Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə62/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

xarid qiymatidan
3 foiz


2

Oldin foydalanilgan avtotransport vositalari uchun

foydalanish
muddatiga qarab
har bir ot kuchi
uchun eng kam ish haqiga nisbatan % da

1 yil-gacha

3 yil-dan 7 yilgacha

7 yil-dan ortiq

Engil avtomobillar

11

9

6

Mototsikillar (shu jumladan mopedlar) va yordamchi dvigatelli velosipedlar, aravachali yoki aravachasiz

10

7

5

Boshqa motorli transport vositalari

16

13

9

III

O’zavtoyo’l” DAK korxona va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan tushgan mablag’larning byudjetga tushishi lozim bo’lgan umumiy summasidan ajratmalar (%)

50



Izohlar:


1. O’zbekiston Respublikasi hududi bo’ylab xorijiy davlatlarning og’ir yuk tashuvchi va yirik gabaritli transport vositalari o’tganligi uchun mazkur ilovada nazarda tutilgan stavkalar bo’yicha yig’im to’lanishi bilan bir vaqtda qo’shimcha ravishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 yanvardagi 11-son qarori bilan
belgilangan miqdorlarda to’lov undiriladi.

2. O’zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan Davlat chegarasini kesib o’tadigan xorijiy yuk avtotransport vositalari va avtobuslarning O’zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va tranzit o’tishi uchun mazkur ilovada nazarda tutilgan stavkalar bo’yicha yig’im to’lanishi bilan birga qo’shimcha ravishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 17 dekabrdagi 274-son qarori bilan belgilangan miqdorlarda yig’imlar ham undiriladi.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
28 sentyabrdagi 447-sonli qaroriga asosan, uchinchi mamlakatlardan yuklarni O’zbekiston Respublikasiga tashishda va O’zbekiston Respublikasi hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston yuk avtotransport vositalaridan 175 AQSH dollari miqdorida qo’shimcha
yig’im undiriladi.

4. Gumanitar yuklarni olib o’tishda avtotransport vositalarining olib kirilishi va tranzitida undiriladigan yig’imlar stavkasiga nisbatan 0,5 kamaytiruvchi koeffitsienti qo’llaniladi.
5. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig’imni to’lashdan quyidagilar ozod qilinadilar:


1) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo’l bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravachani oluvchi barcha guruhlardagi nogironlar;
2) yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar;
4) faoliyatining asosiy turi yo’lovchilar tashish bo’lgan, qonun hujjatlariga muvofiq yo’lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega bo’lgan avtotransport korxonalari - yo’lovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bo’yicha (engil avtomobillar va yo’nalishli taksilardan tashqari);
5) yuridik shaxslar - qirq tonnadan ortiq yuk ko’taradigan, olingan kon avtosamosvallari bo’yicha;
6) homiylik (beg’araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, nogiron bolalar uchun markazlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;
7) yuridik shaxslar - avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xo’jalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul o’tkazishda;
8) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris;
9) avtotransport vositalarini yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar.
Avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im ular O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat ro’yxatidan o’tkazilayotganda, qayta ro’yxatdan o’tkazilayotganda quyidagi hollarda undiriladi:
1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;
2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar sifatida olinganda;
3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda, Soliq kodeksi 324-moddasining 9-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Yig’im taraflarning yozma kelishuviga ko’ra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan taqdirda, yig’im lizing oluvchidan undiriladi. Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so’ng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi pedmeti bo’lgan avtotransport vositasi qayta ro’yxatdan o’tkazilayotganida takroran yig’im undirilmaydi;
4) avtotransport vositalari O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda.
Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig’im to’langanligi to’g’risidagi hujjat taqdim etilmagan holda avtotransport vositalarini ro’yxatdan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish yoki texnik ko’rikdan o’tkazish amalga oshirilmaydi.
Chet davlatlar avtotransport vositalari O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun yig’im chet davlatning avtotransport vositasi O’zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida undiriladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini va maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish natijasida respublikada halqaro standartlarga mos keladigan uzuluksiz majburiy umumiy hamda o‘rta mahsus kasb – hunar ta’limining 12 yillik tizimi vujudga keltirildi. 1536 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, amalda barcha umumta’lim maktablari, ta’lim muassasalari qoshidagi 1817 ta sport zallari namunaviy loyihalar asosida barpo etildi, mukammal rekonstruksiya qilindi hamda zamonaviy o’quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, mebel va o’quv asbob-anjomlari bilan jixozlandi.
Ta’lim muassasalarining barpo etilgan moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish va muttasil yangilab borishni ta’minlash, ularni tizimli asosda eng zamonaviy kompyuter texnikasi, o’quv-laboratoriya uskunalari, mebel va asbob-anjomlar bilan qayta jihozlashni, shuningdek, ilg’or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya tizimlarini o’quv jarayoniga keng tadbiq etish maqsadida 2010 yil 10 noyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armani tashkil etish to’g’risida”gi PQ-1432-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga binoan 2011 yil 1 yanvardan Maktab ta’limi jamg’armasi tugatilib, uning o’rniga O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzurida “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armasi” tashkil etildi.
Shunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 10 dekabrdagi “Byudjetdan tashqari ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi N 291-sonli Qarori qabul qilindi.
291-sonli qarorda “Byudjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 21 noyabrdagi N PQ-1645-sonli “Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasini ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi etib qayta tashkil qilish to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi va ushbu qarorga asosan 2012 yil 1 yanvaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi etib qayta tashkil qilindi.
O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 25 dekabrdagi O’RQ-359-sonli Qonuniga asosan Soliq kodeksi XVI1 bo’lim bilan to’ldirildi. Ushbu bo’lim nomi Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar deb nomlandi.
Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi 2014 yil 1 yanvardan boshlab Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar deb o’zgartirildi.
Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lovchilar quyidagilardir:
yuridik shaxslar — O’zbekiston Respublikasining rezidentlari;
oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) — yuridik shaxs.
Quyidagilar byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalarning to’lovchilari bo’lmaydi:
notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;
yagona soliq to’lovini va (yoki) yagona yer solig’ini to’lovchi yuridik shaxslar;
umumbelgilangan soliqlarni to’lovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar, bundan aksiz to’lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno.
Soliq solish obyekti. Soliq solinadigan baza
Agar boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, sof tushum byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasidir.
Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasi quyidagilardir:
1) kommunal xo’jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun — mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo’shilgan qiymat solig’i va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta’minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;
2) qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — o’z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo’shilgan qiymat solig’i chegirib tashlangan holdagi qiymati. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo’lsa, ushbu materiallarga bo’lgan mulk huquqi buyurtmachining o’zida saqlanib qolgan taqdirda, o’z kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi;
3) vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo’yicha, vositachilik, topshiriq shartnomalari bo’yicha hamda vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar uchun — ko’rsatilgan xizmatlar uchun qo’shilgan qiymat solig’i chegirib tashlangan holdagi mukofot summasi;
4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun — tovar oboroti;
5) kredit tashkilotlari va sug’urta tashkilotlari uchun — agar boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, Soliq kodeksining 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;
6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo’lgan yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) bo’yicha foizli daromad summasi.
Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:
Soliq kodeksining 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar;
hayotni sug’urta qilish sohasiga taalluqli shartnomalar bo’yicha sug’urta mukofotlari (badallari), qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha topshirilgan to’lovlar summalari, shuningdek Soliq kodeksi 150-moddasining 2 va 4-bandlarida ko’rsatilgan daromadlar;
Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’lardan foydalanishdan olingan daromad.
Soliq to’lovchilar turli xil soliq solish obyektlariga ega bo’lgan hollarda, ular soliq solish obyektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli obyektlardan kelib chiqqan holda byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lashi shart.
Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Yil choragi hisobot davridir.
Majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning hisob-kitobini taqdim etish va ularni to’lash tartibi
Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar soliq solinadigan bazadan va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalarni stavkasi 0.5 foiz miqdorida belgilandi.
Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lash:
byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lovchi bo’lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan — har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya