Исследование в XXI веке март, 2023 г 338 paleolit davri arxeologiyasi va paleolit davrining o'rganilish tarixi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#140441
növüИсследование
1   2   3   4   5   6
Ko’chimov Javohir Ilhom o’g’li


часть
2
 
«
Новостиобразования

исследование
в 
XXI 
веке
»
март
, 2023
г 
342 
1.Ov qurollari
2. Mehnat qurollari
Tosh nayzalar, pichoqlar, qirg‘ichlar, teshgichlar – ov qurollari vazifasini
bajargan. Mehnat qurollari – tosh va suyakdan yasalgan bo‘lib, ular turli ho‘jalik
mashg‘ulotlarida (terimchilik, ovchilik) qo‘llanilgan. Ibtidoiy jamoa xo‘jaligining
rivojlanishida mehnat qurollari ishlab chiqarish va ulardan ho‘jalik yuritishda foydalanish 
alohida ahamiyat kasb etadi. Tosh qurollar yordamida hayvonlarning shoh va
suyaklaridan mehnat qurollari yasash jo‘riy etiladi. Suyakdan qurol yasash va suyak bilan 
ishlash jarayonida birinchi bor tasviriy san‘at namunalarini yasash kashf etildi. Suyakdan 
turli taqinchoqlar yasash, suyak ustiga turli rasmlar solish va nihoyat suyakdan jamoaning 
boshlig‘i, jamoaning eng nufuzli a‘zolari bo‘lgan onalarni ilohiylashtirishga qaratilgan 
haykalchalarni yasash odat tusiga kiradi. Dastlab birinchi navbatda homilador ayollar rasmi 
chizilib, ularning haykalchalari yasalgan. Yuqori paleolit odamlari yirik hayvonlar rasmini 
chizib, ularga uyushtirilgan ov manzarasini tasvirlaydilar. Shu tariqa ibtidoiy tasviriy va 
amaliy san‘at paydo bo‘ladi. Insonning tabiat bilan munosabatga kirishishi va uni o‘rab 
turgan olam to‘g‘risida keng bilimga ega bo‘lishi dunyoni anglashda o‘ziga xos
dunyoqarashni shakllanishiga olib keladi.Oddiy dunyoqarash paleolit davri san‟atini 
vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.Ibtidoiy san‘at va uning rivojlanishi haqida bilimlarni 
to‘plana boshlanishi bilan ibtidoiy davr madaniyati to‘g‘risidagi tushunchalar paydo bo‘ladi. 
Bu boradagi dastlabki ma‘lumotlar XIX asrning 40-yillariga to‘g‘ri keladi. Ammo ibtidoiy
odam, uning hayoti, turmush-tarzi haqidagi ma‘lumotlar yangi fan bo‘lgan
arxeologiyaga, moddiy-madaniyat topilmalariga qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘lmadi.
Chunki dastlab bu ma‘lumotlar ommalashmadi yoki ularning haqiqitligiga shubha bilan 
qaraldi. Ibtidoiy san‘at haqidagi qarashlarga 1879 yilda olim Savtuola omonidan
Ispaniyaning Altamir g‟oridan topilgan tasviriy san‘at namunalari e‘lon qilingach 
e‘tibor berildi. Olim Altamir g‘ori devorida qizil, qirmizi oxra (mineral bo‘yoq) da
chizilgan bizon va otlar rasmi – suratlariga duch keladi. Bu yerda shuningdek devorlarga 
chekilgan (tosh devorga o‘yib ishlangan) zubr, to‘ng‘iz, kiyik rasmlari ham bo‘lgan. Arxeolog 
Savtuola g‘ordan topilgan suratlarni e‘lon qilganda hech kim unga ishonmaydi.
Aksincha uni qalbakilikda ayblaydilar. Oradan 20 yil o‘tib, Fransiyaning ko‘p g‘or va 
makonlaridan boshqa rasmlar qatorida yo‘qolib ketgan hayvonlar – bizonlar,
mamontlar, begemotlar suratlari topilgach, Altamir yodgorliklari paleolit moddiy 
madaniyatiga tegishli ekanligi tan olinadi. 


Международныйнаучныйжурнал

8
(100), 
Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə