Ilk iqtisodiy fikrlar



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#150966
1   2   3   4
iqtarix

Husayn Boyqaroning taxtga kelishini Navoiy zulmat korong'uligini yoritadigan «hilol», ya'ni uch kunlik oy bilan tenglashtiradi. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy qudrati mustahkamlanishiga, aholining ijtimoiy, moddiy ahvoli yaxshilanishiga, feodal urushlarga barham berilishiga, mamlakatda tinchlik o'rnatilishiga ishongan.

Navoiy Husayn Boyqaroni shohlar shohi deb maqtaydi. Lekin Navoiy, maqtash bilan birga muhim ijtimoiy-iqtisodiy fikrlarni ham ilgari suradi. Hukmdorni maqtash Navoiy tomonidan qo'llanilgan taktik bir usul edi. Uning asosiy strategik maqsadi esa mamlakatning iqtisodiy-siyosiy ahvolini yaxshilashga, yagona markazga markazlashgan, qudratli davlat barpo qilishga qaratilgan edi. Navoiy Husayn Boyqaroning taxtga kelishidan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, sosial-siyosiy va madaniy-oqartuv sohalarida yuksak o'zgarishlar amalga oshirilishiga katta umid bog'laydi. Navoiy shaxsning tarixdagi roliga katta e'tibor berib, mamlakat iqtisodiy ahvoli shu mamlakat hukmdorining aql-idroki va qobiliyatiga bog'liq deb hisoblaydi.


Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa, iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, u boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo'ladi, agar teskarisi bo'lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo'ladi, deydi. Navoiy boshsiz tana bo'lmaganidek, podshosiz davlat ham bo'lmaydi deb tarixda realist sifatida nom qoldirdi. Husayn Boyqaro hukmronlik qilgan davrda mamlakatda nisbiy rivojlanish ko'zga tashlandi. Savdo-sotiq kengaydi, hunarmandchilik va dehqonchilik yaxshi yo'lga qo'yildi. Irrigasion inshootlar qurilishi ham kengaydi.
Navoiy Markaziy Osiyo sharoiti uchun irrigasion inshootlarni kengaytirish - iqtisodiy rivojlanishga olib boruvchi muhim omillardan biridir, deydi. A.Navoiyning bevosita rahnamoligi ostida 70 dan ortiq kanallar va ariqlar qazildi. Milliy daromadning asosiy qismini qishloq xo'jaligida etishtiriladigan hosildan olinadigan daromad tashkil etardi. Feodal jamiyatda irrigasiya inshootlarini qurishni kengaytirish o'sha davr iqtisodiyotini rivojlantirishga keng ta'sir ko'rsatar edi. Navoiy feodalizm davrida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo'lgan erni kengaytirishga, uning mahsuldorligini oshirishga katta e'tibor berdi (V.Zaxidov. Mir idey i obraz A.Navoi). Navoiy boylikni ikki yo'l bilan topish mumkin, deydi.boylikni to'plash, orttirish, yig'ish va o'ziga to'q yashash. Bunday boylik to'plashga Navoiy hayrihohlik bildirdi. U olingan va to'plangan boylikni uch qismga bo'lib, birinchi qismini ketgan harajatga, ikkinchi qismini o'zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi.
Masalan, 1482 yilda yozilgan «Vaqfiya» asarida A.Navoiy shaxsan o'zining erlaridan olingan daromad misolida daromadning o'z harajatlari va oila ahliga etarli qismini olib qolib, qolgan qismini aholining foydali mehnatiga sarflashga chaqirgan. Boylik topishning ikkinchi yo'liga esa, ya'ni o'g'rilik, ta'magirlik va zo'rlik hisobiga boylik orttirishga Navoiy keskin qarshi chiqadi. U bunday ishlardan nafratlanadi va shu yo'l bilan boylik orttirayotgan kishilarni jamiyat hisobiga yashayotgan va boylik orttirayotgan parazit qatlamdir, deb ta'riflaydi

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə