Ijtimoiy xo‘jalikning shakllari. Tovar iishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish sabablari



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#133725
1   2   3   4   5
пул муносабатлари ривожланиши бозор иқтисоди~

Tovar va uning xususiyatlari
Tovar ishlab chiqarish obyektiv tarzda ikki asosga tayanadi, yani uni ikki zarurut yuzaga keltiradi:
1. Mehnat taqsimoti – bunda mehnat turlari ixtisoslashadi, ilgari bir necha xil mahsulot ishlab chiqaruvchilar keyinchalik maxsulotning ayrim turini ishlab chiqarishga moslashadilar. Shunday sharoitda ehtiyojni qondirish uchun o‘z maxsulotini boshqa kerakli maxsulotga ayirboshlash zarur bo‘ladi. Ayirboshlash uchun esa maxsulot bozorga chiqariladi va sotiladi. Mehnat taqsimoti mehnat unumdorligini oshiradi. Demak, ayirboshlash nafaqat zarur, balki foydali ham bo‘ladi.
2. Ishlab chiqaruvchilarning bir – biridan alohidalashib mustaqil faoliyat yuritish. Bunda mahsulot ishlab chiqaruvchi mulkdor bo‘lishi zarur. U ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan mahsulotning egasi bo‘lishi kerak. Mahsulotni o‘z bilganicha tasarruf etish uni erkin ayirboshlash huquqini beradi, chunki o‘zganing mahsulotini ayirboshlash mumkin emas.
Mulkdorlar o‘rtasida tovar ayirboshlash yuz berganda mulk egasi manfaatlari ko‘zlanadi. Ishlab chiqarish rivojlanishi bilan ayrim mahsulot emas, barcha maxsulot ayirboshlash uchun yaratiladi, yani bozor uchun tovar ishlab chiqarish umumiy xarakterga ega bo‘ladi. Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash bunday sharoitda bir marta bo‘ladigan tasodifiy hodisa emas, balki milliard marta takrorlanadigan uzluksiz jarayonga aylanadi.
Maxsulotni tovar shaklida ishlab chiqarish – bu ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan tuzilishi bo‘lib bunda kishilar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar bozor orqali ularning mehnat mahsulotlarini oldi – sotdi qilishi orqali namoyon bo‘ladi. Tovarni sotishdan maqsad uning o‘rniga boshqa tovarni sotib olib ehtiyojni qondirishdir. Bu shaxsiy ehtiyoj bo‘ladimi yoki ishlab chiqarish ehtiyoji bo‘ladimi, farqi yo‘q albatta. Ishlab chiqaruvchi ayni bir vaqtda istemolchi ham bo‘ladi. U bir tomondan sotuvchi bo‘lsa, boshqa tomondan haridordir. Kishilarning mehnati bozor orqali jami mehnatining bir qismi ekanini ifodalaydi. Bozordagi aloqalar aslida bu mehnatni ijtimoiy etirof qilishning bevosita emas, balki bilvosita yo‘li, yani tovarni bozorda oldi – sotdi etish yo‘li bilan mehnatning etirof etilishidir.
Tovar ishlab chiqarish umuminsoniy iqtisodiy hodisa, u hamma yerda mavjud. Mehnat mahsuli tovarga, ishlab chiqaruvchi esa tovar ishlab chiqaruvchiga aylanishi hamma jamiyatlar uchun muqarrar hodisadir. Tovar ishlab chiqaruvchining mavqei ziddiyatlidir.
Mehnatning ijtimoiy xarakteri bilan uning alohidalashuvi o‘rtasidagi ziddiyat tovar ishlab chiqarishning alohida ziddiyatidir. Har bir tovarga tatbiqan bu ziddiyat bozorda uning sotilishiga qarab hal etiladi, lekin shu bilan birga u tovar xo‘jaligining ziddiyati sifatida doim takror paydo bo‘lib turadi. Tovar sotilgandagina unga sarflangan mehnatning ijtimoyiligi tan olinadi. Shu sababli o‘z mehnatining jami ijtimoiy mehnat tarkibiga kirishi har bir tovar ishlab chiqaruvchi uchun eng murakkab va hayotiy muhim muammodir, chunki muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u o‘z mahsulotini sota olmaydii va zarar ko‘radi, bazan esa xonavayron bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy ehtiyojlar tarkibi hamisha birday bo‘lmasdan u vaqti – vaqti bilan o‘zgarib turadi. Bu bozordagi talabni o‘zgartiradi. Shuning uchun o‘z tovarlarining sotilmay qolishi xavfli tovar ishlab chiqaruvchini bozorni hushyorlik bilan kuzatib borishga hamda unga doim moslashib turishga majbur qiladi.
Modomiki, tovar mehnat mahsulining bir shakli ekan, mehnat mahsulining barcha xossalari tovarga ham xosdir. Ammo tovarning mahsulotdan farqi bor. Tovar eng avvalo o‘z istemoli uchun emas balki boshqa mahsulotlarga bozorda pul vositasida ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsulidir. Tovar ishlab chiqaruvchilar esa individual (yakka) ishlab chiqaruvchilar jamoasi (korxona) dan iboratdir.
Hozirgi sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilarga firma, kompaniya, birlashma, zavod, fabrika, yakka tartibda ishlovchi, fermer xo‘jaligi, dala xovli egasi, tomorqa xo‘jaligi sohiblari, kooperativlar, jamoa va davlat xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari va boshqalar kiradi.
Ular bir-biri bilan bozor orqali aloqa qilishlari kerak. Ularning tovar ishlab chiqarib, daromad topishdan iborat maqsadlari bor, ular bir–biridan alohidalashgan, har birining o‘z manfaati mavjud.
Mahsulot tovar bulishi uchun u eng avval kishilarning muayyan talab ehtiyojini (masalan, ovqatlanish, kiyinish, o‘qish dam olish va boshqalar) qodir bulishi zarur. Tovarning bu xossasi tovarning istemol qiymati deb ataladi. Har bir tovarning nafligi bor, lekin u o‘zini yaratuvchining ehtiyojlarini qondirmaydi, balki boshqa kishilarning ehtiyojlarini qondiradi, uning nafligi o‘zgalar uchun binobarin, uning istemol qiymati ijtimoiy hisoblanadi. Istemol qiymati tovarning boshqa tovarlarga ayirboshlash imkonini bergani uchungina u o‘zining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarlarning almasha bilish hususiyati ularni almashuv qiymati deb ataladi.
Yuzaki qaraganda tovar deganda biz biror buyumni, aytaylik, kostyum u tikilgan gazlama, uning fasoni, bichimi va boshqalarni tushunamiz, yani uning moddiy ashyoviy hususiyatlarini ko‘z oldimizga keltiramiz. Aslida tovarning buyum sifatidagi hususiyatidan tashqari boshqa hususiyati ham mavjud. Tovarning ehtiyojini qondirishdan iborat hususiyati bor, lekin bu degan so‘z har qanday inson ehtiyojini qondiradigan narsa tovar bo‘ladigan degan manoni anglatmaydi. Misol uchun havo. So‘zsiz u hamma uchun zarur, yani insonlarning hayotiy ehtiyojini qondiradi. Ammo tabiat mahsuli bo‘lmish havo sotilmaydi, hech kim uni sotib olmaydi ham, hatto hech nimaga ayirboshlamaydi. Lekin havoning tarkibiga kiradigan kislorod tovar bo‘lishi mumkin, chunki kislorodni olish uchun malum miqdorda mehnat sarf qilish kerak. Kislorod tovar bo‘lishga inson mehnati sabab bo‘ladi. Demak, tovar faqat insonlarning ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmasdan, balki inson mehnat faoliyatining mahsuli hisoblanadi. Ammo har qanday mehnat mahsuli ham tovar bo‘la olmaydi. Agar mahsulot ishlab chiqaruvchining o‘zi uchun yaratilsa va bozorga chiqarilmasi, albatta u tovar bo‘lmaydi. Masalan, fermer xo‘jaligida bug‘doy yetishtirildi. Uning bir qismi xo‘jalik ehtiyojini qondirishga, bir qismi mahallaga sumalak va halim qilish uchun hadiya qilinadi, uchinchisi esa bozorda sotiladi. Albatta birinchi va ikkinchi qism bug‘doy extiyojni qondirsa-da tovar emas, chunki u bozorda sotiladi. Demak, mahsulot faqat istemolni qondirish bilan tovar bo‘lib qolmaydi, buning uchun uni inson mehnati yaratishi kerak, tovar boshqalar ehtiyojini qondirilganligidan oldi–sotdi qilish uchun ishlab chiqariladigan bo‘lishi zarur.
Ayirboshlash yuz berishi uchun mehnat nafligining o‘zi kifoya qilmaydi. Buning uchun ayirboshlanadigan mahsulotlar malum miqdoriy nisbatda bir-biriga tenglashtirilishi shart.
Xulosa qilsak, mahsulot tovar bo‘lishi uchun ikki xususiyatga ega bo‘lishi kerak: istemol qiymatiga, yani insonning biror-bir ehtiyojini qondirishi shart; almashuv qiymatiga, yani boshqa tovarga malum miqdoriy nisbatda ayirboshlana olishi shart. Tovar istemol qiymat tariqasida istemolga, almashuv qiymati tariqasida sotishga ishlab chiqarilgan.
Tovar – bu shunday buyumki, u ijtimoiy xususiyatga ega. Shu sababli insonlar tovarlarni olish-sotish orqali iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar, bozor orqali aloqa o‘rnatadilar.



Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə