Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi



Yüklə 238,07 Kb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü238,07 Kb.
#129910
1   2   3   4   5
IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI

3.Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari
Tegishli zamin va shart-sharoitlar yaratilgan taqdirda bozor mexanizmlarini ishga solish mumkin. Ularga, eng avvalo quyidagilar kiradi birinchidan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish siyosatini o‘tkazish, mulkchilikning davlatga qarashli bo‘lmagan shakllariga - xususiy, hissadorlik, jamoa, kooperativ va boshqa shu kabi turlariga asoslanib, yangidan tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan aralash, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish; ikkinchidan, bahoni bosqichma-bosqich erkin qo‘yish, monopoliyachilikka qarshi qattiq siyosat o‘tkazish, davlat korxonalari faoliyatini tijorat zaminida tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar o‘rtasida ularning iqtisodiy javobgarligi to‘liq iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash asosida sog‘lom raqobat muhitini yaratish; uchinchidan, gorizontal xo‘jalik aloqalarini butun choralar bilan rivojlantirish, bozorlarni (tovar, moliya, sarmoya, ishchi kuchi, texnologiyalar va boshqalar) hamda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshira oladigan idoralarni barpo etish, bozor infrastrukturasini shakllantirish, bozor sharoitlarida ishlashga qodir bo‘lgan kadrlar tayyorlash; to‘rtinchidan, aholini ijtimoiy himoya qilishning kuchli mexanizmini joriy etish, huquqiy ijtimoiy kafolatlarini ta'minlash.
Bozor infratuzilmasining shakllanishi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi. Infrastrukturaga ega bo‘lmasdan bozor mexanizmlari to‘liq ishlay olmaydi. Bozor infrastrukturasini shakllantirish, avvalo, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatish hamda savdo sohasidan boshlanib, asta-sekin banklarni, birjalarni, auditorlik firmalari, sug‘urta kompaniyalarini ham qamrab oladi. Mulkchilikning barcha shakllariga erk beriladi, shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikka keng yo‘l ochiladi. Ayni zamonda loqaydlik, tanballik kabi illatlar barham topadi. Bir so‘z bilan aytganda, ishlagan odam xor bo‘lmaydi. Bugungi kunda biz ko‘rib turgan ko‘pgina iqtisodiy munosabatlar haqiqiy bozordan hali ancha yiroq. Mavjud birjalar va vositachilik tashkilotlari, to‘g‘risini aytsak, ko‘proq arzon olib, qimmatga sotish bilan shug‘ullanayapti.
Tijoratning maqsadi shu emasmi, degan savol tug‘ilishi mumkin. To‘g‘ri, foydasiz tijorat bo‘lmaydi. Ammo iste'mol bozori kambag‘al bo‘lsa, tijorat degani oddiy chayqovchilik darajasida qolib ketaveradi. Haqiqiy bozor munosabatlariga o‘tilganda esa turli korxonalar, turli birjalar, sug‘urta idoralari, banklar va boshqa idoralar orasida haqiqiy raqobat vujudga keladi. Kimki ko‘p va arzon mol keltirsa va kim qanchalik tez va arzon sotsa, o‘shaning ishi yurishadi. Negaki, harakatsiz sarmoya - o‘lik sarmoY. Kapital degani, albatta, oborotda, muomalada bo‘ladi. Sog‘lom raqobat ichki bozorni mol bilan boyitishda va narxni arzonlashtirishda katta rol' o‘ynaydi. Mulkchilikning turli shakllari - shirkat mulki, davlat mulki, aksionerlik mulki, shaxsiy mulk hamda boshqa shakllarning rivoj topishi ham ayni raqobatni kuchaytirish va xalq ehtiyojlarini tezroq qondirish imkonini beradi.
Iqtisodni jonlantirish uchun korxonalarni xususiylashtirish ishiga jiddiy kirishmoq kerak. Xususiylashtirish, eng avvalo, maishiy xizmat va savdo korxonalari, mahalliy sanoat korxonalaridan boshlanadi. Keyinchalik katta korxonalar ham aksionerlik va boshqa mulkchilik shakliga o‘tkaziladi. Bu ishdagi asosiy vazifa mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Xususiylashtirish mahsulot ishlab chiqaruvchilarning erkinligiga qaratilishi lozim, ularning erkinligini esa xususiy mulk ta'minlaydi. Lekin ayni paytda xususiylashtirishni qay tarzda amalga oshirish, hozirgi vaqtda davlat mol-mulki hisoblangan boyliklarni kimning qo‘liga topshirish ham asosiy masaladir. Bu mulkni olgan kishilar uni qanday tasarruf etadilar? Iqtisodiy ravnaq va samaradorlikni qanday ta'minlaydilar? Eng muhimi esa ular xalqimizning ehtiyojlarini qondiradilarmi? Xullas, xususiylashtirish mahsulot ishlab chiqarishda boshboshdoqlikka olib bormasligi uchun zarur chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish lozim. Shu sababli ishbilarmonlarni, ya'ni davlat mulkini biz qo‘liga topshirmoqchi bo‘lgan kishilarni tayyorlash, ular jahon tajribasini, mintaqamizning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishlari xususiylashtirish chog‘ida ro‘yobga chiqarilishi lozim bo‘lgan kafolatlardir.Bozor infrastrukturasini barpo etish va korxonalarning monopoliyasini tugatish bu ishning muhim shartlaridan biridir.Ayrim mulk egalari fondlariga egalik qila boshlagach, raqobatchilar bo‘lmaganligi tufayli narx-navoni oshirish hisobiga foyda va daromadni ko‘paytirishlariga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Shu sababli, davlat mol-mulkni xususiylashtirar ekan, zarur shart-sharoitlarni va ishonchli negizni barpo etmay turib xususiylashtirishni o‘ylamay-netmay tezlashtirish nimalarga olib borishi mumkinligini yaqqol tasavvur etmog‘i kerak.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish bozorning ko‘p bo‘g‘inli infrastrukturasini yaratishni talab qiladi. Infrastrukturaga ega bo‘lmasdan bozor mexanizmlari to‘liq ishlay olmaydi. Tadbirkorlikda faollikni ta'minlash, tadbirkorlarning o‘zaro va davlat bilan samarali aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida bozor munosabatlarini tartibga soluvchi idoralarning yaxlit tizimini tuzish vazifasi turibdi. Eng avvalo bank-kredit tizimini mustahkamlash, tijorat banklarining, shu jumladan, xususiy mulkchilikka asoslangan banklarning shoxobchalarini rivojlantirishga ko‘maklashish zarur. Moddiy resurslar va tovarlarning keng barqaror bozorini barpo etish uchun kontrakt (shartnoma) tizimini yanada rivojlantirib, birja faoliyatini takomillashtirish, tijorat markazlari, savdo uylari va boshqalarning ishlarini yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Sug‘urta va auditorlik xizmatlarining, huquqiy xizmat ko‘rsatadigan va konsalting tashkilotlarining, shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlashga qodir bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha turli markazlarning faol ishi bozor sharoitida tadbirkorlar faoliyatining barqarorligini oshirishga ko‘maklashishi kerak. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, moliya-sanoat guruhlari, xolding va trast kompaniyalari, korporatsiyalar bozor iqtisodiyotining tayanch ustunlari, uning yuqori samara berishining garovi hisoblanadi. Ularni ustuvor umummilliy iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltirgan holda barpo etish hamda ularning jahon bozoriga chiqishlariga butun choralar bilan ko‘maklashish kerak. Zamonaviy infrastrukturani yaratish bozor munosabatlariga haqiqiy madaniy-ma'rifiy xarakter baxsh etish, stixiyaga va boshboshdoqlikka yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. Faqat rivojlangan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan jamiyatgina respublikaning davlat mustaqilligini va iqtisodiy qudratini ta'minlashi mumkin.
O‘zbekistonning ichki iqtisodiy siyosati ham o‘zimizning yangilanish va ijtimoiy taraqqiyot yo‘limiz umumiy prinsiplaridan, ham o‘zimizga xos xususiyatlarimizdan kelib chiqadi. O‘zimizga xos xususiyatlar deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
Real tarkib topgan iqtisodiy vaziyat, ko‘pchilik oilalarning turmush darajasi pastligi tufayli respublikada bozorga o‘tishning "shok terapiyasi" yo‘li nomaqbuldir. U amalda "terapiyasiz shok" bo‘lib qaytadi, ya'ni tarkib topgan barcha tuzilmalar, me'yorlar, aloqalar tezda barbod bo‘ladi, boshqacha aytganda, batamom yemiriladi. Tashkiliy, iqtisodiy, moliya-kredit tizimlarini o‘zgartirish, tegishli huquqiy asosni, bozor tarmoqlari majmuini vujudga keltirish, kadrlar tayyorlash uchun vaqt kerak. Ishlab chiqarishni tayyorlash va qayta jihozlash uchun zarur bo‘lgan texnologiya vaqti omilini ham hisobga olish lozim. Va nihoyat, ehtiyoj va taklifning mutanosibligiga asoslangan qonunlar kuchga kirmas ekan, qattiq o‘rnashib qolgan tasavvurlar va me'yorlarni o‘zgartirishga vaqt kerak bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sari buyuk sakrashlar, inqilobiy qayta o‘zgarishlar yo‘li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan - bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Bizning bozorga o‘tishimizdagi o‘ziga xos xususiyatlarimiz ana shundadir. Bir bosqichni tugatib, zarur shart-sharoitlar yaratib bo‘lgandan keyingina yangi bosqichga o‘tish kerak. Bunda har bir bosqichning o‘z ustuvorliklari shakllanadi. Ularni ta'minlashning o‘z mexanizmi ishlanadi. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo‘lishiga, aholining mehnat faolligiga bog‘liqdir. Zarur shart-sharoitni yaratmay turib, odamlarni jiddiy o‘zgarishlarga ruhan tayyorlamay turib, bozor munosabatlarining. O‘zbekiston: milliy Istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura www.ziyouz.com kutubxonasi 65 belgilarini o‘ta jadallik bilan, sun'iy ravishda o‘tkazish kutilgan natijalarni bermasligi u yoqda tursin, hatto bozor iqtisodiyotini qurish g‘oyasiga putur yetkazadi. Ayni vaqtda, iqtisodiy islohotni tatbiq etishda, yetilgan yechimlarni qabul qilishda sustkashlik va kechikishga yo‘l qo‘yish shusiz ham iqtisoddagi va ijtimoiy sohadagi o‘ta og‘ir ahvolni murakkablashtiradi. Eng muhimi, hamma bozor munosabatlariga asoslangan rivojlangan jamiyatni qurish - bu uzoq murakkab jarayon ekanligini, uni doimiy ravishda chuqur idrok qilish va zarur hollarda tuzatishlar kiritishni talab qilishini anglamog‘i kerak. Kishilarning tafakkurini, qotib qolgan tushunchalarni o‘zgartirish ayniqsa muhimdir. Fikrlashni qadam-baqadam o‘zgartira borib, amalda boshqa mamlakatlarda yuz yillab qurilgan yangi tizimning afzalliklariga kelamiz.
Bozor mexanizmlarini joriy etishdan oldin insonlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlari amalga oshirilmog‘i lozim. Davlat o‘z aholisini himoya qila olgan taqdirdagina insonparvar hisoblanadi. Davlat kishilarga, ayniqsa yordamga muhtoj bo‘lganlarga, ijtimoiy nochor qatlamlarga, yetimlar, bolalar, o‘quvchilar, nafaqaxo‘rlar va nogironlar, yolg‘iz onalar, ko‘p bolali va kam ta'minlangan oilalarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishi kerak. Aholini va, avvalo, uning nochor guruhlarini ijtimoiy muhofaza qilish qanday manbalar hisobidan ta'minlanishi mumkin? Milliy daromadni qayta taqsimlash - davlat qo‘lidagi eng asosiy manba va vositadir. Taraqqiy etgan mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste'molning vujudga kelgan tarkibiga qarab qayta taqsimlanadigan milliy daromadning ulushi ba'zida 30-50 foizga yetadi. Ijtimoiy-madaniy sohaga, ilm-fanga, texnikaviy taraqqiyot va mudofaaga ham mablag‘lar mana shuning hisobidan ta'minlanadi. Shvesiya, Germaniya, Avstriya va boshqa bir qator rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kishilarni ijtimoiy himoyalash va uni kafolatlashning kuchli, ta'sirchan mexanizmi bo‘lgandagina bozor iqtisodiyotiga sobitqadamlik bilan o‘tishni ta'minlash, tarkibiy qayta qurishni amalga oshirish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlagan holda ishlab chiqarish munosabatlarini tubdan isloh qilish mumkin. 3. Ichki iqtisodiy strategiya har qanday siyosiy mafkura ta'siridan butunlay xoli bo‘lishi kerak. O‘tgan yillar iqtisodiyoti o‘ta siyosiylashtirib yuborilgan edi. Iqtisodiy maqbullikdan siyosiy kon'yunkturaviy manfaatlarning ustun kelishi sobiq Ittifoq xalq xo‘jaligini parokandalik yoqasiga, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning jiddiy buzilishiga, ishlab chiqarishning texnika jihatidan qoloqligiga olib keldi. Iqtisodiyot faqat unga xos bo‘lgan ichki qonuniyatlar asosida rivojlanmog‘i darkor. Bizning vazifamiz ularni yaxshi tushunib yetishdan va o‘z xalqimiz manfaatlari yo‘lida mohirona qo‘llashdan iboratdir. Shu bilan birga hozirgi bosqichda iqtisodiy muammolarni hal etishni asosiy siyosiy maqsadga - mustaqil demokratik davlatni qaror toptirishga bo‘ysundirish hayotiy muhim va ob'ektiv zaruriyatdir. 4. Ichki siyosatning yetakchi prinsiplaridan biri har bir kishining, korxonalar, tarmoqlar, mintaqalar va umuman davlatning manfaatlarini monand ravishda uyQunlashtirishni ta'minlashdan iboratdir.



Yüklə 238,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə