Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli


AMALIY QISM SUTDAN KAZEIN AJRATIB OLISH



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə47/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

AMALIY QISM
SUTDAN KAZEIN AJRATIB OLISH
Kazein – sutning muhim oqsilidir.Kazein fosfoproteinlarga mansubdir. Kazein molekulasidagi fosfor kislota qoldig‘i serin qoldiqlari bilan bog‘langan bo‘ladi.
Muhit rN 4,7 ga etkazilganda (kazeinni izoelektrik nuqtasi) oqsil cho‘kmaga tushadi.
Eritmaga kislotaning ortiqcha miqdori qo‘shilganda oqsil molekulalarining qayta zaryadlanishi yuz beradi va qayta eritmaga o‘tishi kuzatiladi.
ISHNING BORISHI

  1. Probirkaga 2 sm3 miqdorda sut solinadi, xuddi shuncha miqdorda distillangan suv qo‘shiladi va hosil bo‘lgan aralashma yaxshilab aralashtiriladi.

  2. Eritmaga cho‘kma hosil bo‘lguncha, tomchilatib 10% li sirka kislota eritmasi qo‘shiladi. Kislotaning ortiqcha miqdorini qo‘shib yuborishdan extiyot bo‘ling.

  3. CHo‘kma qog‘oz filtrda filtrlanadi va bir necha marta distillangan suvda yuviladi (filtratda).

  4. Eritma 1% li ishqor eritmasi yordamida eritiladi. Hosil bo‘lgan eritma suv bilan namlantirilgan filtr qog‘oz orqali filtrlab olinadi.

OQSILGA NISBATAN SIFAT REAKSIYASI.
1 sm3 miqdordagi filtrlab olingan eritmaga 1 tomchi mis sulfat eritmasi qo‘shiladi. Natijada oqsillar uchun hos bo‘lgan qizil-binafsha rang hosil bo‘ladi.
NATIJALARNI RASMIYLASHTIRISH
Ishni borishini ta’riflab bering. Kuzatilgan hodisalarni tushuntirib bering.



FSMU tеxnologiyasi
Ushbu tеxnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o’quv jarayonini
baxs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu tеxnologiya talabalarni o’z
fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga,
ochiq holda baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish
madaniyatini o’rgatadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini
aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni
bayon etishga yordam bеradi.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə