Ilk iqtisodiy fikrlar



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#150966
1   2   3   4
iqtarix

A.Navoiy ijodining durdona asarlaridan biri 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asaridir. Ushbu asarda Navoiyning iqtisodiy fikrlari mujassamlashgandir. Navoiy bu asarida jamiyatni sosial tabaqalarga bo'lib, ularning jamiyatda tutgan o'rnini ko'rsatib berishga harakat qiladi. Asarning birinchi qismida ularning tabaqalariga va kasblariga xarakteristika beradi. Ikkinchi va uchinchi qismlarda yaxshi fe'llar va yomon xislatlar to'g'risida ma'lumot beriladi. Navoiyning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy ne'mat etishtirishda, yaratishda va mamlakat boyligini oshirishda muhim o'rin tutadi. A.Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli to'g'risida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Don sochuvchi dehqon erni yorish bilan rizq yo'lini ochuvchidir». Dehqon, ya'ni ishchi kuchi mahsulot ishlab chiqarish vositalari bilan qo'shilishi lozim va shartdir. Navoiy ishlab chiqarish vositalarining moddiy boylik yaratishdagi rolini quyidagicha e'tirof etadi: «Qo'shi ham ikki zo'r polvon bo'lib, yukiga bo'ysunib oldida yuradi, ishlashda hamdam va hamqadam, dehqon ularni surishda xuddi odam. Dunyo obodi xuddi ulardan. Har ne qilsalar harakat, xalqqa ham etar ovqat ham barakat!». Demak, dehqon ish kuchi, qo'shi va ho'kizlari esa ishlab chiqarish qurollari, er esa mehnat predmeti, hammasi birgalikda ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. Navoiy ishlab chiqarishdagi hal qiluvchi omil, hal qiluvchi element - bu dehqon, ya'ni ishchi kuchidir, degan fikrni bildiradi. Yuqorida zikr etib o'tilganidek, A.Navoiyning fikriga ko'ra yakka kishi hech narsa ishlab chiqara olmaydi.

A.Navoiy feodalizm davrida, feodalizm jamiyatida dehqon mehnatining katta ahamiyat kasb etishini va mavjud jamiyat dehqon mehnati ustiga qurilganligini e'tirof etadi. Dehqon mehnatining mahsulini novvoy, unfurush, qo'shchi va o'roqchi, mashoqchi va boshqalar orziqib kutadi. Shu bilan birga dehqon ham ularga, ularning mehnatiga hamohangdir. Ularsiz hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Demak, bu bilan Navoiy ishlab chiqarish munosabatlarini e'tirof etadi. Uning fikricha, dehqon o'z mehnati bilan o'z ehtiyojiga zarur bo'lgan mahsulotni keragidan ko'proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan qismini ham moddiy ne'mat bilan ta'minlaydi. Navoiyning mana bu fikri qo'shimcha mahsulot faqat qishloq xo'jaligida degan fiziokratlar fikriga mos keladi. Navoiy qishloq xo'jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi degan o'ta ilg'or fikrni ilgari suradi. Bu fikr o'sha davr, ya'ni feodalizm davri gullab-yashnagan, uning negizini dehqonchilik ishlab chiqarishi tashkil qilgan bir pallada o'ta to'g'ri fikrgina bo'lib qolmay, balki tarixiy haqiqat hamdir.


Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə