Iste’molchining bozordagi hatti harakati va uning tanlovi nazariyasi



Yüklə 49,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü49,19 Kb.
#182739
1   2   3   4   5   6
Iste\'molchining bozordagi hatti harakati va uning tanlovi nazariyasi

ikki xil yondashuv
ni kelib chiqishiga ham sabab 
bo‘lgan. Birinchisi, naflilikni son jihatdan o‘lchab tahlil qilish, ikkinchisi
naflilikni son jihatdan o‘lchab emas, balki tabaqalashtirish orqali, ya’ni yuqori va 
quyi naflilik, eng yaxshi va eng yomon naflilik va x.k.
Ma’lumki, iste’molchi bozorga chiqar ekan, u bir qancha turdagi tovar va 
xizmatlarga duch keladi.
Yalpi naflilik
(Total utility) –
ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir tovar yoki 
xizmatni iste’mol qilish natijasida olinadigan yalpi qondirish.
Naflilik funksiyasi
– iste’molchining individual istagini aniqlab beruvchi 
iste’mol xajmi va yalpi naflilik o‘rtasidagi son jihatdan bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Naflilik funksiyasi iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar xajmi 
bilan, u ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini 
ifodalaydi. Naflilik funksiyasi orqali nafaqat umumiy naflilikni ifodalash mumkin 
balki, ketma-ket ne’matdan qo‘shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida 


oladigan qo‘shimcha o‘sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash 
mumkin.
Chekli naflilik
(Mariginal utility)
– bir birlik qo‘shimcha iste’mol 
natijasida olinadigan qo‘shimcha naflilikdir.
Iste’molchilik tanlovining 
to‘g‘rilik tamoyili
bu yalpi va me’yoriy naflilik 
emas, balki, bir so‘m xarajatga to‘g‘ri keladigan me’yoiy naflilikdir.
3. Befarqlik egri chizig‘i 
Befarqlik egri chizig‘i
– 
iste’molni bir xil darajada qondiruvchi yaroqli, 
foydali tovar tanlovlari yig‘indisini tashkil etadi.
 
Befarqlik egri chizig‘i
 
iste’molchi 
uchun bir xil naf beruvchi ne’matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Demak, 
chizmaning nuqtalar orqali keltirilgan tovar tanlovlariga iste’molchi befarq bo‘ladi.

Yüklə 49,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə