Исследование в XXI веке март, 2023 г 338 paleolit davri arxeologiyasi va paleolit davrining o'rganilish tarixi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#140441
növüИсследование
1   2   3   4   5   6
Ko’chimov Javohir Ilhom o’g’li


часть
2
 
«
Новостиобразования

исследование
в 
XXI 
веке
»
март
, 2023
г 
339 
uslublaridan kelib chiqib bosqichlarga bo‘lganligini ko‘rsatadi. Uning bu fikri ko‘pchilik
tarixchilar, xususan nemis mutaxasislari tomonidan qattiq tanqid qilinadi. O‘rta Osiyoda 
paleolit davrining o‘rganilish tarixi 1938 yildan boshlanadi. Bu yilda A.P. Okladnikov 
tomonidan Teshiktosh g‘ori topiladi va mustye davri madaniyati hamda neandertal tipga
mansub odam suyaklari topiladi. Bu esa, O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida ham ilk 
paleolit davriga oid yodgorliklarini topib o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ilk paleolit 
davri yodgorliklarida D.N. Lev, B.A. Ranov, M.M. Gerasimov, R.H. Suleymanov, M.R.
Qosimov, N.X.Toshkanboyev, O’.I. Islomovlar tomonidan tadqiqotlar olib bordilar. Ilk 
paleolit davrida insoniyat tarixida tabiat katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Inson va uni o‘rab 
turgan tabiat o‘rtasidagi doimiy munosabatlar uzluksiz jarayon shaklini olgan. Ilk paleolitda 
biologik jihatdan – tabiiy saralanish va jinsiy tanlanish, mehnat jarayonida arxantroplar
(dastlabki odamlar) o‘tmishdoshlaridan juda uzoqlashib ketadilar. Mehnat qurollarini
yasash, qo‘lning mehnat faoliyati uchun bo‘shashi, uni alohida vazifalar bajarishi, 
go‘shtli ovqatning iste‘mol qilinishi va boshqa ijtimoiy va tabiiy omillar tufayli
odamzod rivojlanib borgan. Ilk paleolitning dastlabki davrida Janubiy va O‘rta Yevropada 
iqlim subtropik, Janubiy Osiyo vaAfrikada esa, tropik bo‘lib, issiqsevar hayvonlar keng 
tarqalgan. Masalan, Yevropada fillar, begemotlar, primitiv (Stenon otlar) otlar; Osiyoda
esa, ibtidoiy xo‘kizlar, karkidonlar, zebra paydo bo‘lgan. O‘simliklar esa, hamisha
yashil rangda bo‘lgan. Janubiy va Markaziy Yevropa hududlarida shamshod, dafna, anjir; 
Yevropaning boshqa hududlarida esa,qalin, keng bargli daraxtlardan tashkil topgan
o‘rmonlar tarqalgan. Osiyo va Afrika hududlarida ham issiqsevar o‘simliklar keng 
tarqalgan. Ilk paleolitda dastlabki odamlar Shimoliy Afrika, Yevropa va Osiyo
hududlarida yashagan. Miloddan avvalgi 600-400 ming yilliklarga kelib, ular Markaziy
Osiyo, Kavkazorti hududlariga ham o‘rnashadi. Janubiy Qozog‘iston hududida ham ilk 
paleolit davriga oid birqancha yodgorliklar ochib o‘rganilgan. Takali, Bo‟riqazigan, 
Tanirqazigan, Kamar va Shabakti shular jumlasidandir. Takali joy-makonlari Qoratog‘
tizmasi yonbag‘irlarida joylashgan yodgorliklar majmuasi hisoblanadi. Bu yerdan yirik tosh 
chopqilar, yirik uchrindilar va yumaloq toshlardan iborat jami 300 dan ortiq tosh qurollari 
topilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, Takali tosh qurollari ilk tosh asrining so‘nggi bosqichi
– ashell-mustye davriga, ya‘ni mil. avv. 300-100 ming yilliklarga mansubdir. Qirg‘ziston 
hududida ham ilk tosh davriga oid yodgorliklar topib o‘rganilgan. 1953 yilda On Archa 
degan joyidan mil. avv. 300-100 ming yilliklarga mansub chaqmoqtoshdan yasalgan qo‘l 
cho‘qmorlari, nukleuslar, uchrindi va boshqa tosh parchalari topilgan. Tojikistonda
arxeologlar va geologlalning hamkorligidagi tadqiqotlari natijasida Qoratog‟ I, Lohutiy I 
va Havolang kabi joy-makonlari topildi. Qoratog‟ I joy-makoni Dushanbe shahridan 50
km janubi-sharqda, O’tagan qishlog‘idan 1 km janubi-sharqda joylashgan. Bu yerdan 
qirg‘ich, teshgich, chopper, uchrindilar, tosh parchalari, nukleuslar, qayroq toshlar, qo‘pol 
tosh chopqilari topilgan. 1947 yilda mash‘hur arxeolog olim A.P. Okladnikov
Turkmanistonning janubiy qismida, Kopetdog‘ etaklaridan ilk tosh davriga oid
yodgorliklarni tadqiq etgan. Yaganja va Qora Tanger shular jumlasidandir. Mustye 


Международныйнаучныйжурнал

8
(100), 
Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə