Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi


Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi



Yüklə 238,07 Kb.
səhifə2/5
tarix21.10.2023
ölçüsü238,07 Kb.
#129910
1   2   3   4   5
IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI

2.Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi
Islohotlar jarayonini huquqiy jihatdan ta’minlash, qonuniy asoslarini yaratishga alohida e’tibor berildi. „Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat. Yangi qonunlar turkumini ishlab chiqish va qabul qilish bir qancha sabablar tufayli zarur edi. Birinchidan, ilgari amal qilib kelgan qonunlar avvalgi totalitar tuzum manfaatlariga xizmat qilardi. Ularda korxonalarning iqtisodiy erkinliklari ham, xo‘jalik yuritishdagi tashabbusga ham, tadbirkorlikka ham o‘rin yo‘q edi. Ikkinchidan, ilgari O‘zbekistonda qabul qilingan qonun hujjatlarining hammasi umumittifoq talablariga moslashtirilgan bo‘lib, respublikamizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmas edi.
Uchinchidan, jahondagi demokratik meyorlar va yetakchi davlatlarning qonun chiqarish sohasidagi tajribalarini o‘rgangan holda O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘liga mos keladigan zamonaviy qonunchilikni shakllantirishi, islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash mexanizmini yaratish zarur edi. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratishga yo‘naltirilgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Ularni bir necha yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulkchilik to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, ijara to‘g‘risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni korxonalar to‘g‘risida, kooperatsiya to‘g‘risida, dehqon xo‘jaligi to‘g‘- risida, shirkat xo‘jaligi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi, banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, pul tizimi to‘g‘- risida, tadbirkorlik to‘g‘risida, sug‘urta to‘g‘risida, birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yuvchi qonunlar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo‘lishi haqida qonunlar qabul qilindi, Xo‘jalik-protsessual kodeksi ishlab chiqildi, Xo‘jalik sudi tuzildi.
3. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Òashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘- risida qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlar, ularning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. Respublika iqtisodiyotining huquqiy asoslari Prezident farmonlarida, hukumat qarorlari va boshqa meyoriy hujjatlarda yanada takomillashtirib borildi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning huquqiyiqtisodiy negizlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topdi. Islohotlarning birinchi bosqichida Oliy Kengash tomonidan iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi.
Shu bilan birga, xususiylashtirish chog‘ida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari yangi mulkdorlarga tekinga topshirildi.
Qishloq xo‘jaligi davlat xo‘jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirildi. Yodda tuting! O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘liga doir Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil: 1.Iqtisodning siyosatdan ustunligi, uni mafkuradan xoli etish. 2. Davlat bosh islohotchi va iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori. 3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning tengligi. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, izchil ravishda o‘tish kabilar asos qilib olindi. Davlat mulkini xususiylashtirish zaruriyati bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyatni barpo etishning asosiy shartidir. O‘zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g‘oyasidan voz kechildi, davlat mol-mulki yangi mulkdorga faqat sotish yo‘li bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirila boshlandi. O‘zbekiston Oliy Kengashi 1991-yil 18-noyabrda “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qildi. Dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini qamrab oldi. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish maqsadida 1992-yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq tugallandi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq meyoriy hujjat qabul qilindi. 1995-yili xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. 1998-yilga kelib xususiylashtirilgan korxonalar tarmog‘i keskin ko‘payganligi bilan xarakterlanadi.



Yüklə 238,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə