Idishdagi monometrik va absolyut bosimni aniklash. Ishdan maqsad



Yüklə 379,1 Kb.
səhifə4/14
tarix27.09.2023
ölçüsü379,1 Kb.
#123942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Gidravlika tajriba ishi

TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI
Tajriba qurilmasi (2.1-rasm) bosim baki (1) unga vodoprovod tarmog‘idan quvur orqali suv keladi. Bakdagi suv sathini bir xil ushlab turish uchun jo‘mrak (5) xizmat qiladi. Bakning ichiga unga tushayotgan suvni tinchlantirish uchun panjara va suv haroratini o‘lchash uchun termometr o‘rnatilgan bo‘ladi. Bak (1) ga shisha naycha (4) biriktirilgan, uning oxiriga suv harakati tezligini rostlab turish uchun jo‘mrak (5) o‘rnatilgan. Suv sarfi o‘lchov baki (6) yordamida aniqlanadi. Qurilma bo‘yoqli idish (2), naycha (7) va jo‘mrak (3) ga ega.
Tajribada, harakat tartibi asosiy shisha quvur (4) da ko‘rinadi, asosiy oqimga bo‘yoq qo‘shilganda suyuqlik harakat tartibini o‘zgartirish quvurdan oqayotgan suyuqlik sarfini o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi, u jo‘mrak (5) yordamida rostlanadi.
TAJRIBA O’TKAZISH TARTIBI.
1. Bosim baki (1), (3) va (5) jo‘mraklar yopiqligida suv bilan to‘ldiriladi.
2. Jo‘mrak (5) ni biroz ochib, quvur (4) da suyuqlik sarfi quyiladi, bunda sekin oqim vujudga keladi.

2.1-rasm. Tajriba o‘tkazadigan qurilma
TAJRIBA USKUNASINING TASVIRI.

  1. Bosim baki.

  2. Rangli suyuqlik uchun idish.

  3. Jo‘mrak.

  4. Shisha quvur (d = 2,5 sm).

  5. Rostlash jo’mragi.

  6. O’lchash baki.

  7. Rangli suyuqlikli naycha.

3. Jo‘mrak (3) ochilib, asosiy oqimga bo‘yoq qo‘shiladi. Bo‘yoqning suyuqlikda to‘g‘ri chiziq shaklida oqishi laminar harakat mavjudligini ko‘rsatadi. Jo‘mrak (5) ning ochilishini oshirib borib, suyuqlik tezligi oshiriladi, bunda harakat tartibi o‘zgarishi kuzatiladi. Bo‘yoq oqimi to‘lqinsimon shaklni oladi va laminar tartibi noturg‘un bo‘lib qoladi. Tezlik yanada oshirilganda bo‘yoq oqimi yo‘qoladi, barcha suyuqlik bir tekisda bo‘yaladi - laminar tartibli harakat turbulent harakatga o‘tadi.
4. Barqaror harakatda quvurdagi suyuqlik sarfi o‘lchanadi, harakatning har bir tartibi uchun vaqt davomida o‘lchov bakiga tushgan suyuqlik hajmi – V aniqlanadi, bir vaqtda suyuqlik harorati termometr yordamida o‘lchanadi.

Yüklə 379,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə