Ijtimoiy xo‘jalikning shakllari. Tovar iishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish sabablari



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#133725
1   2   3   4   5
пул муносабатлари ривожланиши бозор иқтисоди~

TOVAR QIYMATINING MIQDORI.
Biz yuqorida ko‘rdikki – tovarlar bir-biriga malum miqdorda ayirboshlanadi. Miqdoriy nisbat suniy bo‘lmaydi albatta. Uning asosida tovarlarga sarflangan mehnat yotadi. Masalan, bug‘doy egasi uni sotib gazlama oladi. Bir kg. bug‘doy puliga 0,5 m. gazlama keladi. Bunda 1 kg bug‘doy = 0,5 m gazlama nisbati hosil bo‘ladi.
Tabiiy, bu yerda savol tug‘iladi, nima uchun 0,5 m, nega 0,8 yoki 0,2 emas?
Ayirboshlash mutanosibligi nimaga asoslanadi? Bazi bir iqtisodchilar har qanday ayirboshlash asosida talab va taklif yotadi deb takidlaydilar. Ingliz iqtisodchisi D.Marshal fikricha talab va taklif oraligida yagona dastagi mavjud qiymat deb ataladi. Uning fikricha, agar bozorda ayirboshlanadigan bug‘doyga taklif talabdan ko‘p bo‘lsa, unda bug‘doyning almashuv qiymati kamayadi, 1 kg bug‘doyni ayirboshlash uchun 0,5 m dan kamroq gazlama kerak. Agar bug‘doyga talab ko‘p bo‘lsa, aksincha, bug‘doyning almashuv qiymati oshadi, unda 1 kg bug‘doyga 0,5 m emas, balki 0,75 m va undan ortiq gazlama beradilar.
Talab va taklif haqiqatdan ayirboshlash mutanosibligiga tasir ko‘rsatadi, lekin tovarning almashuv qiymatini yaratmaydi. Faraz qilaylik, talab bilan taklif bir-biriga to‘g‘ri keldi, yani bug‘doy qancha talab qilinsa, u shuncha bor. Bunday holatda almashuv mutanosibligi nima asosida o‘rnatiladi? Nima uchun 1 kg bug‘doy 0,5 m gazlamaga ayirboshlanadi? Nega boshqacha miqdorda bo‘lmaydi? Bu savolga talab va taklif nazariyasi javob bera olmaydi.
Endi boshqa talimot borki, unga binoan ayirboshlash mutanosib tovarlarning istemol uchun naqadar foydaliligi, yani nafligi bilan belgilanadi. Bu to‘g‘risida Avstraliya iqtisodchisi YE.Bem-Baverk quyidagicha fikrni bildiradi: buyumning narxi, bu buyumning foydaliligi bilan belgilanishi kerak. Bunday qaraganda bunday g‘oya to‘g‘ri va yetarli darajada ishonarli, buyum qanchalik foydali bo‘lsa, istemolchiga shuncha zarur bo‘ladi, uning narxi, bahosi shuncha yuqori bo‘ladi.
Lekin hayotda buyumlarning foydaliligi tovarlarni ayirboshlash uchun asos bo‘la olmaydi. Agar tovarlar foydaliligiga qarab ayirboshlansa, unda inson extiyoji uchun kerakli bo‘lgan non, go‘sht, sut va boshqalar hamma tovarlarga qaraganda qimmat bo‘lishi kerak, ular nafli bo‘lganidan ko‘pgina tovarga ayirboshlanishi kerak. Biroq bizga malumki, shunday tovarlar borki sut va non kabi zarur emas, lekin ular juda qimmat turadi.
Bunday holatni ko‘rib, eng foydali mahsulot arzon bo‘lishi kerak ekan degan xulosaga kelish noto‘g‘ri. Misol uchun quruq beda yem tariqasida somonga qaraganda foydali, lekin somonga qaraganda qimmat. Bunday misollarni juda ko‘p keltirish mumkin. Tovarlarning foydaligi bilan almashuv qiymati o‘rtasida bog‘liqlik bor, ammo bu yagona sabab emas. Bir buyum foydali va qimmat, boshqasi – foydali lekin arzon. Bu yerda tabiiyki, bir nechta savol tug‘iladi.
Tovarlar ayirboshlash mutanosibligiga faqat istemol qiymati asos bo‘la olmaydi. Ayirboshlanadigan tovarlar turli-tuman bo‘lganidan ularning o‘lchami ham bir xil emas, ularning moddiy o‘lchami metr, kubometr, kilogramm, dona, gektar, kvadrat metr va h.k., yani moddiy o‘lcham bilan tovarlarni tenglashtirib bo‘lmaydi. Aytaylik, litrga tenglashtirib bo‘lmaydi. Tovarlarni tenglashtirish uchun asos-ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatdir.
Bug‘doy, gazlama, mashina, igna, bolta, samolyot – bu hammasi inson mehnati mahsuli. Tovarni tenglashtirish hamda ayirboshlanishi uchun ularga bir xil miqdorda mehnat sarf qilinishi kerak. Shu sababdan, 1 kg bug‘doy 0,5m gazlamaga tenglashadi. Sabab 1 kg bug‘doyni yetishtirish uchun ketgan mehnat 0,5m gazlamaga ketgan mehnatga teng. Tovarda gavdalangan mehnat uning qiymatini vujudga keltiradi. Albatta, bu yerda jami ishlab chiqarish bosqichlarida sarflangan mehnatning hammasi nazarda tutilayapti.
Har qanday tovarning istemol qiymatini, uning foydaliligini sezish yoki bilish mumkin. Lekin tovar qimatida moddiylikning zarrachasi ham bo‘lmaydi, uni sezish qiyin. Har qanday tovarni ushlab, qarab ko‘rish mumkin, lekin uning qiymatini ushlab bo‘lmaydi. Istemol qiymati tovarning har xil tabiiy xususiyatlarni ifoda etadi, qiymat esa ijtimoiy sotsial – iqtisodiy xususiyatlarni ifoda etadi.
Qiymat mehnat mahsuli bo‘lib, tovarning ichki xususiyatini ifoda etadi. Tovar o‘zida iste’mol qiymati va qiymatni birgalikda mujassam etadi, lekin ular o‘zini almashuv qiymati orqali ifodalaydilar.
Tovar qiymati manbai, yuqorida takidlaganimizdek mehnat. Buni birinchi bo‘lib ingliz siyosiy iqtisodining dastlabki namoyondasi V.Patti asoslagan. Qiymatning xajmi bevosita unga sarflangan mehnatning miqdori bilan belilanadi. Inson uchun, ilgarilari allyumin ishlab chiqarishda ko‘p miqdorda mehnat sarflanar edi va u oltindan ham qimmat turardi. Shu sababli Napaleon kiyimiga alyumin tugma tikkanlar. Keyinchalik alyumin ishlab chiqarishga kam mehnat sarflanib, u oltinga qaraganda ancha arzon bo‘lgan. Tarixan bunday holatni temir misolida ham ko‘rish mumkin. Temir buyumni ishlab chiqarish juda qiyin bo‘lgan. Oldingi davrlarda bir jangchini qurollantirish yuz buqadan ham qimmat turgan. Keyinchalik temir buyumni yaratishga sarflanadigan mehnat bir necha marta kamaydi va natijada temir bir necha marta arzonlashdi. Shunday qilib, mehnat sarfi qancha kam bo‘lsa tovar qiymati shuncha pasayadi yoki aksincha. Mehnat sarflari va qiymatni bir-biriga almashtirish aslo mumkin emas. Hamma mehnat sarfi ham qiymatni yaratmaydi. Misol uchun natural xo‘jalik sharoitida mehnat sarflash orqali mahsulot yaratilgan, lekin ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari iste’mol qilganlar. U davrda mehnat sarflanganiga qaramay, mahsulot tovariga aylanmagan va qiymatga ega bo‘lmagan. Binobarin faqat tovar yaratilganda mehnat sarfi qiymatini bildiradi.



Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə