Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə53/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Boshqa daromadlar


Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) pensiyalar va qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar;
2) stipendiyalar;
3) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, hayriya va ekologiya jamg‘armalari tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa turlardagi yordam;
4) donorlik uchun pul mukofotlari;
5) alimentlar;
6) hayvonlarni (qoramol, parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar;
7) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari bo‘yicha) olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati;
8) musobaqalarda, ko‘riklarda, tanlovlarda sovrinli o‘rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari;
9) yutuqlar;
10) grant beruvchidan olingan grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari bo‘yicha olingan summalar;
11) jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘yicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari;
12) yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar;
13) O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti va sovg‘alar6;
14) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofoti;
15) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi va boshqa to‘lovlar;
16) moddiy yordam tariqasida:
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan to‘lovlar;
xodimga mehnatda mayib bo‘lganlik, kasb kasalligi yoxud sog‘liqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq to‘lovlar;
favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan to‘lovlar;

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə