Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi


Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish. Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari



Yüklə 238,07 Kb.
səhifə4/5
tarix21.10.2023
ölçüsü238,07 Kb.
#129910
1   2   3   4   5
IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI

4.Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish. Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari
XX asrning so‘nggi o‘n yilligi jahon tarixiga ijtimoiy dunyoqarashda, jahon hamjamiyatining jug‘rofiy-siyosiy (geopolitik) tuzilishida tub o‘zgarishlar davri bo‘lib kiradi. Jahon yangi davrga qadam qo‘ydi. Bu davrning o‘ziga xos belgilari, bir tomondan, davlatlar va xalqlar o‘rtasida yaqinlashuv jarayonlari va hamkorlikning kuchayishi, yaxlit siyosiy va iqtisodiy makonlarning vujudga kelishi, yagona xalqaro meyorlar (normalar), qoidalar va andozalarga o‘tish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, sotsialistik lagerning yemirilishi, totalitar tuzumlarning tugatilishi, unitar tizimlar o‘rnida yosh mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishidir. Yer kurrasining oltidan bir qismida tub islohotlar davom etmoqda. Bu esa yangi tuzilgan mustaqil davlatlarda davlat qurilishi va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazish muammolari mintaqalarning doiralaridan tashqari chiqib, haqli ravishda umumjahon tusini olganidan yaqqol dalolat beradi.
Sobiq sotsialistik va boshqa mamlakatlar voqeligi keltirib chiqargan yangi hodisalar, munosabatlar va jarayonlar endilikda an’anaviy tushunchalarga mos kelmayapti. Mulkchilik, ishlab chiqarish munosabatlari, ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish omillari, boshqarishning bozor va rejali tartibga solish mexanizmlari, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi va ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyati kabi boshqa tushunchalar umuman yangi mazmun kasb etmoqda.
Aqidaga aylanib qolgan "kapitalistik" va "sotsialistik" tushunchalari o‘rtasida chegara qolmadi hisobi. Ularni sun’iy ravishda ajratish mustaqil rivojlanish va jahon hamjamiyati bilan yaqinlashuv yo‘liga o‘tgan mamlakatdagi ijtimoiy taraqqiyotga to‘siq bo‘ladi, xolos.Tafakkurning mafkuraviy aqidalardan xoli bo‘lgan, har bir mamlakatning va butun jahon ma’rifatparvarligining sifat jihatidan yangi holatga o‘tish shakllari va yo‘llarining xilma-xilligini ko‘rsatib beradigan yangi turi va uslubini yaratish zarurati yetildi. Hozir ijtimoiy, shu jumladan iqtisodiy rivojlanishning hammabop, har qanday mamlakat uchun birday tavsiya etish mumkin bo‘lgan andozalari yo‘qligi aniq-ravshan bo‘lib qoldi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishga tubdan yangicha yondashuvni, bunda sifat jihatidan yangi vazifalar hamda sharoitlarni, amaliy tajribani hisobga olishni, asosan o‘z kuchiga tayanishni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishda respublikaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladigan, O‘zbekistonning o‘tmishi, hozirgi kuni va kelgusi taraqqiyotiga to‘la-to‘kis mos keladigan mutlaqo yangi andoza, o‘ziga xos yo‘l zarur. Eng muhimi - bizning bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishdan boshqa yo‘limiz yo‘q. To‘plangan tajriba, ilmiy tahlil (analiz) va aql-idrok shundan dalolat bermoqda.
O‘zbekistonni huquqiy demokratik davlat sifatida qaror toptirishning dasturiy qoidalari, respublikaning bozor munosabatlariga o‘tish, ichki va tashqi siyosatni shakllantirish prinsiplari, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy ustuvorliklari va yo‘nalishlari "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li" risolasida bayon qilib berilgan, keyingi nashr va nutqlarda rivojlantirilgan hamda ularga aniqlik kiritilgan.
Avtomobilsozlik sanoati – mashinasozlik sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri sanaladi. U nafaqat mamlakat iqtisodiyotining o‘sishiga, balki mashinasozlik sohasiga qaysidir darajada dahldor bo‘lgan boshqa xo‘jalik tarmoqlarining rivojiga hamda ilmiy – texnik rivojlanish yo‘nalishlari taraqqiyotida ham muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, mazkur tarmoq rivoji yuqori malakali mutaxassislar: muhandis, menedjer, moliyachi va boshqa sohalar mutaxassislar sonining, keyinchalik sifatining yanada ortishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘z navbatida yoshlarning bilim darajasi va madaniyatini yuksaltirishi orqali jamiyatda insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishi jahon tajribalaridan ma’lum.
Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish. Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin Sanoatda tub islohotlar amalga oshiriddi, koʻpgina tarmoqdardagi Sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirilib, davlataksiyadorlik, korporativ, jamoa, xususiy va boshqa tashkiliyhuquqiy mulk shakllariga aylantirildi. Respublika iqtisodiyotida muhim oʻrinda turadigan Sanoat tarmoklarida tuzilmaviy qayta tarkiblash amalga oshirildi, koʻplab kichik va oʻrta korxonalar tashkil topdi (2000 yilda 6,4 ming oʻrta, 20,4 ming kichik korxona ishladi). Chet el kapitali bilan hamkorlikda koʻpgina Sanoat tarmoklarida qoʻshma korxonalar tashkil etildi jumladan, Asaka avtomobil zavodi, "British Amerikento bakko", "Zarafshon Nyumont", "Kabultekstaylz", "Koka kola", "Samkochavto" koʻshma korxonasi va b. Sanoat tarmoqlariga, ayniqsa, mahalliy xom ashyoni qayta ishlaydigan tarmoklarga chet el investitsiyalarini jalb etish faol davom etmoqda. Respublika sanoatida tarmoklarning tutgan oʻrni har xil. Sanoat tarmoklari orasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, shoyi toʻqish, konserva, yogʻmoy va boshqa sanoat tarmoklaridir. Kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, yengil va qurilish materiallari sanoati jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Sanoat taraqqiyotida yoqilgʻienergetika kompleksining oʻrni alohida.
O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish bo‘yicha 1994–2001-yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy– Uchquduq–Nukus temir yo‘li qurib bitkazildi. Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yo‘lovchilar tashish ishlarini maqbul holga keltirish, kommunikatsiyalarni jadal rivojlantirish, transportda yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish maqsadida 2004-yilda «O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi» tashkil etildi. Uyushma tarkibiga «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, «O‘zavtoyo‘l» kompaniyasi, transport kommunikatsiyalarini qurilishi bilan shug‘ullanuvchi respublika loyiha va qurilish tashkilotlari kiritildi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi boyicha harakatlar strategiyasi doirasida Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Aynan iqtisodiy sohada quyidagilarni amalga oshirish belgilandi.
Xulosa
Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari, bartaraf etish yo‘llari.Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida jahonda vujudga kelgan moliyaviy – iqtisodiy inqiroz O‘zbekistonga ham birmuncha salbiy ta'sirini ko‘rsatib o‘tdi. Mana shunday sharoitda xukumatimiz tomonidan puxta ishlab chiqilgan investisiya siyosati o‘zining ijobiy samaralarini berganligini bugungi kunda hammamiz buni yaqqol guvohi bo‘lib turibmiz. Yana respublikamiz iqtisodiyotini modernizasiyalash yo‘lida bormoqda. Darhaqiqat, bugun O‘zbekiston mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, ayniqsa, xususiy sektorni rivojlantirar ekan, investision faoliyatni jadallashtirishdagi xalqaro tajribalarga suyanmog‘i lozim. Binobarin, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil va nufuzli tarzda kirib borayotganligi mamlakatning iqtisodiy-siyosiy sohalaridagi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni talab qilishi tabiiydir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek: “Barchamiz bir oddiy haqiqatni yaxshi anglabolishimiz darkor – investisiyalarsiz modernizasiya ham, yangilanish ham bo‘lmaydi”. O‘zbekistonning bugungi kunda yirik xorijiy investisiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirishi uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asos va shart-sharoitlar yaratilgan. Lekin, O‘zbekistonga xorijiy investorlarni jalb qilish va ular kiritayotgan sarmoyalar miqdori hozirgi davr talablariga to‘liq javob bermaydi. Shuning uchun ham bozor islohotlarining navbatdagi bosqichida mamlakatimizga yirik xorijiy investiyalarni kiritish maqsadida ularni jalb etishning mavjud tizim va mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini hal etish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralishi lozim. Davlat mulkining iqtisodiyotdagi salmog‘i kamayib, xususiy sektorning o‘rni va rolining oshib borishi natijasida chet el investorlarida respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlariga, shu jumladan agrar sohaga sarmoya kiritish borasidagi qiziqishi ortib bormoqda. Biroq, imkoniyatlar chegaralangan bo‘lsada mamlakatdagi mavjud investision muhit ichki va xorijiy xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar uchun har qanday sharoitda ham bo‘sh turgan pul mablag‘larini investision faoliyatga jalb etish va undan daromad olishni kafolatlamog‘i lozim. Bu vazifani oqilona hal qilish, o‘z navbatida, samarali hisoblangan ustuvor tarmoqlarni aniqlash, mahalliy va xorijiy investisiyalarni rag‘batlantiruvchi maqbul.

Yüklə 238,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə