Iste’molchilarning bozordagi xatti- xarakati darsning o’quv maqsadi



Yüklə 22,59 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü22,59 Kb.
#139958
  1   2   3   4
4-mavzu mikro


ISTE’MOLChILARNING 

BOZORDAGI 

XATTI-

XARAKATI 

Darsning o’quv maqsadi:  

Talabalarda iste’molchilarning xatti-xarakatini tahlil qilishda mavjud 

yondashuvlar, naflilik funksiyasi, yalpi va me’yoriy naflilik, iste’molchining 

optimal tanlovi haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Tushunchalar va tayanch iboralar

Iste’molchi, naflilik, yalpi naflilik, chekli naflilik, naflilik funksiyasi, 

Befarqlik egri chizig‘i, iste’molchining optimal nuqtasi.

Asosiy savollar 
1. Iste’molchilar xatti-xarakatining tahlili
2. Naflilik funksiyasi. Yalpi va chekli naflilik.
3. Befarqlik egri chizig‘i. 
4. Iste’molchining optimal tanlovi.

1. 

Iste’molchilar xatti-xarakatining tahlili 

Iste’molchi - bozor mexanizmining asosiy sub’ektlaridan biri bo‘lib uning
bozordagi iqtisodiy ahamiyati va roli juda muhim hisoblanadi. Aynan 
iste’molchilarning u yoki bu tovarni sotib olishiga bo‘lgan talabi bozor talabini
keltirib chiqaradi, narxlar muvozanatini, real sotuv xajmini belgilab beradi. 
Bozorga chiqishda iste’molchi o‘z oldiga yagona bir maqsadni ya’ni, maksimal
ravishda o‘z ehtiyojlarini qondirish va bu iste’moldan yuqori naflilikka erishishni 
ko‘zda tutadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchi kabi o‘z tanlovida absolyut erkin
emas. U nafaqat o‘z hoxish istagiga, shuningdek daromadiga qarab xaridlarni 
amalga oshiradi.

Iste’molchilarning xatti-xarakatini uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga


muvofiqdir. Birinchi bosqichda iste’moldagi afzallik o‘rganiladi. Bunda 
iste’molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko‘rishi mezonlarini aniqlash mumkin.

Ikkinchi bosqichda iste’molchilar byudjetining chegaralanishiga, ya’ni iste’mol
tovarlarini xarid etishda chegarali daromadga duch kelishlari ko‘rib chiqiladi. 
Iste’molchilar daromadi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma’lum chegarali
to‘plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi. Uchinchi bosqichda iste’molchi 
nimani afzal ko‘rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo‘shib iste’molchi
tanlovi aniqlanadi.



Yüklə 22,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə