Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə52/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Mulkiy daromadlar
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) foizlar;
2) dividendlar;
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
4) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotish qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni olish narxi va sotish narxi, olish narxi bo‘lmagan taqdirda esa, inventarizatsiya qiymati va sotish qilish narxi o‘rtasidagi farq daromad deb e’tirof etiladi;
5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutug‘iga berilgan patent (litsenziya) egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
6) royalti;
7) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘laganidan keyin xususiy korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer xo‘jaligi boshlig‘i ixtiyorida qoladigan foyda summasi.
Moddiy naf tarzidagi daromadlar

Soliq to‘lovchi tomonidan yuridik shaxsdan moddiy naf tarzida olingan daromadlar quyidagilardir:


1) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni to‘lash, shu jumladan:
-jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitish, tarbiyalash;
-kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlari haqini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash;
-sanatoriy-kurortlarda davolanish yo‘llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash;
-yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi bo‘lgan boshqa xarajatlari;
2) soliq to‘lovchining manfaatlarini ko‘zlab tekinga, shu jumladan hadya shartnomasi asosida berilgan mol-mulk, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati;
3) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xodimlarga realizatsiya qilinadigan narxi va shu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) bunda ikkinchi va uchinchi qismlarga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati o‘rtasidagi salbiy tafovut;
4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yo‘l, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish bo‘yicha beriladigan imtiyozlar summasi;
5) jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;
6) ish beruvchi tomonidan to‘lovlar hisobiga to‘lanib, xodimdan ushlab qolinishi lozim bo‘lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
Soliq to‘lovchi yuridik shaxsdan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olgan taqdirda, ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati ularni olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Jismoniy shaxs yuridik shaxsdan aksiz to‘lanadigan tovarlar yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olsa, bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatida aksiz solig‘ining va qo‘shilgan qiymat solig‘ining tegishli summasi hisobga olinadi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə