Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilish


O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish



Yüklə 425,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix29.11.2023
ölçüsü425,12 Kb.
#141064
1   2   3   4   5   6   7   8
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idr

O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish 
O‘quv yilining dastlabki oylarida maktabgacha yoshidagi bolalarning o‘zlariga tanish geometrik shakllar — doira 
va kvadratlarni farq qilish hamda to‘g‘ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni guruhlarning miqdoriy 
taqqoslash 
va 
sanoqqa 
o‘rgatish 
mashqlari bilan bir vaqtda o‘tkazish 
maqsadga 
muvofiq. 
Bolalarga 
“Bilgin-chi, bunda nechta kvad-rat 
bor”, “Nima ko‘p, doiralarmi yoki 
kvadratlarmi?” kabi topshiriqlar va 
savollar beriladi.
O‘rta guruh dasturida bolalarni 
uchburchak bilan tanishtirish nazarda 
tutilgan. Bolalarni bu shaklni tanish 
va aytishga, doira va kvadratlarni farq 
qilishga o‘rgatish kerak. Bu ishlarni 
amalga 
oshirish 
usullari 
kichik 
guruhda 
foydalanilgan 
usullarga 
o‘xshaydi, bular: shaklni payqash— 
harakatni tekshirish, u bilan har xil 
amaliy ishlarni tashkil qilish.
Uchburchak bilan tanishtirish uni 
doira va kvadrat bilan taqqoslash 
asosida o‘tkaziladi. Dastlab shakllar 
juftlab taqqoslanadi, masalan, birinchi 


13 
mashg‘ulotda uchburchak bilan doira taqqoslanadi. Tarbiyachi uchburchakni ko‘rsatib, bolalar e’tiborini burchaklarga 
qaratgan holda uchburchak konturi bo‘ylab barmog‘ini (ko‘p marta) yuritib chiqadi. “Barmoq burchakkacha boradi
to‘xtaydi, burchakni aylanib, yana nariga ketadi. Yana bir marta burchakkacha boradi, burchakni aylanadi, yana nariga 
ketadi”,—deb tushuntiradi tarbiyachi. U shaklni aytadi (“Bu — uchburchak”), uning qanday rangda ekanini so‘raydi, 
bolalarning e’tiborini uchburchakning tomonlari borligiga, ular 3 ta ekaniga, burchaklari borligiga va ular ham 3 ta 
ekaniga qaratadi. Shundan keyin tarbiyachi bolalardan o‘z uchburchaklarini ko‘rsatishni, ularni sanashni, uning 
burchaklari nechta ekanini so‘raydi. Keyingi mashg‘ulotlarda uchburchak bilan kvadrat shunga o‘xshash taqqoslanadi, 
shundan keyin esa doira, kvadrat va uchburchak bir vaqtda taqqoslanadi.
Tarbiyachi bolalar e’tiborini uchburchaklar,
doiralar
va kvadratlar katta o‘lchamli ham, kichik o‘lchamli ham 
bo‘lishiga qaratadi, har xil rangli katta va kichik shakllarni ustiga qo‘yish usuli bilan taqqoslashni taklif qiladi, shakli 
bir xil bo‘lgan shakllar har xil rangli va har xil o‘lchamli bo‘lishi mumkinligini tushuntiradi.
O‘rta guruhda tarbiyachi bolalarda har xil shakldagi shakllarni idrok qilish tajribasini to‘plashida davom 
ettiradi. Bolalar ikki-besh qismdan iborat sodda va murakkabroq shakldagi buyumlarni ko‘zdan kechirishadi va 
rasmlarini chizishadi, ularni loy va plastilindan yasashadi, bunda qismlarning shakli hozircha geometrik etalonga 
yaqin bo‘ladi (bular piyola, jo‘ja va boshqa narsalar bo‘lishi mumkin).


14 
O‘rta guruhda tarbiyachi predmetlar shaklini sezish — harakat va ko‘rish bilan — tekshirishni tashkil qiladi. 
Tekshirish natijalari dumaloq (doiraviy), to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida kabi so‘zlar bilan mustahkamlanadi.
Bu guruhda “Buyum o‘zi haqida nima deydi?”, “Qismlariga ko‘ra buyumning o‘zini bil”, “Buyumlar dominosi” 
kabi o‘yinlardan va shuningdek kubchalar, qirqma rasmlardan foydalanish mumkin.
Geometrik obrazlar haqidagi dastlabki ma’lumotlarni bolalar o‘yinlardan, mehnatdan, kundalik hayot (turmush)dan 
oladilar. Ular tarbiyachiga taqlid qilib, mozaikalar va qurilish materiallari komplektiga kiruvchi u yoki bu buyum nomini 
aytadilar. Ularning xossalari bilan amalda tanishadilar.
Matematika mashg‘ulotlarida sanoqqa o‘rgatish uchun doiralar, uchburchaklar va boshqa narsalardan ko‘rsatma 
material sifatida foydalaniladi. Bolalar shakllar miqdorini aniqlab, ularni aytishadi.
Mashg‘ulotlarda bolalarni doira, kvadrat, uchburchakning ba’zi belgilari bilan keyinroq esa, to‘g‘ri to‘rtburchakning 
belgilari bilan tanishtirish, shakllar har xil o‘lchamli va har xil rangli bo‘lishini ko‘rsatish kerak. Bolalar tarbiyachi bilan 
birga katta o‘lchamli (diametri 15 sm) shakllarni qarashadi, kichik o‘lchamdagi xuddi shu shakllarni ko‘rsatishadi.
Bolalarga o‘z konvertlaridagi shakllarni ajratish va ular qanday shakllar ekanini va qanchaligini aytishtaklif qilinadi.
Tarbiyachining topshirig‘iga binoan, bolalar shakllarning kattaliklari bo‘yicha ortib va kamayib borish tartibida 
joylashtiradilar, har xil shakllarning miqdorlarini taqqoslab, qaysi shakllar kam, qaysi shakllarning miqdori barobar 
ekanini aniqlaydilar. Birinchi mashg‘ulotda bolalarga shakllarning bir xil komplekti beriladi, keyingi mashg‘ulotlarda 


15 
esa har qaysi bola shakllarning shunday komplektini oladiki, unda shakllarning miqdori, rangi va o‘lchami har xil 
bo‘ladi.
Tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan, bolalar shakllarni ikki poloskali kartochkalarga shakli, rangi, kattaligi 
bo‘yicha joylashtiradilar, so‘ngra poloskalarning har qaysisidagi shakllar miqdorini taqqoslaydilar.
Shunday mashg‘ulotlar o‘tkaziladiki, ularda bolalar kvadratlar bilan to‘g‘ri to‘rtburchaklarni taqqoslaydilar va 
ularning ba’zi xususiyatlari bilan tanishadilar. Masalan, tarbiyachi bolalarga kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak olishni, 
navbati bilan ularning konturlaridan barmoqlarini yuritib chiqishni va ular nimalari bilan farq qilishini o‘ylab ko‘rishni 
taklif qiladi. Bolalar kvadratni to‘g‘ri to‘rtburchak ustiga qo‘yib, shakllarni taqqoslashadi va to‘g‘ri to‘rtburchak uzun 
ekanini, u shunisi bilan kvadratdan farq qilishini ko‘rishadi.
Bolalar sanashni o‘rganib olishganidan keyin, ular tanish shakllarniig elementlari bilan, ya’ni tomonlari va 
burchaklarining mavjudligi hamda ularning miqdori bilan tanishtiriladi.
Tarbiyachi kvadratning bir uchidan ikkinchi uchigacha barmog‘ini yuritadi va bu kvadratning tomoni ekanini 
aytadi. Kvadratning hamma tomonini ko‘rsatadi.
Shuni kuzatish kerakki, bolalar “burchak” so‘zini burchakning uchi bilan, ya’ni burchakni hosil qiluvchi nurlar 
(tomonlar) chiqadigan nuqta bilan bog‘lamasinlar. Shuning uchun burchak ko‘rsatilayotganda, qo‘lni burchak tekisligida 
bir tomondan ikkinchi tomongacha surib borib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.


16 
Bolalar o‘z kvadratlari va to‘g‘ri to‘rtburchaklarining tomonlarini topishadi, so‘ngra esa burchaklarini topishadi, 
tomonlar va burchaklar miqdorlarini sanashadi, kvadrat va to‘rtburchakning to‘rttadan burchagi va to‘rttadan tomoni 
borligini aniqlashadi.
Navbatdagi mashg‘ulotda ular uchburchaklarni ham xuddi shunday tekshirishadi, hamma uchburchakda uchtadan 
burchak va uchtadan tomon borligini aniqlashadi. Bunday mashqlarni bolalar shakllarni tekshirib, ko‘yilgan savolga 
javobni mustaqil izlab topa oladigan qilibtuzish kerak.
Geometrik shakllar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi bolalarga oldin gugurt cho‘plaridan shakl
tuzishni, so‘ngra ornament hosil qilishni taklif qiladi.
Shakllarni farq qilish va aytnsh bo‘yicha mashq qildirish uchun “Nima o‘zgardi?”, “Nima yo‘q bo‘ldi?”, “Shakllar 
dominosi”, “Xuddi shunday shaklni ko‘rsat” kabi didaktik va harakatli o‘yinlardan foydalaniladi. Masalan, tarbiyachida 
disk bo‘lib, unga doira bo‘ylab har xil geometrik shakllar joylashtiriladi. U disk strelkasini surish bilan goh u shaklni, 
goh bu shaklni ko‘rsatadi, bolalar esa, o‘z shakllari orasidan xuddi shunday shakllarni topishadi, ko‘rsatishadi va nomini 
aytishadi.
“O‘z uychangni top” o‘yinida polga chizilgan yoki chilvirdan "tuzilgan doiralar, kvadratlar, uchburchaklar va 
boshqa shakllar uycha bo‘lishi mumkin. Katta o‘lchamli shakllar shaklini aniqlash bolalarga qiyinlik qilishkni hisobga 
olib, bunday o‘ychalar o‘lchamlarini tobora kattalashtirib borish maqsadga muvofiq.


17 
Individual mashqlar uchun “Juftini top”, “Kartochkaga mos shakl tanla” va boshqa o‘yinlardan foydalanish
maqsadga muvofiq. Bolalar shakllarning rangli va kontur tasvirlarini mos qo‘ynshadi, shaklga mos shakl tanlashadi.
Yil oxirida bolalar sodda geometrik shakllarni nafaqat farq qilishadi va aytishadi, balki ularning ba’zi belgilari 
bo‘yicha oriyentir oladigan bo‘lishadi. Bolalarni buyumlar shaklini geometrik shakllar bilan taqqoslashga o‘rgatish 
mumkin. Shu maqsadda maxsus mashqlardan foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi stolga geometrik shaklni qo‘yadi, 
bolalar esa shu shakldagi buyumlarni tanlashlari kerak. Geometrik shakl — namuna shakl ayrim bolalarga berilishi ham 
mumkin, ular shaklni va o‘zlari tanlagan buyumni ko‘rsatishadi.
Mashqlarni “Xuddi shu shakldagi buyumni top”, “Men nimani aytsam, shuni top”, “Topshiriq” va boshqa o‘yinlar 
shaklida o‘tkazish maqsadga muvofiq. Tarbiyachi har qaysi shakldagi buyumdan ikki-uchtadan tanlaydi. Asta-sekin 
ularning miqdorini to‘rt-beshtaga yetkazish mumkin.

Yüklə 425,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə