Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə45/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Mashg'ulot uslubi: «Klaster » texnologiyasi. «BLITS – O’YIN» texnologiyasi.
Mashg‘ulot maqsadi: xom ashyodan (tuxum sarig‘i) fosfolipidlarni organik erituvchilar yordamida ajratib olish usulini o‘rganish.
Mavzuning ahamiyati: reaktivlar va jihozlar yordamida tuxum sarig‘idan fosfolipidlar yig‘indisini olish usuli asosida bilimini oshirish.


Ishni bajarish tartibi.



Kerakli reagentlar:
1. tuxum sarig‘i 1 gr.
2 .xloroform 20 ml.
3. 96% etanol 7 ml.
4. distillangan suv 9 ml.
Kerakli jixozlar:
1. elektron tarozi
2. menzurka
3. shisha kolba
4. shisha tayoqcha
5. byuks
6. termostat

Elektron tarozida tuxum sarig‘idan 1 gr. o‘lchab olinadi, 7 ml . 96% etanol va 7 ml. xloroform aralashmasi tayyorlanib, xom ashyoga quyib, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va tezda ustiga 13 ml. xloroform qo‘shiladi So‘ng gomogen holatga kelguncha aralashtiriladi va 2 soatga ekstraksiya uchun qoldirildi. 2 soatdan so‘ng 9 ml. distillangan suv qo‘yib aralashtiriladi va 24 soatga qorong‘i joyda qoldiriladi. Bu vaqtda suv va xloroform fazalari ajralib, orasida fosfolipidlar monoqatlami hosil bo‘ladi. Aralashmani byuksga solib, termostatga 400C ga 2-3 tomchi qolguncha quritish uchun qo‘yiladi. Byuks devorlarida fosfolipidlar qatlami yig‘ilib qolgani kuzatiladi.




«TARMOQLAR USULI» (KLASTER).
Fikrlarni tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, o’qituvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma ketlik bilan uzviy bog’langan xolda tarmoqlashlariga o’rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chiqur o’rganishdan avval o’quvchilarni fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.Bu esa o’quvchilarga o’z bilimlari, tushunishlari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi.
Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi:
1.Xayolga kelgan har qanday fikr ketma ket yoziladi.
2.Fikrlar tugamaguncha yozishda davom ettirish kerak, mabodo fikrlar tugab qolsa, u xolda yangi fikr kelguncha biron rasm chizib turing.
3.Iloji boricha fikrlarning ketma-ketligi va o’zaro bog’liqligini ko’paytirishga intiling.
Ushbu usul yakka, kichik guruh, jamoa bilan ishlashda qo’llanilishi mumkin. Guruh holatida qo’llanilishi guruhlar fikrini to’plash va ularni bir tizimdaga qurilmaga keltirishi mumkin.



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə