Iste’molchining bozordagi hatti harakati va uning tanlovi nazariyasi



Yüklə 49,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü49,19 Kb.
#182739
  1   2   3   4   5   6
Iste\'molchining bozordagi hatti harakati va uning tanlovi nazariyasi



Iste’molchining bozordagi hatti harakati va 
uning tanlovi nazariyasi 
 
Reja: 
1.
 
Iste‟molchilar xatti-harakatining tahlili.
2.
 
Naflilik funksiyasi. Yalpi va chekli naflilik.
3.
 
Befarqlik egri chizig„i. 
4.
 
Iste‟molchining optimal tanlovi. 
 
 


1. Iste’molchilar xatti-harakatining tahlili 
Iste’molchi
– bozor mexanizmining asosiy subyektlaridan biri bo‘lib uning 
bozordagi iqtisodiy ahamiyati va roli juda muhim hisoblanadi. Aynan 
iste’molchilarning u yoki bu tovarni sotib olishiga bo‘lgan talabi bozor talabini 
keltirib chiqaradi, narxlar muvozanatini, real sotuv xajmini belgilab beradi. Bozorga 
chiqishda iste’molchi o‘z oldiga yagona bir maqsadni ya’ni, maksimal ravishda o‘z 
ehtiyojlarini qondirish va bu iste’moldan yuqori naflilikka erishishni ko‘zda tutadi. 
Iste’molchi ishlab chiqaruvchi kabi o‘z tanlovida absolyut erkin emas. U nafaqat o‘z 
hoxish istagiga, shuningdek daromadiga qarab xaridlarni amalga oshiradi.
Iste’molchilarning xatti-harakatini uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga 
muvofiqdir. 
Birinchi bosqichda
iste’moldagi afzallik o‘rganiladi. Bunda 
iste’molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko‘rishi mezonlarini aniqlash mumkin. 
Ikkinchi bosqichda
iste’molchilar byudjetining chegaralanishiga, ya’ni iste’mol 
tovarlarini xarid etishda chegarali daromadga duch kelishlari ko‘rib chiqiladi. 
Iste’molchilar daromadi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma’lum chegarali 
to‘plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi. 
Uchinchi bosqichda
iste’molchi 
nimani afzal ko‘rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo‘shib iste’molchi 
tanlovi aniqlanadi.

Yüklə 49,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə