International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3


International Islamic Academy of Uzbekistan



Yüklə 60,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü60,73 Kb.
#151794
1   2   3   4   5
yoshlarda-reproduktiv-ongni-shakllantirishda-oilaga-qadriyatli-munosabatni-tarbiyalashning-psixologikpedagogik-jihatlari

International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-146-150 
 
 
 
 
 
150
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
4. Oilaviy qadriyatlarni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 
mavzuli sinf soatlari va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazish; 
5. Ota-onalar uchun oilaviy qadriyatlar va oilaviy qadriyatlarni shakllantirish 
bo‘yicha ma’ruzalar tashkil etish; 
6. Oilaviy qadriyatlar masalasiga oid pedagogik jarayonning barcha sub’ektlari 
ishtirokida “davra suhbati” o‘tkazish; 
7. O‘zbek milliy oilasining an’analari asosida ota-onalar va o‘qituvchilar bilan 
birgalikda dam olish va ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish; 
8. Tematik tanlovlar va loyihalarda ishtirok etish. 
Oilaga qadriyatli munosabatni shakllantirish jarayonida qo‘llanilishi taklif 
etilayotgan pedagogik texnologiyalar to‘plamiga quyidagi rivojlanish guruhlari 
kiradi: 
1) psixolog tomonidan tuzilgan o‘rta maktab o‘quvchilari uchun trening 
elementlari bo‘lgan ishlanmalar to‘plami; 
2) o‘smirlar uchun munozaralarni tashkil qilish texnologiyalari; 
3) bolalar va ota-onalarning birgalikdagi bo‘sh vaqtini tashkil etish 
texnologiyalari; 
4) ijtimoiy loyihalar; 
5) bolalar va ota-onalarning birgalikdagi ta’lim texnologiyalari. 
Yosh avlodda oilaga qadriyatli munosabatni tarbiyalash ularning oilaviy 
hayotga tayyorligi va mas’uliyatli ota-ona (onalik yoki otalik), zamonaviy 
innovatsion jamiyatga integratsiyalashuvining asosi bo‘lib, bunday ijtimoiy 
muammolarni hal qilishga yordam beradi. demografik inqirozni bartaraf etish, bolalar 
va yoshlarning g‘ayriijtimoiy xulq-atvori, oilalarning buzilishi kabi muammolarni 
oldini oladi. 
Xulosa qilib aytganda, yuqori sinf o‘quvchilarining qadriyat munosabatlarini 
muvaffaqiyatli tarbiyalash uchun tarbiya shakllari va usullari majmui kerak. 
Ta’limning u yoki bu usuli va shakllarini tanlash o‘qituvchining o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadlariga, bolalarning yosh xususiyatlariga va sinfning psixologik tayyorgarlik 
darajasiga bog‘liq. Maktab o‘quvchilarida oilaga nisbatan qadriyatli munosabatni 
shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarida an’anaviy va innovatsion 
shakllardan jamoaviy, guruh va individual ko‘rinishda foydalanish samaralidir. 
Oilaga qadriyatli munosabatni tarbiyalash psixologik usullarini tanlashda, 
birinchi navbatda, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va hayotiy tajribasiga tayanish 
kerak. Suhbat, muammoli-qiymatli muloqot, treninglar, muhokamalar, ijtimoiy 
loyihalar, bolalar va ota-onalarning birgalikdagi bo‘sh vaqtini tashkil etish kabi 
usullar oilaga qadriyatli munosabatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘rta maktab o‘quvchilarida oilaga qadriyatli munosabatni tarbiyalash 
o‘qituvchi va ota-onalarning yaqin hamkorligi kabi muhim tamoyilni amalga 
oshirishni nazarda tutadi. 

Yüklə 60,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə