Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli


AMALIY QISM Kerakli reagentlar



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə43/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

AMALIY QISM


Kerakli reagentlar:
1. Xloroform;
2. Distillangan suv ;
3. Benzol;
4. Izopropanol;
5. 1% li NaCl.


Hom ashyo:
1. Sabzi;
2.Ismaloq barglari;
3. Dukkakli o‘simlik donlari
(mosh, no‘xat, loviya) .


Kerakli jihozlar:
1.Voronkali filtr
(so‘rib oluvchi filtr);
2. Pichoqli gomogenizator;
3. Sentrifuga ;
4. Vakuum bug‘latgich.


Ishni bajarish tartibi

Dukkakli o‘simlik xom ashyosidan (mosh, no‘xot, loviya) 100 gr. maydalanib, oz-ozdan 300 ml issiq izopropanol solinadi. Aralashma 1-2 daqiqa davomida pichoqli gomogenizatorda gomogenizatsiyalanadi. Issiq gomogenat so‘rib oluvchi filtrda filtrlanib, qoldiq 200 ml issiq izopropanol bilan yuviladi va 200 ml xloroform-izopropanol (1:1) aralashmasi bilan takroran gomogenizatsiyalanadi. Gomogenat filtrlanadi, qoldiq filtrda avval xloroform-izopropanol (1:1) aralashmasi bilan, so‘ng xloroform bilan yuviladi. Birlashtirilgan filtratlar vakuum bug‘latgichda bug‘latiladi, qoldiq 200 ml xloroformda eritiladi.


Eritma 100 ml li suv bilan bir necha marta bo‘lib-bo‘lib yuviladi, shu maqsadda NaCl ning 1% li eritmasini ham qo‘llash mumkin. Xloroformli eritma benzol bilan eritiladi va 30-35 0S da vakuumli quritgichda bug‘latiladi. Qoldiq darhol 25 ml xloroformda eritiladi, eritma esa zarur bo‘lsa sentrifuga yordamida ajratib olinadi.


Nazorat uchun savollar

1.Lipidlar manbai sifatida dukkakli o‘simliklarning qo‘llanilishi haqida ma’lumot bering.


2.Inson organizmida to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalarining ahamiyati haqida ma’lumot bering.
3. Dukakkli o‘simliklar tarkibidagi lipidlarni organik erituvchilar yordamida ekstraksiyalash texnologik jarayonining bosqichlarini izohlab bering.
4. Organizmning yoshi keksaygani sari membranada xolesterin va fosfolipidlar miqdori qanday o’zgaradi?
5. Xolesterinni organizmda sarflanishi qanday taqsimlangan?

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə