Ichki audit tushunchasi, mohiyati va zarurati Ichki audit xizmatining vazifalari va funksiyalari


Ichki audit xizmatining vazifalari va funksiyalari



Yüklə 83,57 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü83,57 Kb.
#136073
1   2   3
Ichki audit tushunchasi Yakubov Bekzod

2. Ichki audit xizmatining vazifalari va funksiyalari
Ichki audit xizmatining asosiy maqsadi vazirlik va idoralarda budjet intizomini mustahkamlash va budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlarini profilaktika qilish, budjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini baholash hamda ichki audit faoliyati sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va baholash, budjet hisobining yuritilishi hamda moliyaviy hisobotlar shakllantirilishini o‘rganish orqali budjet intizomini mustahkamlash;
masofaviy auditni qo‘llagan holda, budjet mablag‘laridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish xavflarini aniqlash, minimallashtirish, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish orqali budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari profilaktikasini amalga oshirish;
rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qilish va baholash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish orqali budjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish;
vazirlik va idoralarni moliyalashtirish jarayoniga axborot texnologiyalari tatbiq etilishini baholash orqali ulardan foydalanish samaradorligini o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Ichki audit xizmati o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va baholash, budjet hisobining yuritilishi hamda moliyaviy hisobotlar shakllantirilishini o‘rganish orqali budjet intizomini mustahkamlash bo‘yicha:
budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish jarayonini, ya’ni xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali hamda ularga qo‘shimcha hujjatlarni tuzish, tasdiqlash va ijro etish tartibi va jarayonlarini o‘rganadi va baholaydi;
budjet tizimi budjetlari mablag‘larining ularni olish (ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq bo‘lgan maqsadlarga yo‘naltirilishini o‘rganadi;
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari, ustamalar, ish haqiga qo‘shimchalar va boshqa to‘lovlar miqdorlariga rioya etgan holda, to‘lovlar amalga oshirilishini tahlil qiladi;
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar normativlarga muvofiq xarajatlar smetasiga kiritilishini o‘rganadi;
xodimlarning belgilab qo‘yilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning toifalari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga, tarifikatsiya ro‘yxatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga rioya etilishini o‘rganadi;
ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari turlari va sifatini o‘rganish orqali mablag‘lar iqtisod qilinishi va maqbullashtirilishi bo‘yicha taklif tayyorlaydi;
moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi, asoslanganligi, to‘liqligi hamda to‘g‘ri shakllantirilganligini o‘rganish orqali ular yuzasidan rahbariyatga ishonchli ma’lumotlar taqdim etadi;
asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mavjud debitor va kreditor qarzdorliklar holati va ularning kelib chiqish sabablari hamda manbalarini o‘rganish orqali barcha turdagi debitor va kreditor qarzdorliklarni qisqartirish va ularning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
aktivlardan foydalanish va ularning saqlanishini baholash orqali ularni doimiy butligi va ishga yaroqliligini o‘rganadi hamda ularning natijalari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
aniqlangan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari statistikasini yuritadi va ular yuzasidan vazirlik va idora rahbarini xabardor qilib boradi;
budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida tushuntirish va tavsiyalar beradi;
ichki audit tadbiri natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan taklif va tavsiyalar bajarilishini nazorat qiladi;
davlat moliyaviy nazorat organlari hamda boshqa vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari bilan hamkorlik qiladi;
moliya-buxgalteriya xodimlari tarkibini mustahkamlash masalalari bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi.

Yüklə 83,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə