Ilk iqtisodiy fikrlar



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#150966
  1   2   3   4
iqtarix


TOSHKENT MENEJMENT VA IQTISODIYOTI 104-23 GURUH TALABASI Bekimov Sarvarbekning IQTISODIYOT TA’LIMOTLAR TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN SLAYDI

MAVZU: Alisher Navoiy asarlaridagi Iqtisodiy g'oyalar

Reja :

  • 1. Alisher Navoiy asarlarida tijorat va savdo masalalari
  • 2. .Navoiyning " Hiloliya " asari

    3. Navoiyning durdona asarlaridan biri " Mahbub ul - qulub"

Kirish


Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ham iqtisodiy g'oyalar muhim o'rinni egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida ayniqsa tijorat, savdo masalalari ancha mukammal yoritilgan. A.Navoiy asarlarida savdogarlik ishi ma'qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi qattiq tanqid qilinadi. A.Navoiy davlat arbobi sifatida mamlakatni tinch saqlash, obodonlashtirish ishiga katta hissa qo'shdi. U tirikligida mingta inshoot qurishga va'da bergan va va'dasining ustidan chiqqan, ko'pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko'prik,rabot va boshqalarni o'z hisobidan qurdirgan. Mehnatning inson va jamiyatdagi o'rniga, do'stlikka yuksak baho bergan.

Alisher Navoiy (1441-1501) shoir va davlatning etakchi vaziri sifatida nom qozongan. Navoiyning mana bu sifatlari uning ijtimoiy-iqtisodiy, falsafiy qarashlarida yaqqol ko'zga tashlanadi. Navoiy o'z davrining progressiv kishisi sifatida gumanistik va vatanparvarlik mafkurasi ramkasidan otilib chiqdi.

U o'z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini barkamollashtirish uchun kishilarda gumanistik vatanparvarlik xislatlarini uyg'otish kerak ekanligini erta tushunib etdi. A.Navoiy Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari - bu 1469 yildaHusayn Boyqaroning taxtga kelishiga bag'ishlangan «Hiloliya» asaridir.

Husayn Boyqaroning taxtga kelishini Navoiy zulmat korong'uligini yoritadigan «hilol», ya'ni uch kunlik oy bilan tenglashtiradi. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy qudrati mustahkamlanishiga, aholining ijtimoiy, moddiy ahvoli yaxshilanishiga, feodal urushlarga barham berilishiga, mamlakatda tinchlik o'rnatilishiga ishongan.


Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə