Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


Organizmning maxsus himoyalanishi (immunitet)



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə3/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Иммунология

Organizmning maxsus himoyalanishi (immunitet).

  • Organizmning nomaxsus himoyalanishi.

    Organizmning maxsus himoyalanishi (immunitet) - tug'ma va hayot davomida orttirilgan bo'ladi.
    Tug'ma immunitet - yuqumli kasalliklarga tug'ma berilmaslik holati, turga xos va individual bo'lishi mumkin.
    Turga xos immunitet - bir turga mansub bo'lgan hayvon yoki odamning, boshqa tur vakillarida yuqumli kasallik keltirib chiqaruvchi qo'zg'atuvchilarga berilmaslik holati tushuniladi. Turga xos immunitet odamning tur belgisi hisoblanadi va avloddan-avlodga o'tadi. Shuning uchun odam ba'zi bir hayvonlar og'riydigan yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaydi (tovuq vabosi). Turga xos immunitet har doim faol bo'ladi. Individual tug'ma immunitet esa passiv bo'lib, onadan immunoglobulinlar ko'rinishida yo'ldoshdan homilaga o'tishi (IgG - platsentar immunitet) mumkin. Shuning uchun yangi tug'ilgan chaqaloqlar bir necha oy yuqumli kasalliklardan himoyalangan bo'ladi.
    Hayot davomida orttirilgan immunitet - himoyalanishning bu turi o'ta maxsus bo'lib, har bir individ o'zining hayoti davomida yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilariga berilmaslik xususiyatlarini shakllantiradi, tabiiy va sun'iy bo'ladi. Hayot davomida orttirilgan tabiiy immunitet, o'z navbatida, aktiv va passiv shakllanishi mumkin.
    Hayot davomida orttirilgan tabiiy aktiv immunitet yuqumli kasallik bilan og'rib o'tgandan keyin uzoq vaqtga yoki bir umrga shakllanadi (qizamiq, ko'kyo'tal, bo'g'ma kasalliklariga qarshi).
    Hayot davomida orttirilgan tabiiy passiv immunitet - ona suti orqali chaqaloqga immunoglobulin, limfotsit, leykotsitlar va boshqa faktorlar ko'rinishida o'tkaziladi.
    Hayot davomida orttirilgan sun'iy immunitet ham, o'z navbatida, ikki ko'rinishda: aktiv va passiv shakllanadi. Hayot davomida orttirilgan sun'iy immunitet aktiv shakli turli antigen preparat - vaksina va anatoksinlarni yuborish orqali shakllantiriladi, passiv shakli esa tayyor immun zardoblar va immunoglobulinlar yuborish bilan hosil qilinadi. Hayot davomida orttirilgan sun'iy immunitetni shakllantirish orqali yuqumli kasalliklarning oldi olinadi.

    Yüklə 0,54 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə