Ishlab chiqarishda metralogiyaning o’rni Reja; Metrik tizimning joriy etilishi



Yüklə 31,88 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü31,88 Kb.
#158077
1   2   3   4   5
Ishlab chiqarishda metralogiyaning o

Fan va texnikaning rivojlanishi har xil kattaliklarning o’lchamlarini muayyan o’lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o’lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya fani yuzaga keldi.
Rossiyada o’lchovlarni metrik tizimi 1899 yil 4 iyun kuni qonun bilan ixtiyoriy tartibda qo’llanishga, majburiy tartibda esa Rossiya SNK 14.09.1918 y. da chop etilgan dekretiga muvofiq qo’llanishga qabul qilingan. O’rta Osiyoda o’lchovlarning metrik tizimi 1923 yil 18 aprel Turkiston Respublikasi XKQ qarori bo’yicha “O’lchovlar va tarozilar to’g’risida Nizom” tasdiqlangan va ichki savdoni yo’lga qo’yish bo’yicha qo’mita huzurida o’lchovlar va tarozilarning Turkiston byurosi tuzilgandan so’ng boshlangan
Metrik tizimning joriy etilishi. Vaqt o’tishi bilan savdo-sotiq va o’zaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi mobaynida o’lchovlarga aniqlik kiritish, yangilarini hosil qilish, o’zaro solishtirish va qiyoslash usullari shakllanib, o’nlab 13 yangi va mukammalroq o’lchash birliklari hosil bo’la boshlagan. Bu birliklarning o’zaro bog’liqligi masalalari esa tobora muhim ahamiyat kasb eta boshlagan. Shu bois olimlar bir asosiy kattalikning o’lchash birligini boshqa asosiy kattalikning o’lchash birligi bilan bog’liqligini ta’minlash ustida bosh qotira borganlar. Bunda yana bir talab - kattalikning turli o’lchovlarining qiymatlari orasidagi o’zaro bog’liqlik muayyan qonuniyat asosida bo’lishini ta’minlash lozim bo’lgan. Uzoq tadqiqotlardan so’ng olimlar qadimgi Bobil davlatida qo’llanilgan «o’nlik tizimi»ga qaytishgan. Aynan shu tizim asosida metrik tizim ta’sis etilgan. Metrik tizim 1875 yil 20 mayda Parijda 20 ta mamlakatlar vakillarining konferensiyasida qabul qilingan va Metrik Konvensiyasi nomini olgan. Metrik Konvensiya metrologiya bo’yicha ilmiy faoliyat ko’rsatuvchi birinchi xalqaro kelishuv hisoblanadi. Konvensiya metrik etalonlarni saqlash va tekshirish uchun ilmiy muassasa sifatida o’lchovlar va tarozilar xalqaro byurosini ham ta’sis etadi. Shu asnoda yuqoridagi talablarning to’liq ta’minlanishiga erishilgan, ya’ni kattalikning turli qiymatlari o’zaro o’nga karrali bog’lanishda bo’lgan bo’lsa, bir nechta asosiy kattaliklarning birliklari orasida o’zaro bog’lanishga ham erishilgan (Er meridianining qirq milliondan bir ulushi bo’yicha - "metr", metr bu yorug’likning 1/299792458 s vaqt oralig’ida vakuumda bosib o’tadigan masofa. XVII O’TBK 1983 yil. Bir kub desimetr suvning temperaturasi 4 0 S bo’lgandagi massasi - "kilogramm" va hokazolar). Fan va texnikaning rivojlanishi har xil kattaliklarning o’lchamlarini muayyan o’lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o’lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya fani yuzaga keldi. Rossiyada o’lchovlarni metrik tizimi 1899 yil 4 iyun kuni qonun bilan ixtiyoriy tartibda qo’llanishga, majburiy tartibda esa Rossiya SNK 14.09.1918 y. da chop etilgan dekretiga muvofiq qo’llanishga qabul qilingan. O’rta Osiyoda o’lchovlarning metrik tizimi 1923 yil 18 aprel Turkiston Respublikasi XKQ qarori bo’yicha “O’lchovlar va tarozilar to’g’risida Nizom” tasdiqlangan va ichki savdoni yo’lga qo’yish bo’yicha qo’mita huzurida o’lchovlar va tarozilarning Turkiston byurosi tuzilgandan so’ng boshlangan
. Ishlab chikarish va uning tarmoklarida metrologik xizmat va ta’minot
O’lchash informasiyasiga nafaqat miqdor bo’yicha talablar, balki sifat bo’yicha ham talablar qo’yiladi. Bunga uning (o’lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Bu sifat tavsiflarining barchasini asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin:
- o’lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo’lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.
Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta'minotning asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi
: • o’lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq etish;
• o’lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
• hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish; 18
• o’lchash vositalarining davlat sinovlari;
• o’lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestasiyasi va hokazolar.

Yüklə 31,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə