Ishlab chiqarishda metralogiyaning o’rni Reja; Metrik tizimning joriy etilishi


Metrologik ta’minotning to’rtta tashkil etuvchisi mavjuddir



Yüklə 31,88 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü31,88 Kb.
#158077
1   2   3   4   5
Ishlab chiqarishda metralogiyaning o

Metrologik ta’minotning to’rtta tashkil etuvchisi mavjuddir:
1.Ilmiy asosi: metrologiya - o’lchashlar haqidagi fandir;
2. Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kattaliklar birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o’lchash vositalarini yaratish va ishlab chiqishni yo’lga qo’yish, o’lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va ularni bajarish uslublarining metrologik attestasiyasi, o’lchash vositalarini ishlab chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o’tkazish, modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo’yicha standart namunalarni yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
3.Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan O’zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati;
4.Me’yoriy-qonuniy asoslari - tegishli respublika qonunlari, davlat standartlari, davlat va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari.
Metrologiya bo’yicha asosiy atamalar
Metrologiyada bot-bot ishlatiladigan ayrim tushunchalar quyidagilardan iborat:
Metrologiya - o’lchashlar, ularning birliligini ta’minlash usullari va vositalari hamda kerakli aniqlikka erishish yo’llari haqidagi fan.
Nazariy metrologiya - metrologiyaning fundamental asoslarini ishlab chiqish predmeti bo’lgan sohasidagi metrologiya bo’limi.
Qonunlashtiruvchi metrologiya - metrologiya bo’yicha milliy idora faoliyatiga qarashli va birliklar, o’lchash usullari, o’lchash vositalari va o’lchash laboratoriyalariga davlat talablarini o’z ichiga olgan metrologiya qismi.
Amaliy metrologiya - nazariy metrologiya ishlanmalarini va qonunlashtiruvchi metrologiya qoidalarini amaliy qo’llanish masalalari bilan shug’ullanuvchi metrologiya bo’limi.
Kattalik - sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin bo’lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xossasidir.
O’lchanadigan kattalik - o’lchash vazifasining asosiy maqsadiga muvofiq o’lchanishi lozim bo’lgan, o’lchanadigan yoki o’lchangan kattalik.

Yüklə 31,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə