Ilk iqtisodiy fikrlar

Yüklə 2,39 Mb.
səhifə4/4
tarix19.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#150966
1   2   3   4
iqtarix

A.Navoiy jamiyatda muhim tabaqa bo'lgan savdogarlarning o'zini ham ikki guruhga bo'ladi. Birinchi guruh - chet el bilan savdo aloqalari olib boruvchi savdogarlar guruhi. Ikkinchi guruh - mamlakat ichkarisidagi olibsotarlar guruhi. Chet ellar bilan savdo-sotiq olib boruvchi savdogarlarga Navoiy ijobiy qaraydi va ularning faoliyatiga hayrihohlik bildiradi. Bozorlardagi savdogarlarga, ya'ni olib sotarlarga esa tanqidiy ko'z bilan qaraydi. Ular o'z manfaatiga xizmat qilib, boshqalar hisobiga boyiydi. Shuning uchun ularning turgan-bitgani mamlakat uchun zarardir, deydi. Savdogarning asosiy maqsadi foyda olishdir. Biri yuz bo'lishidan

Bu erda savdogar Navoiyning «Hotam Toyiy» asaridagi o'tin teruvchi cholga qarama-qarshidir. Chol kuni bilan mehnat qilib o'tin teradi va bu o'tinni bozorga olib borib, pulga sotadi. O'tin puliga esa mahsulotlar, ya'ni iste'mol mahsulotlari sotib oladi. Bu joyda «tovar - pul - tovar» jarayoni boradi. O'tinchi cholning ayirboshlashdan ko'zlagan maqsadi iste'mol qiymatidir. Navoiyning fikricha, savdogarning sotib olishdan maqsadi qimmatroq sotishdir. Savdogar birini yuz, yuzini ming qilmoqchi bo'ladi, deydi. Qo'ygan oz puli ko'p bo'lib qaytib kelishini istaydi, ya'ni uni ayirboshlashdan maqsad qiymatdir yoki «pul - tovar - pul» (P-T-P) dir. Demak, Navoiyning fikrida kapitalning dastlabki formalaridan biri mavjud bo'lgan. U shahar olibsotarlari haqida quyidagilarni aytadi: «Shahar olibsotarlari xiyonatchi, o'ziga foyda va boshqalarga qahat istovchi, uning foydasi xalqqa ziyon, arzon olib qimmat sotish uning orzusi. Olishda shoyini bo'z deydi, sotishda bo'zni maqtab shoyi deydi. Molini tovar o'rnida o'tkaza olsa, to'xtatib turish yo'q. Do'konida insofdan boshqa barcha mol mavjuddir!» (A.Navoiy. Asarlar to'plami. XII tom,199-bet). A.Navoiy o'zi ishlab chiqarishda va ishlab chiqarish sohasida mashg'ul bo'lmasa-da, o'z aqliy va ijodiy mehnati bilan jamiyat uchun kerak bo'lgan tabaqalarni e'zozlaydi, olimlar, tabiblar, shoirlar, muhandislar va boshqalarni jamiyat uchun zarur qatlamdir, deydi, ana shu kasb egalarini o'z mas'uliyat va burchlarini sezishga chaqiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOT: IQTISODIYOT TA’LIMOTLAR TARIXI A.ISLOMOV, E.EGAMOVLARNING O‘QUV QO‘LLANMASI 2003-YIL

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə