Ishlab chiqarishda metralogiyaning o’rni Reja; Metrik tizimning joriy etilishi



Yüklə 31,88 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü31,88 Kb.
#158077
  1   2   3   4   5
Ishlab chiqarishda metralogiyaning o


Ishlab chiqarishda metralogiyaning o’rni
Reja ;

  1. Metrik tizimning joriy etilishi.

  2. Ishlab chikarish va uning tarmoklarida metrologik xizmati va ta’minoti

  3. Metrologiya bo’yicha asosiy atamalar

Metrik tizimning joriy etilishi. Vaqt o’tishi bilan savdo-sotiq va o’zaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi mobaynida o’lchovlarga aniqlik kiritish, yangilarini hosil qilish, o’zaro solishtirish va qiyoslash usullari shakllanib, o’nlab 13 yangi va mukammalroq o’lchash birliklari hosil bo’la boshlagan. Bu birliklarning o’zaro bog’liqligi masalalari esa tobora muhim ahamiyat kasb eta boshlagan. Shu bois olimlar bir asosiy kattalikning o’lchash birligini boshqa asosiy kattalikning o’lchash birligi bilan bog’liqligini ta’minlash ustida bosh qotira borganlar. Bunda yana bir talab - kattalikning turli o’lchovlarining qiymatlari orasidagi o’zaro bog’liqlik muayyan qonuniyat asosida bo’lishini ta’minlash lozim bo’lgan. Uzoq tadqiqotlardan so’ng olimlar qadimgi Bobil davlatida qo’llanilgan «o’nlik tizimi»ga qaytishgan. Aynan shu tizim asosida metrik tizim ta’sis etilgan.


Metrik tizim 1875 yil 20 mayda Parijda 20 ta mamlakatlar vakillarining konferensiyasida qabul qilingan va Metrik Konvensiyasi nomini olgan. Metrik Konvensiya metrologiya bo’yicha ilmiy faoliyat ko’rsatuvchi birinchi xalqaro kelishuv hisoblanadi. Konvensiya metrik etalonlarni saqlash va tekshirish uchun ilmiy muassasa sifatida o’lchovlar va tarozilar xalqaro byurosini ham ta’sis etadi.
Shu asnoda yuqoridagi talablarning to’liq ta’minlanishiga erishilgan, ya’ni kattalikning turli qiymatlari o’zaro o’nga karrali bog’lanishda bo’lgan bo’lsa, bir nechta asosiy kattaliklarning birliklari orasida o’zaro bog’lanishga ham erishilgan (Er meridianining qirq milliondan bir ulushi bo’yicha - "metr", metr bu yorug’likning 1/299792458 s vaqt oralig’ida vakuumda bosib o’tadigan masofa. XVII O’TBK 1983 yil. Bir kub desimetr suvning temperaturasi 4 0 S bo’lgandagi massasi - "kilogramm" va hokazolar).

Yüklə 31,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə