumati davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi. Buning asosiy sababi harbiy xarajatning ko'paytirilganligi bo'ldi.

1967-yilgi Isroil agressiyasi mamlakat iqtisodiy ahvolini yanada murakkablashtirdi. Bu hol armiyadagi turli xil guruhlar o'rtasida hokimiyat uchun kurashni yanada kuchaytirdi. Va, nihoyat, 1968-yil 17-iyul kuni harbiylar yana navbatdagi davlat to'ntarishini amalga oshirdilar. Taqiqlangan Baas partiyasi yana hokimiyat tepasiga keldi. Bu voqea siyosiy adabiyotlarga «Iyun inqilobi» nomi bilan kirgan. General Ahmad Hasan al-Bakr prezidentlik lavozimini egalladi.

Yangi hukumat iqtisodiyotda davlat sektorini yaratish yo'lini tutdi. Radikal agrar islohot o'tkazishni, kurd muammosini tinch yo'l bilan hal etishni e'ion qildi. 1972-yilda katta yer egalaridan ortiqcha yerlarni olish vazifasi nihoyasiga yetkazildi. Shu yil 1-iyunda «Iroq petroleum» neft kompaniyasi milliylashtirildi. Keyingi yillarda barcha neft sanoati milliylashtirildi.

1973-yilda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish uchun turli siyosiy kuchlarni birlashtirgan Taraqqiyparvar milliy vatanparvarlik fronti tuzildi. 1974-yilda kurd xalqi muxtoriyatni amalga oshirish haqida qonun qabul qildi. Muxtoriyat hududida kurd tili rasmiy til deb tan olindi.

Tashqi siyosatda arablar birligiga ko'maklashish oldingi o'ringa chiqdi. Xususan, Iroq 1973-yilda Suriyaga Isroil agressiyasini qaytarishda yordam berdi. Uning armiyasi Damashqning Isroil qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratishida muhim roi o'ynadi. Ayni paytda SSSR bilan yaqinlashish yo'lini tutdi.

Bu yaqinlashuv 1972-yilda ikki davlat o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnoma bilan mustahkamlandi. SSSRning yordami bilan Iroqda 80 ta iqtisodiy obyekt qurildi. 1979-yil oxirida hokimiyatni gкnerai S. Husayn egalladi. U mamlakatda diktatura o'rnatdi. Muxolifatchi kuchlar faoliyati taqiqlandi. Iroqni «qudratli» davlatga aylantirishga kirishdi. Harbiy xarajat har qachongidan ham oshirildi. Million kishilik armiya barpo etildi.

Iroqning qudrati qo'shni davlatlarni tashvishga solib qo'ydi. Chunki avantyurist S. Husayndan hamma narsani kutish mumkin edi. Chunonchi, 1980-yilda u Eronga hududiy da'vo bilan chiqdi. Bu hol Iroq — Eron urushini keltirib chiqardi. Urush 8 yil davom etdi. Har ikki tomon minglab qurbon berdilar. Katta iqtisodiy talafot ko'rdilar. Iroq maqsadiga erisha olmadi. Eron o'z hududi daxlsizligini himoya qila oldi.

1990-yil avgustida S. Husayn yana bir avantyuraga qo'l urdi. U Quvaytni bosib olish maqsadida armiyasini bu mamlakatga kiritdi. Biroq xalqaro hamjamiyat bunga befarq qarab turmadi. BMT Xavfsizlik Kengashi Iroq rahbariyatidan qo'shinini Quvaytdan olib chiqib ketishni talab qildi. Ammo bu talab bajarilmadi. Bu esa Iroqqa qarshi davlatlar ittifoqining tuzilishiga olib keldi.

1991-yilning 17-yanvarida bu ittifoq harbiy kuchlari (asosan AQSH armiyasidan iborat) Iroq armiyasiga hujum boshladi va uni tor-mor etdi. Quvaytning davlat mustaqilligi tiklandi.

Ammo S. Husayn Iroqdagi o'z hokimiyatini va yakka hukmronligini mustahkamlab bordi. Qurollanishni kuchaytirdi. Jahon hamjamiyati Iroqdan ommaviy qirg'in qurollari ishlab chiqarishga imkon beruvchi manbalarni tugatishni talab etdi.

Qaysar S. Husayn bu haqli talabni inkor etdi. Bunga javoban Iroqqa nisbatan iqtisodiy sanksiya chorasi ko'rildi. Unga ko'ra, Iroq neftini sotish minimum darajada cheklab qo'yildi. Xalqning ahvoli og'irlashdi.

AQSH Iroqni harbiy kuch yordamidagina xalqaro huquq normalarini hurmat qildirish mumkin, deb hisobladi va 2003-yil iyun oyida Angliya ko'magida Iroqqa hujum boshlab, S. Husaynni tor-mor qildi. Koalitsiyachilar hamon o'z qo'shinlarini Iroqda saqlab turibdilar. AQSH Iroqning butun boyligiga, ayniqsa, katta miqdordagi neftiga ega bo'ldi. Iroqda vaziyat keskin bo'lib, kelgindilarga qarshilik ko'rsatish to'xtamayotir. Xalq esa urush jarohatlarini tiklamoqda. 2006-yil noyabrda S. Husayn o'limga hukm qilindi. Bosh vazir Ayyad Alaviy amerikaparast siyosat yuritmoqda.

1925-yilda Arabiston amiri Abdul Aziz ibn Abdul Rahmon оbn Saud qo`shini deyarli butun Arabistonni egalladi. 1932-yilda esa Ibn Saud Saudiya podsholigi tuzilganligini e'lon qildi. Shu tariqa Saudiya Arabistoni davlati vujudga keldi.

Saudiya Arabistoni hududi Islom dinining markazidir. Musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Makka va Madina shaharlari shu davlat hududida joylashgan. Saudiya Arabistoni mutlaq monarxiya davlatidir. Ayni paytda Saudiya Arabistoni dunyoning neftga boy davlatlaridan biri. Bu omil uning iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishiga yordam berdi. 1935- yildan boshlab AQSH neft kompaniyalari neft qazib chiqarish bilan shug'ullana boshladi. Shu yili neft qazib chiqarish bo'yicha arab – amerika kompaniyasi tuzildi. 1939-yildan boshlab esa neftni sanoat asosida qayta ishlash boshlandi.

1964-yilda podsholik taxtiga Faysal ibn Saud o'tirdi. U mamlakatni zamonaviylashtirish va liberallashtirish siyosatini yurita boshladi. Zamonaviylashtirish deyilganda, zamonaviy iqtisodiyotni vujudga keltirish tushunilar edi. U milliy neft sanoatini yaratishga kirishdi. Arab - amerika neft kompaniyasi (ARAMKO) qarorgohi Saudiya Arabistoniga ko'chirildi. 1973-yilda Arab — amerika neft kompaniyasi milliylashtirildi. 1982-yildan boshlab kompaniya daromadida Saudiya Arabistoni hissasi 51 foizni tashkil etishiga erishildi. 1999-yilda esa kompaniya to'la Saudiya mulki bo'lib qoldi. 286 Podsho hukumati aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, mehnat qilish huquqi kafolatlandi. Zamon ruhiga mos mehnat qonuni joriy etildi. Oddiy kishilar uchun arzon turarjoylar qurildi. Yuqori ish haqi to'lanishi kafolatlandi.

Tekin tibbiy xizmat joriy etildi. Chet elda davolanish zaruriyati tug'ilganda davlat uning xarajatini o'z bo'yniga oladigan tartib joriy qildi. Bepul umumiy o'rta ta'lim amalga oshirildi. O'g'il o'quvehi bola uchun uning oilasiga kompensatsiya to'lovi joriy etildi. Qirol Faxd bin Abdulaziz as-Saud (1982- yilda taxtga o'tirgan) ham Faysal siyosatini davom ettirdi. Bugungi kunda davlat daromadining 92 foizi neftdan kelmoqda. Xususan, 1995-yilda 50 mlrd dollarlik neft sotilgan bo'lsa, mamlakatga 30 mlrd dollarlik xalq iste'mol tovarlari olib kelindi.

Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti neftdan topgan daromadning hammasini o'zlashtirishga qodir emas. Shuning uchun topilgan daromadning bir qismi chet el banklarida saqlanadi hamda qarzga beriladi. Bu hol Saudiyaning dunyo iqtisodiy taraqqiyotida sezilarli roi o'ynashini ta'minlab kelmoqda. 2005-yil 1-avgustda qirol Faxd vafot etdi. Uning o'rnini 79 yoshli ukasi Abdulloh bin Abdulaziz as Saud egalladi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə