Исследование в XXI веке март, 2023 г 338 paleolit davri arxeologiyasi va paleolit davrining o'rganilish tarixi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#140441
növüИсследование
1   2   3   4   5   6
Ko’chimov Javohir Ilhom o’g’li


часть
2
 
«
Новостиобразования

исследование
в 
XXI 
веке
»
март
, 2023
г 
341 
Osiyo hududlarini, Yevropaning yuqori hududlarini egallagan, Bering bo‘g‘ozi orqali 
Amerika qit‘asiga, Janubiy-sharqda Hindixitoy, Indoneziyadan Avstraliyaga, Tasmaniyaga va 
Tinch okeani orollariga siljigan va o‘rnashgan. Yuqori paleolitda hozirgi zamon tipidagi
odamning shakllanishi bir vaqtning o‘zida yevropa, negr va mo‘g‘ul irqlarining paydo
bo‘lishiga olib kelgan. Shuni alohida qayd qilish kerakki, odamlar o‘rtasidagi irqiy tafovut 
- bu inson hayoti va uning tabiat sirlarini bilib olish qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan
ikkinchi darajali tashqi ko‘rinish belgilaridir. Ular bir-birlaridan terisining rangi, soch
va ko‘zlarining shakli va rangi, muskullarining uzun-kaltaligi, bosh suyagining shakli va 
boshqa belgilari bilan farq qiladi. Ularning barchasi uchun pitekantrop, sinantrop va
neandartal taraqqiyot bosqichlarini o‘tish joiz bo‘lgan va odamzodning ―Homo 
Sapiens bosqichini uch irqning har biri bir davrda bosib o‘tilgan. Yevropa irqi odamlari 
asosan, Yevropa hududlarida yashagan. Ular baland bo‘yli, qomatli, bosh suyagi va
yuzi uzunchoq, terisini rangi oq, ko‘zlari ko‘k, sochlari sariq bo‘lib, Yevropaning
mavjud tabiiy sharoiti bu tipning ana shunday alomatlar bilan shakllanishini ta‘minlagan. 
Paleolitning so‘nggi bosqichi 3 davrga bo‘lib o‘rganiladi:
1.Orinyak davri;
2.Solyutre davri;
3.Madlen davri.
Bu davrlar arxeologlar tomonidan Fransiyadan dastlab topib o‘rganilgan makonlar 
nomi bilan atalgan. Yuqoridagi bosqichlar Yevropa paleoliti so‘nggi bosqichiga xos
bo‘lib, boshqa hududlarga to‘liq mos kelmaydi. Ammo moddiy madaniyatdagi xususiyatlar 
barcha mintaqa va hududlardagi yodgorliklar uchun umumiydir. Orinyak va solyutre
davrlari bir-biriga juda o‘xshash, tosh qurollar o‘rtasida katta tafovutlar yo‘q. Ammo
tosh qurollar shaklan ozroq farqlanadi. Bu bosqichlar mil. avv. 40-12ming yilliklarga
mansub. Orinyak bosqichiga quyidagi qurollar mansub: tosh parrakchalarning turli
shakldagi turlari (uzunchoq, to‘g‘ri, pichoqsimon, yalpoq va qirrali), kesish
xizmatinibajaruvchi haqiqiy tosh pichoqlar. Orinyakda mehnat qurollari 2 turga bo‘lingan 
bo‘lib, ular tosh kesgich, tosh qirg‘ichlar edi. Tosh qurollar qirrali va yoysimon shaklda 
bo‘lgan. Orinyak va mustye davrlari o‘rtasida muhim o‘rtoqlik va urug‘chilik jamiyati 
tashkil topadi. Salyutre davrida toshga ishlov berishning o‘ziga xos usuli – ezib retushlash, 
ya‘ni yo‘nish usulidan keng foydalanilgan. Unda mustye davridagi tosh qurol yasashda
paydo bo‘ladigan disksimon tosh o‘zak – _ucleus o‘rniga uzunchoq shakldagi yadro hosil
qilinadi. Endi toshdan uchirma usuli o‘rniga ezib retushlash usulidan foydalanib, keskir,
qirrali pichoqsifat uzunchoq qurollar yasaladi. Natijada, tosh qurolning turi va vazifasi 
kengayadi. Ular kesuvchi, arralovchi, shiluvchi, teshuvchi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Yuqori 
paleolitning so‘nggi bosqichi madlen davri hisoblanadi. Madlen davriga kelib tosh qurol
bilan birga suyakdan yasalgan qurollar ham ishlatiladi. Dastlab, suyakdan yasalgan
ko‘p tishli qarmoq (garpun) lar paydo bo‘ladi. Tosh qurollar orasida chaqmoqtoshdan 
yasalgan nayza uchlari keng tarqalgan. Ibtidoiy kishilar yasagan tosh qurollar yuqori 
paleolitda 2 ga bo‘lingan:


Международныйнаучныйжурнал

8
(100), 
Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə