Idishdagi monometrik va absolyut bosimni aniklash. Ishdan maqsad



Yüklə 379,1 Kb.
səhifə3/14
tarix27.09.2023
ölçüsü379,1 Kb.
#123942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Gidravlika tajriba ishi

1.2-jadval

O-O taqqoslagich
tekisligidagi
idish osti
masofasi

Geometrik kuch

P’ezometrik
ko‘rsatkichlari
(bosim kuchi)


Potensial
bosim




Z0

ZA

ZB































SINOV SAVOLLARI:

  1. Gidrostatika nimani o‘rganadi?

  2. Suyuqlik tinch xolatida qanday kuchlar ta’sir etadi?

  3. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi va tenglama hadlari tavsifi.

  4. Gidrostatik bosimning vertikal devorga tarqalish epyurasining tavsifi.

  5. P’ezometrik bosim va uning tavsifi.



2 – TAJRIBA ISHI
SUYUQLIKNING HARAKT REJIMINI REYNOLDS QURILMASIDA ANIQLASH.
ISHDAN MAQSAD:
1. Suyuqlik harakatining turbulent va laminar tartiblarini kuzatish.
2. Harakatning laminar va turbulent tartiblarida Reynolds sonini aniqlash.
QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT
Suyuqlikning quvurdagi harakati 2 xil tartibda bo‘lishi mumkin:
laminar va turbulent.
Laminar tartibli harakat suyuqlik zarralarining parallel oqimli bo‘lishi bilan ko‘rinadi va bunda suyuqlikning ayrim qatlamlari bir-biri bilan aralashmay harakatlanadi. Bunday harakat suyuqlik oqimi ko‘ndalang kesimi kichik bo‘lganda, kichik tezlikda bo‘lganda, kapillyarlar bo‘ylab harakatda, yopishqoq suyuqliklar (neft, mazut, moylar) harakatida, tuproq qatlamlari orasida suyuqlik harakat qilganda kuzatiladi.
Turbulent tartib uchun notartib (xaotik) harakat xosdir. Bunda suyuqlik zarralari murakkab va doim o‘zgaruvchi trayektoriya bo‘yicha harakatlanadi. Turbulent oqimda harakat yo‘nalishiga ko‘ndalang tezlik tashkil qiluvchilari bo‘lgani uchun, suyuqlikda tez aralashish yuz beradi. Muhandislik amaliyotida, suv va kichik qiymatli qovushqoqlikka ega suyuqliklar (spirt, kerosin, benzin va boshqalar) ning isitish, ventilyatsiya, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti tizimidagi harakatida ko‘proq turbulent tartib kuzatiladi.
Suyuqliklar harakatining ikki tartibi mavjudligini ingliz fizigi O.Reynolds ko‘rsatgan. Keyinroq boshqa olimlar tomonidan ham tasdiqlangan Reynolds tajribalari shuni ko‘rsatdiki, dumaloq kesimli quvurdagi suyuqlik harakati tartibini aniqlashda,
(2.1)
ifoda asosiy hisoblanadi.
bu yerda Re – Reynolds soni deb ataladigan o‘lchovsiz miqdor.
- suyuqlik harakati o‘rtacha tezligi sm/s;
d - quvur diametri, sm;
- kinematik qovushqoqlik koeffitsiyenti sm2/s.
Laminar tartibdan turbulent tartibga o‘tish sodir bo‘ladigan Reynolds soni miqdori Reynolds kritik soni – Rekr deyiladi. Re ≤ Rekr bo‘lganda harakat laminar tartibli, Re > Rekr bo‘lganda turbulent tartibli bo‘ladi. Re sonining ma’lum diapazonida tezlik o‘zgarishi harakteriga ko‘ra harakatning ikki tartibi mavjud bo‘ladigan oraliq bor. Rekr – kritik soni miqdori qator sharoitlarga bog‘liq: quvurga kirish shartlari, quvur devorlari silliqligi, birlamchi harakatning boshlanishiga va boshqalarga bog‘liq, hamda har xil miqdorga ega bo‘ladi.
Dumaloq quvurlar uchun Rekr = 2320 qabul qilinadi. Laminar tartibdan
turbulent tartibga tartib o‘tishdagi tezlik kritik tezlik deyiladi.
Re ≤ 2320 da laminar tartib.
Re > 2320 bo‘lsa, turbulent tartib.

Yüklə 379,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə