Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


bola tug‘ilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan o‘tishi munosabati bilan beriladigan to‘lovlar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə54/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

bola tug‘ilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan o‘tishi munosabati bilan beriladigan to‘lovlar7;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablag‘lar berish tarzidagi to‘lovlar.
17) qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlari haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari;
18) ishlamaydigan pensionerlarga yuridik shaxs tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar;
19) sug‘urta tovoni summalari;
20) ma’naviy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha pul to‘lovlari.


3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ko‘pgina mamlakatlardagi singari O‘zbekistonda ham progressiv soliq hisoblanadi. Ushbu soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan belgilanadi va o‘rnatilgan tartibda davlat soliq idoralari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga bildiriladi. Har yili belgilangan stavkalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan qaytadan ko‘rib chiqilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2699-sonli qarori bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i savkalari quyidagicha belgilangan.
1-jadval
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
STAVKALARI8

Soliq solinadigan daromad

Soliq stavkasi

eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdorda

daromad summasining 0 foizi

eng kam ish haqining bir baravaridan (+1 so‘m) besh baravarigacha miqdorda

eng kam ish haqi miqdorining bir baravaridan oshadigan summaning 7,5 foizi

eng kam ish haqining besh baravaridan (+1 so‘m) o‘n baravarigacha miqdorda

besh baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining besh baravaridan oshadigan summaning 17 foizi

eng kam ish haqining o‘n baravaridan (+1 so‘m) va undan yuqori miqdorda

o‘n baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining o‘n baravaridan oshadigan summaning 23 foizi




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə