Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


-rasm. Fagotsitoz reaksiyasi davrlari (sxemasi)



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə6/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Иммунология

51-rasm. Fagotsitoz reaksiyasi davrlari (sxemasi)



Tugallanmagan fagotsitozda patogen bakteriyalarning salbiy ta'siri natijasida fagotsit hujayrasi halok bo'lishi yoki patogen bakteriyalar uchun ko'payish, yashash manbasiga aylanishi mumkin. Organizmning nospetsifik himoyalanishidagi bu kamchiligi yuqorida bayon qilingan kasalliklarning o'tkir formasidan surunkali formasiga o'tishiga olib keladi. Bemor esa shu kasallik qo'zg'atuvchisining tashib yuruvchisiga aylanadi.
Odam organizmida bir qancha moddalar va omillar fagotsitoz hodisasini tezlashtiradi, bularga: komplement, gistamin, geterogen moddalar, clektrolitlar, kalsiy va magniy tuzlari, limfokinlar, antitelalar - opsoninlar va bakteriotropinlar kiradi. Fagotsitoz hujayralari organizmda faqat maxsus bo'lmagan himoyalanishni bajaribgina qolmay, balki maxsus immun javobda ham qatnashadi, ya'ni T va p limfotsillar uchun mikroorganizmlar antigenini aniqlab beruvchi (antigen prezentant) hujayralar hisoblanadi.
Organizmning normal mikroflorasi ham maxsus bo'lmagan himoyalanishda qatnashadi. Normal mikrofloraning ba'zi bir vakillari patogen mikroorganizmlarga nisbatan antogonistik munosabatda bo'ladi. Masalan, ichak tayoqchasi «Col» faktor ishlab chiqaradi, bu faktor antibiotik ta'sir mehanizmiga egadir (qorin tifi, ichburug' kasalliklarida).
Mctodik ko'rsatmalar
Lizotsim fermenti organizmning boshqa gumoral nospetsifik himoya faktorlari bilan bir qatorda, organizmda kechayotgan patologik jarayonlarning rivojlanishini baholashda muhim ahamiyatga egadir. Lizotsim fermentini biologik suyuqliklarda aniqlashning bir necha usullari mavjuddir.
So'lak tarkibidagi lizotsim fermentini tajribada qog'ozli disk usulida aniqlash
Tekshirilayotgan so'lak filtr qog'ozli diskga steril pinset yordamida olib shimdiriladi va M. lizodecticus ning 1 mlrd/ml kulturasi gazon usulida Petri kosachasidagi agarga ekilgan yuzaga joylashtiriladi (bitta kosachadagi agar yuzasiga 8-10 ta so'lak shimdirilgan disklar qo'yilishi mumkin). Tajriba qo'yilgan kosacha 37°C da bir kun davomida termostatda saqlanadi. So'lak shimdirilgan disk atrofidagi mikrokokk kulturasi o'sishi to'xtatgan zona diametri o'lchanadi va standart lizotsim bilan aniqlangan tajriba natijasi asosida formula asosida topiladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə