Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilish



Yüklə 425,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix29.11.2023
ölçüsü425,12 Kb.
#141064
1   2   3   4   5   6   7   8
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idr

Tayyorlov guruh
Geometrik shakllar. 
Bolalarni doira, kvadratni ikki teng qismga bo‘lishga, olingan qismlarni «yarim», «ikkidan bir 
qism» deb atashga o‘rgatish. Aniq material yordamida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini 
belgilash.
Ko‘pburchaklar haqida tasavvur berish: uchburchak, to‘rtburchak-bu ko‘pburchak. Bolalarni ko‘pburchak 
elementlari (tomonlari, burchaklari, 
burchak uchlari) bilan tanishtirish.
Тayoqchalar 
yordamida 
turli 
shakllarni yasash.
Bolalarga doirani, kvadratni 4 ga 
bo‘lishni o‘rgatish. Aniq material 
asosida butun qismdan katta, qism esa 
butundan 
kichkina 
ekanligini 
belgilash.
Bolalarni
2
ta, 4
ta 
uchburchaklardan 
bitta 
ko‘pburchaklar 
tuzishga, 
kichik 
to‘rtburchakdan 
bitta 
katta 
to‘rtburchak 
tuzishga 
o‘rgatish.
Beshburchak va oltiburchak bilan 
tanishtirish.
Yetishmagan shakl, jismni (shar, 
kub, silindr) topishga doir mantiqiy 
masalalarni yechishni o‘rgatish.



Geometrik shakllar ko‘rinishini o‘zgartirishga o‘rgatish: kichik uchburchaklardan to‘rtburchak shaklini yasash va 
boshqalar. Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan bir necha ayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini 
o‘zgartirish.
Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilish.
Kichik guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish 
Uch yoshli kichkintoylar dumaloq buyumlarni va burchaklari bor buyumlarni farq qilishga, ya’ni buyumlarning 
shakllarini elementar tahlil qilishga o‘rgatiladi.
Qarash uchun geometrik shaklga ega bo‘lgan, detallari yo‘q oddiy shakldagi buyumlar tanlanadp. Buning uchun 
dastlab, har xil rangdagi, ammo bir xil shakldagi, bir xil buyumlardan, masalan: uchburchak, kvad-drat, to‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklidagi bayroqchalardan foydalanish maqsadga muvofiq, bu kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga 
yordam beradi. Shundan keyin har xil rangli bir xil buyumlarni sodda shakldagi istalgan buyumlar (koptok, ip koptok 
g‘ildiraklar)ni berish mumkin.
Tarbiyachi bolalarga buyumlarning shakllarini payqash — harakat yo‘li bilan, “shakl” so‘ziga urg‘u bergan holda 
tahlil qilishni o‘rgatadi. U buyum konturi (tashqi ko‘rinishi) ustidan ko‘rsatkichni yuritib chiqadi, oxirida u buyum 
ustidan qo‘lini o‘tkazib “dumaloq” (g‘ildirak), — deydi.



Bolalarni birgalikda harakat qilishga jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Kichkintoylar tarbiyachining qo‘l harakatini 
kuzatib, xuddi shunday harakatni havoda bajarishga “yordam” berishadi. Buyum konturi ustidan qo‘l yoki ko‘rsatkich 
barmoq aylantirib chiqiladi. Har galgi harakat buyum ustidan qo‘lni tekkizib chiqish bilan tugaydi, shunday qilinmasa, 
shakl haqidagi tasavvur kontur chizig‘i bilan bog‘lanib qolishi mumkin. Tarbiyachi bolalarda buyumlar konturini o‘rab 
olish ularni qo‘l bilan qamrab olish, qo‘lni sirt bo‘yicha siypalab chiqish, buyumlarni dumalatish, ularni har-xil holatga 
qo‘yish istagini uyg‘otadi. Natijada yumaloqlangan va burchakli buyumlarning xossalarini (turg‘un, turg‘un emas va 
h.k.) topadilar.
“Shakli bo‘yicha o‘xshashlarini tanla” kabi o‘yin-mashqlardan foydalanish mumkin. Chaqirilgan bola o‘z buyumini 
tekshirib chiqib, uni shu shakldagi buyumlar turgan stolga o‘tkazib qo‘yishi kerak. Keyinroq bolalar buni mustaqil 
bajaradilar, masalan, o‘z stollari yonida o‘tirgan hollarida har xil shakldagi buyumlarni ajratib qutilarga solishadi: bir 
qutiga-dumaloq (doiraviy), ikkinchi qutiga burchakli (burchaklari bo‘lgan) buyumlarni solishadi.
Kichik guruhda bolalar doira va kvadrat bilan tanishtiriladi. Buning uchun tarbiyachi dastlab har bir bolaga 2 tadan 
geometrik shakl, masalan, qizil doira va yashil kvadrat beradi (tarbiyachining o‘zida ham shular bo‘ladi). Tarbiyachi 
bolalarga 2 ta shakldan bittasining nomini aytmagan holda ko‘rsatadi va ulardan xuddi shunday shaklni topish va ko‘r-
satishni so‘raydi. So‘ngra ikkinchi shaklni ko‘rsatib, bolalardan o‘z stollaridan xuddi shunday shaklni topib ko‘rsatishni
so‘raydi. Maktabgacha yoshidagi bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish metodikasida buyumlarni payqash — 



harakat yo‘li bilan tekshirish usullariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Buni qanday bajarishni tarbiyachi ko‘rsatadi: u 
bolalarni birga ishlashga jalb qilgan holda, buyum konturi ustidan bir necha marta ko‘rsatkich barmog‘ini yuritib chiqadi 
(bola har bir shakl konturi ustidan qo‘lini yuritib chiqadi). Bunda u shakl nomini aytadi. Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar 
tarbiyachining har bir geometriq shakl konturini hosil qilayotgan qo‘l harakatini kuzatishadi. Shundan keyin o‘zlari shakl 
konturi bo‘yicha barmoqlarini yuritib chiqib, uning nomini aytishadi. Bolalarni kontur ustidan barmoq yuritib chiqish 
bo‘yichamashq qildirish uchun 2—3 ta doira, kvadrat tasvirlangan kartochkalardan ham foydalanish mumkin.
O‘z tarbiyalanuvchilarini doira va kvadratni ajrata olish bo‘yicha bir necha marta mashq qildirib, tarbiyachi 
bolalarni shakllar bilan aktiv harakat qilishga (qo‘lga olish, bir-birining ustiga qo‘yish, qator qilib qo‘yish) chorlaydi. Bu 
bolaga geometrik shakllarning nomlari va shakllarini eslab qolishga yordam beradi.
Keyingi mashg‘ulotlarda tarbiyachi o‘zidagiga qaraganda kichiko‘lchamdagi, ammo rangi bir xil bo‘lgan doira va 
kvadratlarni beradi, so‘ngra esa namunadan o‘lchami ham, rangi ham farq qiladigan doira va kvadratlarni beradi.
Bolalarning doira va kvadrat haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun (“Doirani o‘ng qo‘lingga ol”, 
“Kvadratni chap qo‘lingga ol”, “Qo‘lingda turgan narsaning nomini ayt”, “Hamma doiralarni yuqori chiziqqa, hamma 
kvadratlarni pastki qiziqqa qo‘y” kabi topshiriqlardan, shuningdek “Top-chi, xaltada nima bor”, “Juftini ton”, “O‘z 
uyingni top” kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin.


10 
Bunday topshiriqlarga mashg‘ulotning bir qismini ajratish kerak, qolgan vaqtda esa doira va kvadratlardan 
ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan va tarqatma material sifatida foydalanib, buyumlar to‘plamini yoki bitta buyumni 
topish, yoki yoniga qo‘yish yo‘li bilan buyumlar guruhlarini taqqosla-sh kabi mashqlarga bag‘ishlash mumkin. Bolalarni 
buyumlarni ularning tasvirlari bilan mos keltirish bo‘yicha (“Buyum va uning tasviri”, “Bizning tomorqa” kabi 
o‘yinlarda) mashq qildirish ham foydali.
Oxirgi o‘yinda bolalar buyumning kontur va yassi tasviri orasidagi moslikni idrok qilishni mashq qiladilar. 
Buyumlar shaklini abstrakt geometrik shakllar bilan taqqoslash kichkintoylar uddalay oladigan ish. Bolalar geometrik 
shakllarni har qanday buyumni — koptokni, g‘ishtni va boshqa narsalarni qanday idrok qilsalar, shunday idrok qiladilar.
Binobarin, bolalar qurilishkomplektlarida, mozaikalarda har xil geometrik shakllar bilan doimo uchrashadilar va 
ular shakllarning to‘g‘ri nomlarini bu nomlarni eslab qolish shart bo‘lmasa ham, eshitishlari kerak.
Har xil shakldagi teshiklar ochilgan taxtachalar, teshikli yashiklar (bu teshiklarga shakli bo‘yicha tegishli shakllar 
qo‘yiladi) bilan o‘ynar ekanlar, ular-aslida geometrik obyektlarning shakli bo‘yicha mos keltirish harakatlarini 
egallaydilar.
To‘plangan sensor tajriba, maxsus mashg‘ulotlarda yumaloqlangan va ko‘pburchak shaklidagi buyumlar bilan 
ishlash asosida kichkintoylar doira va kvadrat bilan tanishadilar.


11 
Birinchi shunday mashg‘ulotda bolalar katta va kichik doiralarni, ikkinchi mashg‘ulotda esa, doira va kvadratlarni 
farq qiladilar.
Har bir bolaga turli ko‘rinishdagi va har xil rangli, ikki-uch o‘lchamli ikki-uchta shakl beriladi. Shakllar karton, 
faner, yoki qalin qog‘ozdan tayyorlanadi. Doiralar va kvadratlar tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Har qaysi 
jadvalda ikki-uchtadan shakl har xil holat va har xil kombinatsiyalarda beriladi. Bolalar shakllarni tekshirib, ularning 
shakllari bo‘yicha ajratadilar, masalan, kartochkaning yuqori chizig‘iga doiralarni, pastki chizig‘iga kvadratlarni 
qo‘yadilar. Qaysi shakllar ko‘p, qaysi shakllar kam ekanini topadilar, shakllar nomini aytadilar.
Таrbiyachi bolalarga o‘yin-toshliriqlarini berib shakllarni tanish va atash 
bo‘yicha mashq qildiradi: “O‘ng qo‘lingda kvadrat, chap qo‘lingda doirani 
keltir”, “Qo‘limda nima borligini top”, “Xuddi shunday shakl top” (bolalar 
tarbiyachidagi shakl shaklidagi shaklni topadilar), shuningdek, bunda “Shakllar 
dominosi”, “O‘z uyingni top” (uychalar har xil shakldagi belgilar bilan 
belgilanadi) kabi o‘yinlardan
foydalanadi. Natijada kichkintoylar o‘lchami 
va
rangiga
bog‘liq
bo‘lmagan doira, kvadratlarni topishadi, doiraning 
dumalashini,
uning burchaklari yo‘qligini, kvadrat dumalamasligini, 
uning burchaklari ko‘pligini bilib oladilar.


12 
Tarbiyachi to‘plamlarning tengligi bilan tanishtirishda tarqatma va demonstratsion material sifatida doiralar va 
kvadratlardan foydalanadi, bolalarnishakllarning aniq nomlarini ishlatishga o‘rgatadi.

Yüklə 425,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə