Ijtimoiy xo‘jalikning shakllari. Tovar iishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish sabablari


PULNING KELIB CHIQISHI VA MAZMUNI



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#133725
1   2   3   4   5
пул муносабатлари ривожланиши бозор иқтисоди~

PULNING KELIB CHIQISHI VA MAZMUNI.
Bozor iqtisodiyoti pul bilan tirik. Pul bo‘lmagan joyda bozor iqtisodiyoti yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovarlar va tovarlashgan xizmatlarning ishlab chiqarishdan boshlab, to istemolchiga bo‘lgan harakatidan iboratki, bu harakat pul vositasida amalga oshadi. Bozor uchun ishlab chiqarish bor joyda pul o‘ta muhim iqtisodiy vosita bo‘ladi. U ishlab chiqarishning takrorlanishiga hizmat qiladi, iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashadi.
Pulning iqtisodda ahamiyatini, u bajargan funksiyalar belgilab beradi. Borligini ko‘rsatgan: qiymat o‘lchovi, muomila vositasi, jamg‘arish vositasi, to‘lov vositasi va nihoyat jahon pullari. Hozirgi nazariyalarda ularning uchtasi tan olinadi:
1. Qiymat o‘lchovi – pul umumiy ekvivalent bo‘lgan tovar ekan, o‘zidan mehnatni mujassamlashtiradi va shu sababli tovarlar qiymatini o‘lchay oladi. Pulda ifodalangan qiymat – bu narx. Tovarning qancha turishini pul bilan belgilab, u 10 so‘m, 50 dollar, 50 dinor, 20 marka, 50 iyen turadi deb ataymiz.
2. Muomala vositasi – bu pul oldi – sotdida ishlatiladi. Pul yordamida tovarning xarid etish, pulga tovar ayirboshlash (P – T) yoki tovarni sotish tovarni pulga tovar ayirboshlash (T-P) yuz beradi.
3. Jamg‘arma vositasi. Bu pulning jamlangan boylik shakliga kirib, o‘z egasi uchun kerak bo‘lganda xarid etish vositasi bo‘lib xizmat qila olishidir. Pul – qog‘oz yoki tanga bo‘lgani uchun boylik emas, balki o‘zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma narsani xarid etish yoki uni jamlab saqlash mumkin bo‘lgani uchun boylik hisoblanadi. Pul boylik jamg‘arishning qulay usuli, chunki pulda likvidlik bor, yani pulni to‘lov uchun qabul qilinadi.
Jamg‘arila borib xarid qobiliyatini saqlovchi barcha pul vositalari pul agregati deyiladi. Bunga naqd pullar, malum muddatga yoki muddatsiz bankka qo‘yilgan pullar, sertifikatlar va boshqalar kiradi.
Pulning qiymati, aniqrog‘i uning qadr – qiymati deganda pul birligining xarid etish qurbi – qobiliyati, yani unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligini tushuniladi.
Pul qadr-qiymati narxga, narx esa ishlab chiqarish xarajatlariga va bozorga tashlangan pul miqdoriga bog‘liq. U xarajatlar va pul miqdoriga teskari proporsional o‘zgaradi. Bu boglanish narx orqali yuz beradi. Shu sababdan pul qadr – qiymatini narx darajasiga nisbatan teskari proporsionaldir: narx pasaysa pul qadri oshadi, narx oshsa pasayadi.
Agar pul qanchalik tez aylanib tursa (oborot qilsa) pulga talab shunchalik qisqaradi. Xo‘jalik oborotida pulning doimo harakatda bo‘lishi, pul o‘z funksiyalarini uzluksiz bajarib turishi pul muomilasi deyiladi. Iqtisodiyotda zarur pul miqdorini pul muomilasining qonuniga binoan aniqlanadi. Bu qonun pul miqdoriga tasir etuvchi omillar harakatini bildiradi. Bu qonun tarifi quyidagicha:
Muayyan davrda muomilaga zarur bo‘lgan pul miqdori barcha tovarlar narxi summasiga (yig‘indisiga) to‘g‘ri proporsional, pul oboroti tizimiga teskari proporsional o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan sari pul munosabatlari murakkablashadi, o‘zaro bog‘liq pul oqimi kuchayadi. Tovarlar, aksiya, obligatsiya sotib olish bankdan pul qarz olish kuchayadi. Boylik shakllari kengayadi, uni saqlash alternativ (muqobil) usullari paydo bo‘ladi.
Pul miqdori ishlab chiqarish holatiga narxga, pul oboroti tezligiga bog‘liq ekanligiga e’tibor beriladi. Pul miqdorining ishlab chiqarishga aloqasi pulning maxsus tovarligini va shu jihatdan boylik bo‘lishini ko‘rsatadi, uning aylanishi ishlab chiqarishdagi omillar-resurslar va shuningdek, yaratilgan tovar-xizmatlar harakatini bildiradi.
Sog‘lom bozor iqtisodiyotini pulga talab va taklif muvozanatda bo‘lishini bildiradi. Ammo muvozanat buzilib ham turadi, bu pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarning izdan chiqishi natijasidir. Ishlab chiqarish o‘smagan holda pul mikdori o‘ssa, bunga javoban narx oshadi.
Narxning pul miqdoriga ta’siri qisqa davrda sezilmaydi, uzoq davrda namoyon bo‘ladi. Agar pul miqdori iqtisodiy o‘sishga monand ravishda ko‘paysa, u qadrsizlanmaydi.
Ishlab chiqarish hajmi, pul miqdori va pul oboroti o‘rtasidagi muvozanat buzilsa, inflyatsiya yuz beradi. Inflyatsiya – muomalada keragidan ortiqcha pul paydo bo‘lib, narx-navo o‘sib, pul qadr-qiymati, ya’ni xarid qobiliyatining pasayishi, pulning obro‘sizlanishidir.
Qiymat qonuni – tovar ishlab chiqarish sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag‘batlantirishni tartibga soluvchi obyektiv qonundir. Bu qonunga binoan, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Bu qiymatning miqdori ijtimoiy zarur mehnat sarflari bilan o‘lchanadi.
Mehnatning tabiiy o‘lchovi ish vaqtidir. Lekin qiymat shunchaki mehnat bilan emas, balki ijtimoiy mehnat bilan yaratiladi. «Ijtimoiy» degan ibora birinchi navbatda shuni bildiradiki, qiymatning miqdori u yoki bu ishlab chiqaruvchining individual mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy zarur ish vaqti bilan o‘lchanadi.
Ijtimoiy zarur ish vaqti deb – ishlab chiqarishning mavjud ijtimoiy normal sharoitida va shu jamiyatda mehnat mahorati va intensivligining o‘rtacha darajada biror istemol qiymatini ishlab tayyorlash uchun talab qilinadigan ish vaqtidir.
Ijtitmoiy normal (yoki tipik) ishlab chiqarish sharoiti muayyan turdagi tovarlarning aksariyat qismi yaratiladigan sharoitdir. Bu odatda, o‘rtacha sharoit. Faqat shu sharoitda o‘rtacha mahoratga ega bo‘lgan va o‘rtacha intensivlik bilan ishlaydigan ishlab chiqaruvchi bir soatlik mehnat mobaynida bir ijtiomiy zarur soatga teng bo‘lgan qiymat yaratadi.
Agar ishlab chiqarish sharoiti ijtimoiy normal sharoitga mos kelmasa (undan yaxshiroq yoki yomonroq bo‘lsa) yoxud xodimning mahorati va mehnatining intensivligi jamiyatda qaror topgan o‘rtacha darajadan yuqoriroq yoki pastroq bo‘lsa. Bu holda hodim bir soatlik mehnati mobaynida yaratgan qiymat tegishlicha ko‘proq yoki ozroq bo‘ladi.
Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, ijtimoiy zarur ish vaqti birligi (etalon soat) astronomik saoat emas. Bu tipik ishlab chiqarish sharoitida xodimning mahorat darajasi va mehnatning intensivligi o‘rtacha bo‘lgan sharoitda qilinadigan bir soatlik mehnatdir. Agar bir individual ish soati mahsulotida ijtimoiy mehnat soatnin faqat yarmi ifodalansa, bu mahsulotning qiymati etalon soatda yaratiladigan qiymatdan ikki marta kam bo‘ladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, ko‘proq unumli mehnat muayyan vaqt ichida kamroq unumli mehnatga qaraganda hamisha ko‘proq qiymat yaratadi.
Ijtimoiy zarur ish vaqti o‘ziga xos ijtimoiy mehnat normativi rolida chiqadi, bu normativ bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari kerak. Keragidan ortiqcha mehnat sarflari qiymat yaratmaydi, yani jamiyat tomonidan etirof etilmaydi, rad etiladi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi.
Tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. U turli mamlakatlarda va turli davrlarda bir xil emas. Lekin qiymat namoyon bo‘ladigan har bir muayyan bozorda (u xox ichki, xox tashqi bozor bo‘lsin) oddiy mehnat avvaldan mavjud mehnatdir. U shunday boshlang‘ich negizki, malakasi jihatdan yuqoriroq, yani murakkabroq mehnat turlarning hammasi unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab mehnat darajaga ko‘tarilgan yoki ko‘paytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Vaqt birligi ichida u oddiy mehnatga qaraganda ko‘proq qiymat yaratadi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflarga tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi.
Ijtimoiy zarur sarflarning yuqorida keltirilgan tariflaridan ko‘rinib turibdiki, qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan kamroq bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarni, yani shu vaqt ichida ko‘p miqdorda istemol qiymatlarining (foydali samaraning ko‘p qismining) tayyorlanishini yoki, boshqacha so‘zlar bilan aytganda, yanada ko‘proq mehnat unumdorligini taminlaydigan ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi.
Mehnat unumdorligi ijtimoiy normal mehnat unumdorligidan kam bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarni qiymat qonuni bamisoli «jazolaydi» bu bilan iqtisodiy sharoitlar tovar ishlab chiqaruvchilarni mehnat unumdorligini oshirishga yoki boshqa xil tovarlarni chiqarishga o‘tishga rag‘batlantiradi. Aks holda ular bozordan siqib chiqarilish, xonavayron bo‘lish xavfi ostida qolishlari mumkin.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zarur mehnat sarflari o‘rtasidagi nisbatga bog‘liq holda tabaqalashtiradi, sarflarni kamaytirishni rag‘batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi.
Qiymat qonuni baholar qonuni sifatida ko‘rinadi – baholar asosida qiymat yotadi. Uning funksiyasi baholar qiymat bilan teng bo‘lganda ham ular farq qilganda ham amalga oshaveradi. Masalan: eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflardan kam, lekin individual sarflardan yuqori baholarga sotishlari va qo‘shimcha daromad olishlari mumkin. Lekin ularning ahvolini mutloq garantiyalangan deb bo‘lmaydi. Agar ular texnik va tashkiliy yangiliklarni qo‘llamasalar, ko‘proq samara beradigan ishlab chiqarish usullarini qidirib topmasalar, ular birmuncha vaqtdan keyin o‘z ustunliklaridan ajralib qoladilar.
Shunday qilib, qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni mehnat sarfini kamaytirish yoki kamaytirmaslikni tanlab olish erkinligidan mahrum qilib qo‘yadi. Ularning hammasi iqtisodiy tayziq ostida bo‘ladi va doim ish vaqtini tejash rezervlarini axtarish bilan shug‘ullanishiga majbur.
Qiymat qonuni resurslarning turli ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida taqsimlanishini tartibga solib turish funksiyasini bajarayotganda ham baholar dinamikasi muhim rol o‘ynaydi. Agar u yoki bu konkret tovar ijtimoiy ehtiyojni qondirish uchun zarur bo‘lganidan kamroq ishlab chiqarilsa, bu hol talabning taklifdan oshib ketishiga sabab bo‘ladi. Tovar bahosi oshib ketadi. Uni ishlab chiqaruvchilar yuqori daromad oladilar. Bu esa shu tarmoqqa daromadi kamroq bo‘lgan boshqa tarmoqlardan resurslarning o‘tishiga sabab bo‘ladiyu tovar ishlab chiqarish kengayadi. Agar muayyan tovar keragidan ortiqcha ishlab chiqarilsa, uni taklif qilish talabdan oshib ketadi, baholar, shu bilan birga daromadlar kamayadi, bu tarmoqlarga o‘tib ketadi. Qiymat qonuniga asoslangan ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga soluvchi qiymat yoki bozor mexanizmi ana shunday.
Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va tartibga solishning tovar-bozor mexanizmi qiymat qonuniga asoslangan bo‘lib, iqtisodiy taraqqiyotda kapitalizmdan oldingi formatsiyalarga xos bo‘lgan turgunlikni bartaraf etishda muhim rol o‘ynaydi. Bu mexanizm natural xo‘jalikda iqtisodiy aloqalarning bir doirada cheklanib qolishi yaratgan kishanlarni parchalab tashladi.
Aloqalar tobora turli-tuman tus olib va chuqurlashib boradi, bu esa ehtiyojlar o‘zgaruvchanligini va ishlab chiqarishni kengaytiruvchi qudratli stimullarni tug‘diradi. Natural xo‘jalikning yemirilishi, tovar munosabatlarining paydo bo‘lishi va mustahkamlanishi iqtisodiy taraqqiyotning jiddiy jadallashuvini bildiradi.
Tarix tajribasi qiymat qonuni yaratadigan stimullar va tazyiq g‘oyat tasirli va samarali ekanligini ko‘rsatadi. Kapitalizm tovar-bozor mexanizmini o‘zlashtirib olganligi tufayli ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti bu yerda butun o‘tmish tarixdagiga qaraganda ancha ilgari surildi. Mehnat unumdorligini oshirish va ish vaqtini tejashning tasirchan mexanizmini yaratib tovar xo‘jaligi bu bilan o‘zining tarixan uzoq vaqt umr ko‘rish «huquqini» ta’minladi.
Tovar ishlab chiqarishning turli iqtisodiy formatsiyalarga yuksak darajada moslasha bilish qobiliyatini ham nazarda tutish kerak. Bu formatsiyalarning xar birida tovar pul munosabatlari mulkning muayyan ishlab chiqarish usuliga xos formalarining ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi. Tovar ishlab chiqarishning amal qilishi uchun ishlab chiqaruvchilarning sotsial iqtisodiy xarakteristikasi muayyan jiddiy ahamiyatga ega emas. Muhimi boshqa – ular mehnat taqsimoti sistemasida turib iqtisodiy jihatdan u yoki bu darajada alohidalashgan bo‘lishlari kerak.

Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə