Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilish


Oval bilan ham xuddi shunday amal bajariladi



Yüklə 425,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix29.11.2023
ölçüsü425,12 Kb.
#141064
1   2   3   4   5   6   7   8
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idr

Oval bilan ham xuddi shunday amal bajariladi. 
Bolalar odatda doira bir xil, oval esa uzoqroq,cho‘ziqroq kengayishini ta’kidlab, to‘g‘rixulosa chiqarishadi.
Kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslashda tarbiyachi bolalarga ketma-ket savollar beradi; o‘xshashlik va farq 
qilish alomatlarini topishda bolalarga yordam beradi. Bu boradagi suhbat quyidagichao‘tkazilishi mumkin:
Tarbiyachi. Bu shakllarnima deb ataladi?
Bolalar. Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak.


21 
Tarbiyachi. Biz kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslab, ular nimasi bilan o‘xshash va nimasi bilan farq 
qilishini bilibolamiz. Kvadrat oling va undan barmoq yuritib chiqing. Kvadratda nimalar bor? (Bolalar kvadratning 
tomonlari va burchaklarini topishadi va ko‘rsatishadi.)
Tarbiyachi. To‘g‘ri to‘rtburchakda nimalar bor? Kvadratda va to‘g‘ri to‘rtburchakda nechtadan tomon va nechtadan 
burchak bor? (Tomon va burchaklarni sanab chiqish zarurligi aniqlanadi.) Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakda burchaklar 
soni tengmi?
Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakning burchak va tomonlarining soni haqidanima deyish mumkin? Kvadrat 
tomonlarining kattaligi haqida nima deyish mumkin? Qanday tekshirish mumkin?
Hajmli geometrik shakllar bilan tanishtirishda bolalar har xil tekshirish harakatlari sistemalaridan foydalanishadi: 
kontur bo‘ylab barmoqlarini yuritib chiqadilar, ularning sirtlarini qo‘llari bilan silab chiqadilar, asosni tavsiflaydilar, 
yonlarni sanaydilar, ularning kattaliklarini taqqoslaydilar, bunda bevosita taqqoslash usulidan foydalanadilar.
Masalan, tarbiyachi bolalar bilan birga shar, silindrni tekshiradi. U bolalardan sharni, silindrni dumalatishni 
so‘raydi, so‘ngra ularni to‘xtatib, tushuntiradi: sharga tegsangiz, u dumalaydi, shar juda turg‘un emas, silindr esa 
dumalashi ham, turishi ham mumkin.
Тarbiyachi qog‘oz
varag‘iga 
silindrni qo‘yib, qalam aylantirib 
chiqishni 
taklif 
qiladi. 
Chizilgan 
doiracha bilan silindr asosi orasidagi 


22 
bog‘lanish o‘rnatiladi
Bolalar silindrning asosi bo‘ylab barmoqlarini yuritib chiqadilar. Ular “uning tagi doira” deyishadi.
Har xil mashqlar bolalarning geometrik shakllar haqidagi bilimlarini mustahkamlash va aniqlash imkonini beradi. 
Masalan, bolalarga plastilindan kub, silindr, shar yasashni, qog‘ozdan kvadratlar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar va 
uchburchaklar qirqish, shaklni ikki va to‘rt qismga bo‘lishni, va aksincha, qnsmlardan butun tuzish, bir xil shakllardan 
boshqa shakllar tuzishni (ikkita kvadratdan to‘g‘ri to‘rtburchak tuzish va b.), cho‘plardan u yoki bu shaklni yasashni 
taklif qilish mumkin. Chunonchi, tarbiyachi bolalarga cho‘plardan uchburchak (to‘g‘ri to‘rtburchak) tuzish va unga 
nechta cho‘p ketganini gapirib berishni taklif qiladi va uchta, oltita cho‘pdan qanday shakl tuzish mumkinligini o‘ylab 
ko‘rishni so‘raydi.
Bolalar geometrik shakllarning har xil alomatlariga ko‘ra, ya’ni shakli, rangi, kattaligi bo‘yicha guruhlarga 
ajratadilar, ularni kattaliklariiing kamayib borishi yoki o‘sib borishi tartibida jonlashtiradilar.
Bolalarga shakli yoki rangi bo‘yicha o‘xshash figuralarni tanlashda ularga nechta guruh hosil bo‘lishini o‘ylab 
ko‘rishni taklif qilish, so‘ngra amaliy ishlarni bajarish foydalidir. Muhimi, bolalar u yoki bu topshiriqni bajarib, nima 
qilganliklari va natijada nima hosil bo‘lganini, ya’ni u yoki bu guruhga qancha va qanday shakllar kirganini gapirib 
berishlari shart.


23 
Bolalarga u yoki bu shaklni tavsifi bo‘yicha topishni yoki “Paypaslab bil” kabi o‘yinlarda shaklni mustaqil 
tavsiflashni taklif qilish mumkin.
Mashg‘ulotlarda va kundalik turmushda didaktik o‘yinlar o‘tkaziladi. Masalan, “Har qaysi shaklni o‘z o‘rniga qo‘y” 
o‘yini geometrik shakllarning bir qator alomatlarga ko‘ra o‘zgarishini, jumladan, proporsiyalar bo‘yicha, kattaliklari 
bo‘yicha o‘zgarishini ko‘rsatish imkonini beradi.
Bolalarga buyumlarning shaklini shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash asosida aniqlashni o‘rgatishga katta 
ahamiyat beriladi.
O‘yin va mashqlar uchunmayda o‘yinchoqlarva boshqa narsalar tanlanadi.
Buyum shaklini baholab, bolalar uning biror geometrik obrazga o‘xshashliklarinigina emas, balki undan farqlarini 
topishlari ham muhimdir. Tajriba bolalarga bu juda qiyinlik qilishini ko‘rsatmoqda.
Buyumlarning o‘zlari bilan bir qatorda bolalar ular tasvirlangan rasmlarni tanlaydilar. Ular oldin geometrikobraz 
bo‘yicha, 
keyinroq 
esa 
og‘zaki ishlaydilar.
To‘g‘ri 
to‘rtburchak 
tomonlarining kattaliklari haqida nima 
deyish 
mumkin? 
Qanday 
tekshirish mumkin?
Har 
xil 
usullardan 
foydalanish 
mumkinligi 
aniqlanadi: 
shaklni teng ikki buklab, oldin 
qarama-qarshi 
tomonlarni, 
so‘ngra 


24 
burchaklarni (burchakni burchak bilan) ustma-ust tushurish mumkin, tomonlarni qog‘oz poloska bilan o‘lchash ham 
mumkin.
Oxirida tarbiyachi so‘raydi: “Kvadrat nimasi bilanto‘g‘ri to‘rtburchakdan farq qiladi? Kvadrat nimasibilan to‘g‘ri 
to‘rtburchakka o‘xshaydi?”
Bolalarni doira bilan ovalni, kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslashga o‘rgatishda bu shakllar har xil 
o‘lchamda, rangda, har xil fazoviy joylanishda tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Bolalar qog‘oz, karton, faner, 
plastilindan tayyorlangan shakllar bilan ishlaydilar.
Kundalik hayotda, loy va plastilindan narsalar yasash mashg‘ulotlarida bolalar hajmli geometrik shakllar (shar, kub, 
silindr) bilan uchrashadilar. Tarbiyachi bolalar bu shakllarni yaxshilab o‘zlashtirishlariga yordam berishi mumkin. 
Ushbu o‘yinlar o‘tkaziladi: “Xaltachadagi nima?”, “Top va jim tur”, “Xonamizdan sharga o‘xshagan predmetlarni top”, 
“Kim dumaloq jismlarni ko‘p aytadi?” Bolalar “Geometrik loto”, “Yettitasi qatorasiga” va boshqa stol ustida 
o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘ynashadi. Bu o‘yinlar jarayonida tuzilishi bo‘yicha yaqin shakllarni ham (oval—doira), hajmli 
va yassi shakldagi shakllarni ham (shar—doira, kub—kvadrat) farq qila olish malakalari takomillashtiriladi, shakl 
bo‘yicha oriyentir olish tezligi hosil qilinadi, atrof-borliqdagi shakllar ko‘p xilliligiga nisbatan bolalarning qiziqishlari 
rivojlantiriladi.


25 

Yüklə 425,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə