Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə13/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Boshqa daromadlar
Boshqa daromadlarga, agar Soliq kodeksi 130-moddasining beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog’liq bo’lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) soliq to’lovchining Soliq kodeksining 133-moddasiga muvofiq asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olinadigan daromadlar;
2) Soliq kodeksi 134-moddasining birinchi qismiga muvofiq mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘grisida”gi №PQ-2699 – sonli qaroriga asosan yuridik shaxslar uchun ko’chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solishning amaldagi tartibi saqlab qolinib, unga muvofiq mazkur daromadlar shartnoma bo’yicha o’rnatilgan ijara to’lovi summasidan kelib chiqqan holda, ammo davlat ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to’lovining eng kam stavkalari bo’yicha hisoblab chiqilgan miqdordan kam bo’lmasligi lozim.
3) Soliq kodeksi 134-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
4) Soliq kodeksining 135-moddasiga muvofiq tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek ishlar va xizmatlar;
5) inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralar hamda boshqa mol-mulk qiymati tariqasidagi daromadlar;
6) hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi daromadlar;
7) Soliq kodeksining 136-moddasiga muvofiq majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlar;
8) Soliq kodeksining 137-moddasiga muvofiq talablardan o’zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo’yicha olingan daromadlar;
9) Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning o’rnini qoplash tarzidagi daromadlar;
10) Soliq kodeksining 139-moddasiga muvofiq xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardan olinadigan daromadlar;
11) Soliq kodeksi 157-moddasining birinchi qismiga muvofiq birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar;
12) undirib olingan yoki qarzdor tomonidan tan olingan jarimalar va ‘enya, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud hujjati asosida qarzdor tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan jarimalar va penya;
13) Soliq kodeksining 140-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy farq;
15) royalti;
16) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan operatsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar.
Qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan boshqa daromadlar qo’shilgan qiymat solig’i summasi chegirilgan holda aniqlanadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə