Ichki audit tushunchasi, mohiyati va zarurati Ichki audit xizmatining vazifalari va funksiyalari


Ichki audit xizmati faoliyatining tamoyillari



Yüklə 83,57 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü83,57 Kb.
#136073
1   2   3
Ichki audit tushunchasi Yakubov Bekzod

3. Ichki audit xizmati faoliyatining tamoyillari
Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini mustaqillik, xolislik, qonuniylik, malakalilik va axborot xavfsizligini ta’minlash tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Ichki audit xizmati va uning xodimlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda, shu jumladan ichki audit tadbirlarini o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirishda beg‘araz bo‘lishi va xolislik bilan yondashishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishi hamda vakolatlaridan chetga chiqmasligi lozim.
Ichki audit xizmati xodimlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda malakaga ega bo‘lishi hamda muntazam o‘z malakasini oshirib borishi lozim.
Ichki audit xizmati xodimlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni belgilangan tartibda saqlashi, ulardan faoliyatidan tashqari hollarda foydalanmasligi va davlat siri hamda boshqa sir saqlanadigan ma’lumotlarni oshkor etmasligi lozim.
Ichki audit xizmatining mustaqilligi
Ichki audit xizmati o‘z faoliyatida vazirlik va idoraning boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan mustaqil hisoblanadi va bevosita vazirlik va idora rahbariga bo‘ysunadi hamda unga hisobdordir.
Ichki audit xizmati tomonidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda, shu jumladan ichki audit tadbirlarini rejalashtirish, o‘tkazish hamda uning natijalarini rasmiylashtirishda ichki audit xizmatining faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHAT
Yüklə 83,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə