Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkentmoliyainstituti «Buxgalteriya hisobi»



Yüklə 44,26 Kb.
səhifə1/8
tarix15.05.2023
ölçüsü44,26 Kb.
#110440
  1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI bux


ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENTMOLIYAINSTITUTI

«Buxgalteriya hisobi» fanidan


KURS ISHI
Mavzu: Bankdagi maxsus schetlar hisobi.

Bajardi:_Buxgalteriya hisobi va audit_fakulteti, sirtqi bo’lim, XBAS-61 guruh talabasi J.Xudoyqulov
Tekshirdi:____________________



Kursishitaqrizgatopshirilgansana
«____» _______2022 y.




Kursishitaqrizdanqaytarilgansana
«____» _______2022 y.

Kursishihimoyaqilingansana
«____» _______2022 y.


Baho«_____» _________



___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiyaa'zolari:
__________________
__________________
__________________




TOSHKENT – 2022
Mavzu: Bankdagi maxsus schetlar hisobi.
Reja:
Kirish
1 Bankdagi maxsus schetlar turlari va Akkredetivlar
2 Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish shakllari
4 Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablaglari harakati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Kompaniya buxgalteriyasida barcha to‘lov va hisob kitob operasiyalari bamk orqali amalga oshiradi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri va aniq tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi, odatda, barcha to‘lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni qonunlarga muvofiq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ qonuniga muvofiq, mamlakatning Davlat banki sifatida tashkil etilib, 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi. Markaziy bankning faoliyati asoslari „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi qonunida (1995-yil 21-dekabr) belgilab berilgan. Markaziy bank oʻz sarf-harajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiradigan, iqtisodiy jihatdan mustaqil yuridik shaxs boʻlib, davlatning mutlaq mulki hisoblanadi. Markaziy bankning asosiy vazifalari milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash, monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish, respublikada hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish va taʼminlash, banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish. Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini, shu jumladan, kelishuv boʻyicha hukumat rezervlarini saqlash va boshqarish, davlat byudjetining kassa ijrosini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ishiga uning oliy organi — Markaziy bank Raisi, uning oʻrinbosarlari va asosiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat Boshqaruv rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda mustaqil boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqaradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimi boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va Toshkent shahrida bosh boshqarmalarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida alohida yuridik shaxs boʻlga, Axborotlashtirish Bosh markazi, Respublika Inkassatsiya birlashmasi, Davlat belgisi ishlab chiqarish birlashmasi, Respublika valyuta birjasi, bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir. U oʻzining balans hisobvaraqlarida oltin va boshqa qimmatbaho metallarni, naqd chet el valyutasini, chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisob-varaqalar va depozitlarda boʻlgan chet el valyutasidagi qimmatbaho qogozlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida banknotlar va tangalar koʻrinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega boʻlib, naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllari va qoidalarini, shuningdek, kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Markaziy bank iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini bevosita kreditlamasada, u tijorat banklarining kredit zahiralariga bozor usullari orqali samarali ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun pul bozorining turli bo‘g‘inlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki operatsiyalaridan, shu jumladan valyuta intervensiyasidan, ikkilamchi bozorda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalaridan, kredit kimoshdi savdolaridan foydalanadi. Markaziy bank o‘zi belgilagan shartlarga binoan oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari, davlatning qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellarini garovga olgan holda tijorat banklariga uch oygacha bo‘lgan muddatda kredit berishi mumkin.

Yüklə 44,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə