Ijtimoiy xo‘jalikning shakllari. Tovar iishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish sabablari



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#133725
  1   2   3   4   5
пул муносабатлари ривожланиши бозор иқтисоди~



Tovar-pul munosabatlari


R e j a

  1. Ijtimoiy xo‘jalikning shakllari. Tovar iishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish sabablari.

  2. Tovar va uning xususiyatlari.

  3. Tovar qiymatining miqdori.

  4. Pulning kelib chiqishi va mazmuni.



Ijtimoiy xo‘jalikning shakllari. Tovar iishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish sabablari.

IJTIMOIY XO‘JALIKNING SHAKLLARI. TOVAR ISHLAB CHIQARISHNING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH SABABLARI.


Umuman ishlab chiqarish ikkita umumiy shaklda yuz beradi: natural ishlab chiqarish va tovar ishlab chiqarish. Shunga ko‘ra natural va tovar mahsuloti mavjud bo‘ladi.
Natural xo‘jalik nima? Uning moxiyati nimadan iborat degan savolga qo‘yidagicha javob bersa bo‘ladi: natural xo‘jalik umuminsoniy iqtisodning tarixan birinchi shakli bo‘lib, bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning o‘z shaxsiy ehtiyojini qondirishga qaratilgan. U xo‘jalikda mahsulot ayirboshlash bo‘lmaydi va ishlab chiqaruvchining o‘zi uchun hayotiy vositaga aylanadi. Uning har kungi ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Uning o‘zi ishlab chiqarish vositalarini o‘zi yaratadi. Bu xo‘jalikning avvali dastlabki asosi yer hisoblanadi. Keyinchalik xonaki sanoat bo‘lgan – hunarmandchilik ajralib chiqadi.
Natural xo‘jalik bir necha tarqoq bir xil tipdagi xo‘jaliklarning massasidan (yig‘indisidan), yakka dehqon, oilaviy, davlat va jamoa xujaliklaridan iborat bo‘lgan. Bu xo‘jalikda ishlab chiqarish xom ashyoni olishdan boshlab to tayyor mahsulot istemolgacha bo‘lgan mehnat jarayonini o‘z ichiga oladi. Natural xo‘jalik ibtidoiy jamiyatning dastlabki faoliyatlaridan boshlab, dehqonchilik vujudga kelgan davrdan boshlangan. Uning sof ko‘rinishi ibtidoiy jamoa tuzumida bo‘lgan, chunki u davrda mehnat taqsimoti, ayirboshlash va xususiy mulk nimaligini kishilar bilmagandir.
Natural xo‘jalik bozor iqtisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo‘lib qolgan va iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan. Sharq mamlakatlarida hukmronlik qilgan Bobildi, Xitoyda, Xindistonda natural xo‘jalik g‘oyasini himoya qilib chiqishgan. Yunonistonda natural xo‘jalik g‘oyasini mustahkamlashda Platon, Aristotel olg‘a surganlar.
Platon «Siyosat va davlat» degan asarida natural xo‘jaligini asoslab jamiyatdagi har qanday dushmanlikni keltirib chiqaradigan yagona manba - pul deb hisoblaydi va natural xo‘jalikni himoya qiladi. Uningcha natural xo‘jalik jamiyat azolari o‘rtasidagi iqtisodiy tabaqalashga chek qo‘yadi.
Aristotel natural xo‘jalikni mustahkamlash bilan birga tovar xo‘jaligini rivojlantirish kerak, lekin bunda tovar ishlab chiqarish va sotishdan maqsad o‘z ehtiyojini qondirish deb hisoblaydi.
Demak, qadim zamonda natural xo‘jalik zaminida tovar xo‘jaligi rivojlangan. Natural xo‘jalikda dehqon yer egasiga qaram bo‘ladi. Dehqonlar ziroat, chorvachilik bilan shug‘ullanishib ularni qayta ishlab tayyor mahsulot olganlar. Hunarmandlar mehnat qurollari ishlab chiqarganlar, quruvchi bino qurgan, tikuvchi kiyim tikkan, lekin hammasi o‘z mehnati mahsulotlarini bir – birlariga natural formada ayirboshlaganlar.
Mulk egalari o‘z yeri va ishlab chiqargan vositalarini vaqtincha foydalanishga berganlar, buning uchun natura formasida haq olganlar. Ishlab chiqaruvchilar buning natijasida xususiy mulk egalariga iqtisodiy jihatdan tobora qaram bo‘lib borganlar. Natural xo‘jalik dehqonlarining mustaqil jamoasi ham vujudga kelgan. Bu jamoa o‘z ehtiyojlari uchun kerakli bo‘lgan hamma narsalarni o‘zi ishlab chiqarib ayirboshlash nimaligini bilmagan. Jamoa ichida mehnat ixtisoslanib unga har xil hunarga ega bo‘lgan oilalar birlashgan. Yirik mulkdorlar ehtiyojini ham uning yirik mulki doirasida qondirilgan. Uni hunarmandchilik to‘ldirgan. Shu doiraning ichida kuch yangilanib borgan, tashqaridan hech narsa olinmagan. Mayda dehqon xo‘jaliklari ham albatta mavjud bo‘lgan va natural xarakterda bo‘lgan. Ular nafaqat dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish balki mayda, oddiy asbob – uskuna yasab o‘zlari pishirib, oshlab kerakli narsa va buyumlarni yaratganlar. Demak, unda asosiy tarmoq dehqonchilik bo‘lib, unga qo‘shimcha tarzda xonaki hunarmandchilik rivoj topgan.
Natural ishlab chiqarish iqtisodiy ravnaqni taminlay olmaydi uning o‘rniga tovar ishlab chiqarish keladi va mahsulotning natural shakli tovar shakli bilan o‘rin almashadi. Tovar xo‘jaligi bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishni bildiradi.
Natural va yarim natural dehqon xo‘jaligi zamonida tovar ishlab chiqarish, garchi malum darajada rivojlangan bo‘lsa-da, kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakliga aylangan emas. Ammo u sekin asta kengayib borgan va pirovard natijada ishlab chiqarishning asosiy shakliga aylangan. Tovar xo‘jaligi natural xo‘jalikdan farqli o‘laroq, mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan istemol qiluvchilarning bozor orqali, tovarlarni olish – sotish orqali aloqa qilishni taqozo etadi. Bas shunday ekan tovar ishlab chiqarish deganda mahsulotni bozor uchun, yani uni pul vositasida oldi-sotdi qilish uchun yaratilishini tushunish kerak. Tovar ishlab chiqarishning paydo bo‘lishi tasodif emas, balki qonuniy zaruriyatdir. Uni kishilar bekorchilikdan o‘ylab chiqarmaganlar. U kishilarning xohish-irodasidan tashqarida, obyektiv tarzda paydo bo‘lgan. Uni iqtisodiy zarurat yuzaga keltirgan, chunki mahsulotlarni bozor orqali ayirboshlamay turib kun ko‘rish qiyin bo‘lgan.



Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə