Iv bob boshqaruv qarorlarini qabul q ilish 1;Я


 J-jadval Menejment atamasining mohiyati



Yüklə 314,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü314,2 Kb.
#138506
1   2   3   4   5
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish

4. J-jadval
Menejment atamasining mohiyati
va mazmuniga mayjud yondoshuvlar
Vazifa, faoliyat turi
Menejmentning niohiyati
quyidagicha aniqlanadi
Fan va san’at
Boshqaruv organi yoki apparat
Jarayon
Insonlar kategoriyasi
100


Shuni alohida ta ’kidlash zarurki, rftenejmentning ko‘p yillik 
rivojlanishi boshqaruv faoliyatini ishlab chiqarish vazifasidan farq 
qiluvchi alohida vazifaga ajratadi.
Boshqaruv vazifa sifatida u tom onidan boshqaruv vazifalari, 
deb nom olgan boshqaruv jarayonlarini amalga oshirishda namoyon 
bo‘ladi. Ular birinchi m arta fransuz olimi A.Fayol tom onidan 
asoslangan edi. .Bu vazifalar rejalashtirish, tashkil etish, farmoyish 
berish, m uvofiqlashtirish va nazorat qilish kabilardan iborat. 
Keyinchalik, boshqaruv jarayonlarini yanada mukammallashtirish 
hisobiga ko‘pgina ishlanm alarda bu vazifalar to ‘ldirib borilgan. 
Jum ladan, m enejm ent vazifalariga m otivlashtirish, kom m uni- 
katsiya, tadqiq etish, baholash, qarorlarni qabul qilish kabilar 
qo'shildi.
Menejmentni vazifa sifatida ko‘rib chiqish boshqaruv faoliya- 
tining hamma turlarining tarkibi va mazmuni, shuningdek, ularni 
zamon va makondagi o ‘zaro aloqadorligini ishlab chiqishni talab 
etadi.
Menejment mustaqil fan sifatida XIX asrning oxirida shakllana 
boshladi. Uning asosini k o 'p yillar davomida to ‘planib borgan 
boshqaruv to ‘g ‘risidagi bilimlar tashkil etadi. Ular turli konsepsiya- 
lar, nazariyalar, tamoyillar, boshqaruv uslublari va shakllarida o ‘z 
aksini topgan. Menejmentning fan sifatidagi ta ’rifi asosida boshqaruv 
xususidagi bilim larning shakllanganligi va m uayyan tizim ga 
keltirilganligiga alohida o‘rin beriladi. Bu esa birinchidan, korxo- 
nalarga joriy faoliyatni o ‘z vaqtida samarali boshqarishga, ikkin- 
chidan esa istiqbolni belgilash va unga mos korxonaning strategiyasi 
va taktikasini ishlab chiqishga imkon beradi. Shu bois, boshqaruv 
fani o‘zining nazariyasini ishlab chiqadi. Uning mazmunini >esa 
boshqarish jarayonida insonlar faoliyatining qonun va qonuniyatlari, 
tamoyillari, vazifalari va uslublari tashkil etadi.
Amaliyotda menejmentni san’at sifatida tushunish keng tarqal- 
gan. U xo‘jalik korxonalari murakkab tizim ekanligi va ulaming 
faoliyatiga bir nechta tashqi va ichki muhit omillari ta ’sir etishiga 
asoslanadi. Bunday murakkab mexanizmni boshqarish yuqori sifat 
darajadagi kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun ham 
menejment san’at sifatida talqin qilinadi va u tegishli konsepsiya, 
nazariya, tamoyillar, shakl va uslublarga tayanadi.
101


Bu kabi yondoshuvia.r korxona menejerlariga nafaqat ilmiy 
bilimlami doimo to ‘ldirib, yangilab borish, balki shaxsiy sifatlarni 
takomillashtirib borish, o ‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llash layoqatini 
m ustahkam lashni talab qiluvchi fan va san ’atni bir jarayonga 
birlashtirishga imkon beradi.
Korxonalarda ishlovchi xodimlar o ‘z kuch va imkoniyatlarini 
aniq maqsadiarga erishishga yo'naltirishlari uchun menejerlar ular 
bilan doimo aloqadorlikda bo‘lishlari va samarali faoliyat ko‘rsa- 
tishlari uchun sharoit yaratib berishlari zarur.
M enejment shuningdek, integratsion jarayon sifatida ham talqin 
qilinadi. Uning asosida yuqori kasbiy malakaga ega mutaxassislar 
korxona faoliyatini tashkil etadi va maqsadlarni aniqlash, ularga 
erishish uslublarini ishlab chiqish yo‘li bilan korxonani boshqa- 
radilar.
T a’kidlanganidek, m enejm ent jarayoni rejalashtirish, tashkil- 
lashtirish, muvofiqlashtirish, motivatsiya va nazorat qilish kabi 
vazifalarni bajarishni nazarda tutadi. U lar yordam ida m enejer 
korxonada ishlovchi xodim larning samarali faoliyat ko'rsatishi 
uchun sharoit yaratadi.
Shu munosabat bilan boshqamv jarayonini menejment sohasida 
yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega mutaxassislar amalga oshiradi. 
Ular korxona faoliyatini yuritadilar, maqsadlarni belgilaydilar, unga 
erishish usullarini ishlab chiqib amalda qo‘llaydilar. Bu san’atga 
m a’lum bir insonlar kategoriyasi — menejerlar ega bo‘lishlari lozim. 
Ulaming vazifasi xodimlarni oqilona boshqarish natijasida korxonani 
samarali faoliyat yuritishini ta ’minlashdan iborat.
Ko‘p hollarda menejment organ yoki boshqaruv apparati bilan 
tenglashtiriladi. M enejm ent-tijorat va notijorat korxonalarning 
o‘ziga xos organidir. Korxona bu organlarsiz bir butun tizim sifatida 
faoliyat ко‘rsata olmaydi. Shuning uchun boshqaruv apparati har 
q an d ay k o rx o n an in g tark ib iy qism i h iso b lan ib , m en ejm en t 
faoliyatiga tenglashtirildi. U nda band bo'lgan xodimlarning bosh 
vazifasi pirovard maqsadga erishish uchun korxona ixtiyoridagi 
barcha resurslardan samarali foydalanishni ta ’minlashdan iboratdir.
Shunday qilib, «menejment» atam asi boshqaruv xususidagi 
adabiyotlarda juda keng talqin etiladi. Binobarin, uning har qanday 
ta ’rifi to'liq emas. Masalan, menejment har xil tamoyillar, vazifalar
102


va menejmentning sotsial-iqtisodiy uslublaridan foydalanish asosida 
bozor iqtisodiyoti sharoitida harakat qiluvchi korxonalarning 
optimal xo‘jalik natijalariga erishishga qaratilgan kasbiy faoliyatining 
o‘ziga xos turi. Bu ta ’rifda urg‘u menejment kasbiy faoliyat turi 
ekanligiga berilmoqda.
M enejm ent alohida in so n lar va jam oalarga tizim iy t a ’sir 
etishni ta ’minlaydi. Bundan m aqsad, kelishilgan holda birgalikda 
faoliyat k o ‘rsatib, k o ‘zlangan m aqsadga erish ish d an ib o rat. 
Shuningdek, m enejm ent harakatlarni tanlash, ularni kom bi- 
natsiyalash, ketm a-ketligini belgilash, pirovard natijalarni baho- 
lashni nazarda tutadi.
Hozirgi zamon menejmentining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari 
mavjud:
— ishlab chiqarish va biznes samaradorligini oshirishga intilish 
ham da korxona tom o n id an rejalashtirilgan pirovard natijaga 
erishishga yo'naltirilganlik;
— tashqi muhitdagi o'zgarishlarga bog'liq holda belgilangan 
maqsadlar va dasturlarga doimo ravishda tuzatish kiritib borish;
— rejalashtirish jarayonini joriydan istiqbolga qarab o ‘zgar- 
tir-ish;
— boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p variantli hisoblami 
amalga oshirish uchun axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;
— korxona faoliyatini samarali boshqarishga barcha xodimlarni 
jalb etish;
— boshqaruv jarayonitia ro‘y berayotgan o ‘zgarishlami tahlil 
etish va tegishli moslashuvchan qarorlar asosida ish olib borish;
— korxona boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida innovatsion 
yondashuvdan keng foydalanish va h.k.lar.
Korxonani samarali boshqarish xodimlarni qo‘yilgan maqsadga 
erishish uchun moddiy, iqtisodiy, huquqiy sharoitlardan foydalanib, 
birgalikda harakat qilishlarini tashkil etadi. Xodimlar faoliyatining 
sharoitlari yaxlit holda korxonaning tashkiliy tuzilmasini tashkil 
etadi. Shu sababli, korxonani resurslar, ishlab chiqarish jarayoni 
va m ahsulot kabi uch elem entdan iborat tizim sifatida tasaw ur 
qilish mumkin. Bunda boshqaruv qismi obyektning holati to ‘g‘risi- 
dagi va boshqa axborotlardan foydalanib, qarorlar qabul qilish orqali 
boshqaruv jarayonini amalga oshiradi (4.1-chizma).

Yüklə 314,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə