Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilish


Katta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish



Yüklə 425,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix29.11.2023
ölçüsü425,12 Kb.
#141064
1   2   3   4   5   6   7   8
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idr

Katta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish 
Каtta 
guruhga 
kelguncha 
bolalarda 
yetarlicha katta sensor tajriba to‘plangan 
va 
shakllarni 
tekshirish 
ko‘nikmasi 
takomillashgan 
bo‘ladi. 
Tarbiyachi 
bolalarning geometrik shakllarning shakllari 
haqidagi 
bilimlarini 
mustahkamlash 
uchun o‘rta guruh materialini takrorlagandan 
keyin, ularga atrofdagi buyumlardan 
doira, uchburchak, kvadrat shaklini topishni 
o‘rgatadi. Masalan, u tarelkaning tagi, 


18 
stol ustining sirti, fortochka, qog‘oz varag‘i va boshqalar qanday geometrik shaklni zslatadi, deb so‘raydi. Tarbiyachi 
“Loto” tipidagi o‘yin tashkil qilishi mumkin. Bolalarga rasmlar (har biriga 3—4, tadan) beriladi, ular shu rasmlar 
orasidan tarbiyachi ko‘rsatayotgan shaklga o‘xshash shaklni izlashlari kerak. Shundan keyin bola nima topganini aytadi 
va gapirib beradi.
Tarbiyachi yordamida bolalar geometrik shakllardan har xil naqshlar, o‘zlariga tanish buyumlar: uchburchaklardan 
gilam, kvadrat va doiralardan avtomobil, kvadratlar va uchburchaklardan qayiq va boshqa narsalar tuzadilar. Katta 
guruhda bolalar yangi tushuncha—“kvadrat” bilan tanishtiriladi. Bunda tarbiyachi bolalarda mavjud bo‘lgan kvadrat 
haqidagi tasavvurlardan foydalanadi. Chunonchi, mashg‘ulotda bolalar har xil kattalik va rangdagi 5 ta kvadrat olishadi. 
Tarbiyachi bular nimasi bilan farq qilishini so‘raydi, ularni kattaliklari chapdan o‘ngga qarab kamayib boradigan tartibda 
joylashtirishni taklif qiladi. Bu shakllar nimasi bilan o‘xshashligini so‘raydi. Bolalar e’tiborini har qaysi kvadratda 
qancha tomon va qancha burchak borligiga qaratadi. Shundan keyin tarbiyachi uchburchakning nechta burchagi borligini 
eslashni taklif qiladi. Bolalarni bunday xulosaga keltiradi: 3 ta burchagi bo‘lgan shaklni uchburchak deyiladi, agar 
shaklda 4 ta burchak bo‘lsa, uni to‘rtburchak deb atash mumkin. O‘z-larida nechta uchburchak va nechta to‘rtburchak 
borligini so‘raydi. Navbatdagi mashg‘ulotda bolalar ikki xil to‘rtburchak— kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak oladilar; 
ikkala shaklni taqqoslaydilar, ular nimalari bilan o‘xshash, nimalari bilan farq qilishini aniqlashadi. So‘ngra tarbiyachi 
bolalarning bilimlarini mustahkamlash uchun ularga qog‘ozga har xil to‘rtburchaklarchizishni; qog‘ozga hamma 


19 
tomoni teng to‘rtburchak chizishni va ular nima deb atalishini aytishni; ikkitadan tomoni teng to‘rtburchak chizishni; 
cho‘plardan har xil to‘rtburchaklar tuzishni; to‘rtburchak shaklidagi buyum-larni topish va aytishni; 2 ta teng 
uchburchakdan, 4 ta teng kvadratdan to‘rtburchak tuzishni taklif qiladi.
Bolalar geometrik shakllarning shakllarini bilganliklari uchun ular bilan qiyinlik darajasi har xil bo‘lgan,masalan, 
“Tavsifi bo‘yicha top”, “Kim ko‘p ko‘radi?”, “Xuddi shunday naqsh top”, “Har qaysi shaklni o‘z joyiga qo‘y”, “Shakli 
bo‘yicha tanla” kabi didaktik o‘yinlarnio‘tkazish mumkin.
Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish uchun bir nechta mashg‘ulot ajratiladi. Ularning mavzusi: oval bilan 
doirani, to‘g‘ri to‘rtburchakbilan kvadratni va, nihoyat, uchburchaklar bilan 
to‘rtburchaklarni taqqoslashga oid bo‘ladi.
Маshg‘ulotlarni bunday tuzish mumkin. Mashg‘ulotnint birinchi qismida 
geometrik shakllar qaraladi, tekshiriladi va taqqoslanadi. Mashg‘ulotning ikkinchi 
qismida shakllarning xossalari va belgilari haqidagi bilimlarni taqqoslashga doir har 
xil mashqlar o‘tkaziladi. Nihoyat, uchinchi qismda bolalarga buyumlarning shaklini 
shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotning birinchi qismida tarbiyachi bolalarning geometrik shakllar bilan bajaradigan tekshirish ishlari 
sistemasini tashkil qiladi. Tarbiyachi ketma-ket savollar qo‘yadi, bolalarning e’tiborini shakllarning xususiyatlari va 


20 
xossalariga, o‘xshashlik va farq qilish belgilariga qaratadi, ishlash usullarini aytib, bolalarning javoblarini aniqlashtiradi. 
Masalan, bolalarni oval bilan tanishtirishda tarbiyachi ovaldan barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi, bolalardan u 
qanday shaklni eslatishini so‘raydi. Bunda tarbiyachi doirada va ovalda burchaklar yo‘q ekanini, ular dumaloq uzluksiz 
chiziqdan hosil bo‘lganini ta’kidlaydi, bolalardan shaklni stolda dumalatishni, atrofidan barmoqni yuritib chiqishni taklif 
qiladi.
Oval doiradan nimasi bilan farq qilishini ko‘rsatishuchun tarbiyachi ovalni doira ustiga qo‘yishni, so‘ngra doirani 
ovalning ustiga qo‘yishni, doira o‘rtasinitopishni va unga nuqta qo‘yishni hamda doira har xil tomonga — yuqoriga, 
chapga, o‘ngga bir xil kengayi

Yüklə 425,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə